Qonning osmotik bosimi.
Osmotik bosim deb, yarim oik azg ich parda
orqali suyuk eritmadan quyuq eritmaga erituvchining (qon uchun suvni)
o ‘tishini t a ’m inlovchi kuch tushuniladi.
Q onning osm otik bosim i
krioskopik usulda - muzlash nuqtasini (depressiyasini) aniqlash orqali
amalga oshiriladi. Qonning depressiyasi 0.56-0.58°C ga teng. M olyar
(eritmada, 1 1 suvda lgram m m olekulyar m odda erigan) eritmaning
depressiyasi 1.86°C ga teng. Klapeyron
tenglamasi yordamida odam
qoni osmotik bosimi 7.6 atm.ga teng ekanligini aniqlash mumkin.
Q o n n in g o s m o tik b o s im i u n d a e rig a n m a y d a m o le k u la li
m oddalarning m iqdoriga bog‘liq. Qon osm otik bosim ining 60% qismi
N aS l h iso b ig a h o sil b o i a d i . Q on, lim fa, t o ‘qim a su y u q lig i va
to ‘qimalarda osmotik bosim deyarli bir xil b o iad i va o‘zgarmaydi. Qonga
k o ‘p m iqdorda tuz va suv tushganda ham osm otik bosim ning kattaligi
kam o ‘zgaradi. Qonga tushgan ortiqcha suv buyrak orqali tezda chiqarib
yuboriladi, bir qismi to ‘qima va hujayraga o ‘tkaziladi, natijada osmotik
bosim dastlabki h o latg a qaytadi. A gar qonda tuz m iqdori ortsa,
to ‘qimadan suv qonga o'tadi, buyrak orqali tuzlarni chiqarib yuborilishi
kuchayadi. Oqsil, y o g ‘ va karbonsuvlarning
hazm tizim idan qon va
lim faga surilishi, shuningdek, hujayra m etabolizm ida hosil bo Ig a n
mayda molekulali moddalarning qonga tushishi osmotik bosimni m a’lum
darajada o'zgartirishi mumkin.
Osmotik bosimning qondagi doimiyligi
saqlanishi hujayralar hayot
fa o liy a ti u c h u n k a tta a h a m iy a tg a ega. O sm o tik b o sim n isb iy
turg‘unligidagina hujayralar faoliyat k o ‘rsata oladilar. Agar eritrotsit
qonning osmotik'bosimiga teng b o lg a n osmotik bosimga ega (
izotonik
)
eritmaga solib qo‘yilsa, unda hech qanday o'zgarish sodir bo lm ay d i.
Osmotik bosimi qonnikidan yuqori b o lg a n
(gipertonik)
eritmaga solib
ko‘yilsa, eritrotsit bujmayib qoladi. Aksincha, osmotik bosimi qonnikidan
past (
gipotonik
) eritmaga solib qo‘yilsa, eritrotsit shishib, yorilib ketishi
mumkin.
Onkotik bosim.
Osmotik bosimni qon plazmasida erigan tuzlargina
emas, balki koloidlar plazma oqsillari ham vujudga keltiradi. Plazma oqsillari
hosil qilgan osmotik bosim onkotik bosim deyiladi.
Qon plazmasi oqsillarining miqdori 7-8% ga teng boiib, plazmada erigan
tuzlar miqdoridan deyarli 10 baravar ortiq bo I s a ham, ular hosil qiladigan
onkotik bosim plazma osmotik bosimning (7,6-8,1 atm) atiga 1/200 qismini,
y a’ni 0,03-0,04 atm (25-30 mm, simob ust.)ni tashkil qiladi. Buning sababi
sh u k i, o q silla rn in g m o le k u la la ri ju d a y irik b o i i b , p la z m a d a g i
krisstolloidlaming molekulalariga nisbatan bir necha baravar kam.
/
236
Q onda album inlar m iqdori eng k o ‘p.
U ning hajm i globulin va
fibrinogennikiga nisbatan kichik. Shuning uchun, qon plazm asining
onkotik bosimi 80% ni albuminlar hosil qiladi. Qon plazmasi onkotik
bosimining miqdori kichik b o ‘lishiga qaramay, qon bilan to ‘qima orasida
suv a lm ash in u v id a aham iyati kattadir.
O nkotik bosim filtratsiy a
hodisalariga to ‘qimalararo suyuqlik, limfa, siydik hosil bo‘lishi, ichakda
suv so‘rilishiga asoslangan fiziologik jarayonlarga ta ’sir qiladi. Odatda
qon plazmasidagi yuqori molekulali oqsillar, kapillyarlam ing endotelial
devoridan o ‘ta olmaydi. Oqsil molekulalari qon-tomirlari ichida qolib,
qonda bir qadar suv ushlab turadi. Qon oqsillari qon va to ‘qimalardagi
suvni nisbiy doimiy miqdorda saqlab turadi.
Qonda oqsil miqdori kamayganda shish vujudga keladi, chunki qon-
tomirlarda ushlab turuvchi omil (oqsil) kamayganligi tufayli suv to'qimaga
chiqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: