3-mavzu. Investitsiyaviy



Download 20,12 Kb.
bet1/2
Sana30.11.2022
Hajmi20,12 Kb.
#875478
  1   2
Bog'liq
3-ma\'ruza

3-MAVZU. INVESTITSIYAVIY FAOLIYAT TAMOYILLARI. INVESTITSIYA JALB QILISH SHARTLARI.


Qo’yilmalarning yanada yuqoriroq samarasiga erishish uchun investitsiya kiritishning bazis tamoyillari mavjud.
1. Investitsiya kiritishning chegaraviy samaradorligi tamoyili.
Har bir korxona, ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga bo’lgan xarajatlarni kamaytirgan holda maksimal daromad olishga intiladi. Korxona o’z faoliyatini keyinchalik ham davom ettiradi, agarda ishlab chiqarishning mavjud darajasida uning daromadi ishlab chiqarish xarajatlaridan yuqori bo’lsa. Aks holda esa, ya'ni tovar sotishdan olingan umumiy daromad ishlab chiqarish xarajatlaridan yuqori bo’lmasa, korxona faoliyati to’xtatiladi.
Agarda bitta qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishdan olinadigan daromad, uni ishlab chiqarish xarajatlaridan yuqori bo’lsa, korxona mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishi lozim. Agarda bitta qo’shimcha mahsulotdan olingan daromad ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo’ladigan bo’lsa, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Agarda korxona ishlab chiqarishni davom ettirish to’g`risida qaror qabul qilgan bo’lsa, u shuncha mahsulot ishlab chiqarishi kerakki, chegaraviy xarajatlar chegaraviy daromadga teng bo’lsin. Ushbu shartlar universal xarakterga ega bo’lib, mulkchilikning istalgan shakli, bozorning istalgan tuzilmasiga nisbatan qo’llanilishi mumkin.
Ishlab chiqarishga kapital qo’yish samaradorligi, kamida ikkita omilga bog`liq bo’ladi:

    • ishlab chiqarish xarajatlarini oshish sur'ati (asosan texnologiya tomonidan belgilanadi);

    • ishlab chiqarishni monopollashganlik darajasi.


2. Qoplash tamoyili.
Ushbu tamoyil investitsiya kiritishda samaradolikni baholashga yangi yondashuvni belgilash imkonini beradi. Investitsiya kiritishdagi qaror qabul qilish erkinligi, ularni amalga oshirishdagi erkinsizlik va cheklashlarga o’z o’rnini bo’shatadi.
Misol uchun, nima sotib olish kerak, nima ishlab chiqarish kerak, qancha summani kreditga olish lozim, qancha muddatga va qaysi foizlarda va hokazolar to’g`risida qaror qabul qilishda korxona erkinlikga ega. Ammo ushbu jarayonlar amalga oshirilgandan so’ng orqaga qaytish juda ham qiyin. Uskuna xarid qilingandan so’ng uning pulini qaytarish uchun undan bir necha yil davomida foydalanish lozim, kredit shartnomasi bo’yicha pul mablag`lari ajratilgandan so’ng ular bo’yicha foizlarni to’lash shartdir. Shuning uchun, investitsiyaviy loyiha o’z kuchiga kirgandan so’ng, faoliyat erkinligi ancha cheklanadi. Albatta xarid qilingan uskuna yoki texnologiyalarni qaytarib berish yoki uchinchi shaxslarga sotish mumkin, lekin bu yo’qotishlar bilan bog`liq bo’ladi. Shuning uchun ham investitsiyaviy loyihada mumkin bo’lgan hatolarni oldindan hisob kitob qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

  1. Kapital qo’yilmalar samaradorligining moddiy va puldagi bahosini o’zaro muvofiqlashtirish tamoyili.

Samaradorlikni baholashning uch xil varianti mavjud:

    • xarajat va ishlab chiqarishning nisbiy narxlarini taqqoslash orqali, ya'ni faqatgina pul bilan baholash. Tajribalarning ko’rsatishicha, samaradorlikni faqatgina pul hajmi bilan baholash noto’g`ri bo’ladi, ayniqsa prognoz (bashorat) qilib bo’lmaydigan inflyatsiya sharoitida;

    • samaradorlikning pul va texnik omillarini o’zaro muvofiqlashtirish orqali. Gap shundaki, investitsiyaviy loyihaga kiritilgan texnologiyalar ham katta rol o’ynaydi;

    • loyihaning bozor (qiymat) bahosini hisobga olmaydigan texnik yondashuv, bunday yondashuvdan O’zbekiston sharoitida deyarli foydalanilmaydi;

  1. Moslashuv xarajatlari tamoyili.

Moslashuv xarajatlari - bu yangi investitsiyaviy muhitga moslashish bilan bog`liq bo’lgan barcha xarajatlardir. Bularga ishlab chiqarishni qayta tashkil etish, xodimlarni qayta o’qitish, bozor kon'yunkturasiga moslashish va shunga o’xshash xarajatlarni kiritish mumkin. Vaqt yo’qotish daromad yo’qotish deb qabul qilinadi. Har doim ham investitsiyaviy loyiha to’g`risida qaror qabul qilishdan uni amalga oshirishgacha bir oz vaqt o’tadi. Birdaniga moslashib ketish deyarli mumkin emas.
Moslashuv uchun to’lov sifatida, joriy pul oqimining keskin kamayishini hisobga olish mumkin. Hattoki aksiya va obligatsiyalarni ham, ularni bozor qiymati tushib ketayotgan vaqtda foyda bilan sotib bo’lmaydi. Vaqtdan yo’qotish kapitalni ishsiz qolishi va daromadning kamayishiga olib keladi. Ishlab chiqarishga investitsiya kiritishning moslashuv xarajatlari esa yanada yuqori bo’ladi.
Faraz qilaylik uskunalar o’rnatilgan, ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan bir vaqtda bozor kon'yunkturasi o’zgardi va texnologiyalar, demak mavjud uskunalarni ham, almashtirish to’g`risida qaror qabul qilindi. Misol uchun, qo’l mehnatini mashina mehnatiga almashtirish. Bu ma'lum moslashuv xarajatlariga olib keladi, ular quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

    • kadrlarni qayta tayyorlash;

    • eski uskunalarni sotish va yangisini xarid qilib olish;

    • shtat qisqarishi munosabati bilan ishsiz qolgan xodimlarga kompensatsion to’lovlarni amalga oshirish;

    • o’z kuchini yo’qotmagan shartnomalar bo’yicha jarimalar to’lash va h

Shuning uchun ham moslashuv xarajatlarini, mahsulot tannarxiga kiritish lozim. Ushbu xarajatlar qiymati xom-ashyo, materiallar va texnologiyalar qiymatidan qanchalik yuqori bo’lsa, kapital qo’yilmalarni amalga oshirish shunchalik foydali bo’ladi. Mahsulotga bo’lgan talab qanchalik yuqori bo’lsa, korxona shunchalik katta moslashuv xarajatlariga yo’l qo’yishi mumkin. Tajribalarning ko’rsatishicha, talab narxi taklif narxidan qanchalik ko’p vaqt mobaynida yuqori bo’lsa, investitsiya kiritish ham, moslashuv xarajatlariga qaramasdan, shunchalik samarali bo’ladi.

  1. Multiplikator (ko’payuvchi) tamoyili.

Multiplikator tamoyili tarmoqlarning o’zaro aloqasiga suyanadi. Bu degani, misol uchun avtomobillarga bo’lgan talabning oshishi, texnologik jihatdan ishlab chiqarish uchun lozim bo’lgan tovarlarga bo’lgan talabning oshishiga ham olib keladi. Ya'ni ishlab chiqarish texnologiyasini bilish, korrelyatsiya koeffitsientini aniq hisoblash imkonini beradi.
Multiplikator muayyan ta'sirning kuchini oldindan bilish, ushbu axborotdan samarali foydalanish,va foyda keltirmayotgan investitsiyalardan voz kechib, kon'yunkturadan ilgarilagan holda yangi faoliyat turi bilan shug`ullanishga imkon beradi.
Multiplikator ta'sirini keltirib chiqargan tarmoq mahsulotiga bo’lgan talabning susayishi, multiplikator samarasiga ham o’z ta'sirini ko’rsatadi. Bundan tashqari, multiplikator samarasi vaqt o’tishi bilan asta-sekin o’z kuchini yo’qotib boradi. Keyinchalik esa boshqa tarmoq mahsulotiga talab oshishi va bunday holat investitsiyalar kiritish strategiyasiga o’zgartirishlar kiritishga olib kelishi mumkin.

  1. Q - tamoyili.

Bu aktivni fond birjasida baholanishi va uning real tiklanish qiymati o’rtasidagi bog`liqlikni belgilashdir. Bunday bog`liqlik ko’rsatkichi Q-nisbatdir:
Q = Ishlab chiqarilayotgan moddiy aktivlarning birja bahosiga nisbati
Agarda nisbat birdan katta bo’lsa, investitsiya kiritish foydali hisoblanadi. Nisbat birdan qanchalik katta bo’lsa, investitsiya kiritish shunchalik foydali bo’ladi. Shu tarzda, uylarning bozor (birja) bahosining ularning joriy qiymatiga nisbatan o’sishi, uy-joy qurilishini rag`batlantiradi, chunki bozordagi narx joriy xarajatlarni to’liq qoplaydi.
Q = Butun korxonaning birja qiymatini uning moddiy qismini qoplash xarajatlariga nisbati Umuman olganda, davlat tomonidan tartibga solish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ushbu
tamoyildan shunchalik kam foydalaniladi. Demak, davlat tomonidan tartibga solinish darajasi kamayib, korxonalar asosiy va aylanma kapitali qiymatini baholash va qayta baholashda tovar-xom- ashyo va fond birjalarining roli oshib borishi bilan, investitsiyalar samaradorligini baholashga bo’lgan bunday yondashuv ahamiyati ham ortib boradi.
Tajribalarga qaraganda Q-tamoyilidan transport, avtomobilsozlik, aviasozlik, rangli metallurgiya kabi sanoat tarmoqlarida foydalanish ayniqsa yaxshi natijalarga olib keladi, va neft qazib olish, gaz tarmog`i kabi davlat tomonidan tartibga solinadigan tarmoqlarda umuman qo’llanilmaydi.

Download 20,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish