Ovqat hazm qilish murakkab fiziologik jarayon bo'lib, bunda ovqat fizik va kimyoviy o'zgarishlar natijasida mayda zanrachalarga parchalanib, oshqozon va ichak bo`shlig`idan qon hamda limfa tomirlariga so'riladi.
Ovqat og'iz bo'shlig'ida tishlar yordamida, oshqozonda va ichakJarning mayatniksimon hamda peristaltik harakati natijasida maydalanishi fizik o'zgarish deb ataladi. Ovqat tarkibidagi oqsil, yog', uglevodlaming fermentlar ta'sirida parchalanishi kimyoviy o'zgarish deb ataladi. Ovqatni parchalovchi fermentlar uch guruhga bo'linadi:
I. Proteazalar - oqsillarni parchalovchi fermentlar.
2. Lipaza - yog'lami parchalovchi ferment.
3. Karbogidrazalar - uglevodorodlarni parchalovchi fermentlar.
Bu fermentlar til osti, jag' osti, quloq oldida, oshqozon va
ichaklarning shilliq qavati ostida joylashgan bezlardan hamda oshqozon osti bezidan ishlab chiqariladi.
Fizik va kimyoviy o'zgarishlar natijasida ovqat tarkibidagi oqsillarning parchalanishidan aminokislotalar, yog'larning par¬chalanishidan glitserin va yog' kislota, uglevodlarning parchalanishidan monosaxaridlar hosil bo'ladi. Ular oshqozon-ichakJar devoridagi qon va limfa tomirlariga so'riladi.
LP. Pavlovning ovqat hazm qilish a'zolari funksiyasini o'rganishning ahamiyati
|
LP. Pavlovdan ilgari ovqat hazm qilish funksiyasini o'rganishda o'tkir usul qo'llanilgan. Bunda tekshiriladigan hayvon operatsiya qilinib, shuoperatsiya vaqtida me'da, ichak kabi a'zolari funksiyasi o'rganilgan. Lekin operatsiyaning o'zi sag'lom hayvonda ham og'riq va kasallikni yuzaga keltirganligi sababli olingan natijalar aniq bo'lmagan. 1842-yilda moskvalik jarroh V. A. Basov birinchi bo'lib, me'daning shira ajratishini o'rganish uchun itlarda operatsiya yo'li bilan me'daga fistula, ya'ni zanglamaydigan metalldan yasalgan naychao'rnatish usulini qo'lladi. It operatsiyadan tuzalgandan keyin ham uzoq vaqt davomida uning me'dasi shira ajratishni o'rganishga imkon berdi. Lekin Basov usulining kamchiligi shundaki, me'da shirasiga ovqat aralashib qolishi tufayli shira tarkibidagi fermentlarni toza holda ajratib, ularning fiziologik xossalarini to'liq o'rganishning iloji bo'lmadi.Pavlov me'daning shira ajratishini o'rganish usulini yuqori darajada takomillashtirdi. U me'da shirasini toza holda olish maqsadida soxta ovqatlantirish operatsiyasini yaratdi. Buning uchun u operatsiya yo'li bilan me'daga fistula o'rnatdi va unga ovqat tushib shiraga aralashmasligi uchun qizilo'ngachni kesib, uning ikkala uchini itning bo'ynidan tashqariga chiqarib, terisiga tikib qo'ydi. Natijada it ovqatlanganda uning og'iz bo'shIig'idagi ta'm biluvchi retseptorlar
|
orqali miyaning ovqatIanish nerv markazlari qo'zg'alib, refleks yo'li bilan me'dadan ajralgan shira fistula orqali idishga yig'ib olinadi. Uning tarkibi, miqdori o'rganiladi. Ovqat qizilo'ngach orqali tashqariga chiqadi, ya'ni u me'daga tushmaydi (1-rasm). I. P. Pavlov bu usulni yana ham takomillashtirib, operatsiya yo'li bilan itning me'dasida "kichik me'da" hosil qilish usulini yaratdi (2-rasm). Shuningdek, u operatsiya yo'li bilan jag' osti, quloq oldi bezlariga ham fistula o'rnatib, ulardan ajraladigan so'lakning miqdori va tarkibini o'rganish usullarini ishlabchiqdi (3-rasm).Ovqat itning og'ziga tushgach, u ta'm bilish retseptorlariga ta'sir qilib, me'dadan shira ajralishi shartsiz refleksni yuzaga keltiradi. It ovqatni yemasdan turib, uni ko'rganida yoki hidini sezganida ham ko'rish va hid sezish retseptorlari orqali uning miyasidagi ovqatlanish markazi qo'zg'aladi va me'da shirasi ajraladi. Bu ovqatlanishning shartli refleksi deb ataladi. Pavlovning xizmati shundaki, u ovqat hazm qilish organlari vazifasini faqat shartsiz reflekslar hosil qilish yo'li bilan emas, balki shartli reflekslar hosil qilish yo'li bilan ham o'rgandi.
Odam bir marta ta'mini tatib ko'rgan ovqatni ko'rsa, hidini sezsa, hatto nomini eshitsa yoki eslasa ham, uning og'zida so'lak ajrala boshlaydi. Ayniqsa, mazali va nordon ovqatlar hidini sezganda va eslaganda bu jarayon kuchli bo'ladi. Bu ana shu ovqatlarning mazasiga nisbatan shartli refleks hosil bo'lganini ko'rsatadi. Pavlovning ovqat hazm qilish a'zolari fiziologiyasini o'rganishdagi ilmiy ishlari yuqori darajada baholanib, 1904-yilda unga Nobel mukofoti berilgan.
|
Ovqat hazm qilish a'zolarining tuzilishi va vazifasi
Ovqat hazm qilish sistemasi og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, me'da, o'n ikki barmoq ichak, ingichka va yo'g'on ichaklar hamda oshqozon osti bezi va jigar kabi organlardan tashkil topgan (4-rasm).
Lablar. Yuqori va pastki lablar muskullardan iborat bo'lib, ular og'izning kirish qismini hosil qiladi. Lablar juftlashganda og'izning kirish qismi yopiladi.
Og'iz bo'shlig'i ovqat hazm qilish sistemasining boshlang'ich qismi bo'lib, unda tishlar, til va so'lak bezlarining kanalchalari joylashgan. Og'iz bo'shlig'ida oziq moddalar aksariyat fizik va qisman kimyoviy o'zgarishlarga uchraydi (5, 6-rasmlar).
Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi. Tishlar ikki xil bo'ladi: sut tishlari - 20 ta, doimiy tishlar - 32 ta. Sut tishlari bolaning
|
4-rasm. Ovqat hazm qilish a'zolari:
1- tomoq-halqum; 2- quloq oldi so'lak bezi; 3- qizilo'ngach; 4- me'da; 5- o'n ikki barmoq ichak; 6 - jigar va o't pufagi; 7-me'da osti bezi; 8 - ingichka ichak; 9¬ko'richak; to - ko'richakning chuval-simon o'simtasi; 11 - yo'g'on ichak; 12- to`g`ri ichak.
olti oyligidan ikki yoshigacha chiqadi. Sog'lom bola bir yoshga to'lganida uning 8 ta, ikki yoshga to'lganida - 20 ta sut tishi bo'ladi. Bola olti yoshligidan to o'n ikki yoshigacha sut tishlari tushib, ularning o'rniga doimiy tishlar chiqadi. Doimiy tishlar soni 32 ta bo'lib, yuqori va pastki jag'da 16 tadan, jag'larning o'ng va chap tomonida 8 tadan bo'ladi. Shulardan oldingi 2 tasi kesuvchi (kurak), bittasi qoziq, ikkitasi kichik oziq tish va uchtasi katta oziq tishlardir. Doimiy tishlarning 28 tasi 12-14 yoshgacha chiqadi. 4 tasi, ya'ni yuqori va pastki jag'lardagi oxirgi katta oziq tishlar (aql fishlar) 18 yoshdan keyin chiqadi. Tish uch qismdan iborat; tish toji (koronka), bo'yni va ildizi. Tishning ko'rinib turgan tashqi qismi koronka deb atalib, u oq emal moddasi bilan qoplangan. Bu modda tishga qattiqlik xususiyatini beradi. Tishning milk bilan birikkan joyi uning bo 'yin qismi deb ataladi. Tishning ildiz qismi jag' suyaklariga birikkan bo'ladi. Tishning ichki qismida bo'shliq bo'lib, u yerda qon tomirlari va nerv tolalari joylashgan. Zararlangan tish o'z vaqtida davolanmasa, chirigan tishdagi mikroblar qonga o'tib, yurak, buyrak, jigar va miya kabi hayotiy muhim organlarda og'ir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin (7-rasm). Tishlarning sog'lom bo'lishi ovqatni chaynash, yutish va hazm qilish, nutqning rayon bo'lishi, so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Tishni sog'lom saqlashda gigiyena qoidalariga amal qilish zamr. Tish sog'lom bo'lishi uchun eng avvalo uning emal qavatini ehtiyot qilish zarur. Buning uchun tishda danak, yong'oq kabilarni chaqmaslik, qattiq buyumlarni tishlamaslik kerak, unga kislotali moddalarni tekkizmaslik, issiq ovqat ketidan tezda sovuq ichimlik yoki ovqat iste'mol qilmaslikzarur. Tishni mustahkam saqlash uchun ovqat tarkibida yetarli miqdorda vitaminlar va mineral tuzlar bo'lishi lozim. Buning uchun ko'proq har xil ko'katlar (piyoz, sarimsoq, ukrop, shivit kabilar), sabzavot va mevalarni muntazam iste'mol qilib tmish lozim. Shirinliklarni ko'p iste'mol qilish tishlarning yemirilishiga sabab bo'ladi, chunki shirinlik ikroblarning ko'payishi uchun qui ay sharoit yaratadi. Tishni kasallanishdan saqlash uchun og'iz bo'shlig'ida, tishlar orasida ovqat qoldiqlari qolishiga yo'l o'ymaslik kerak, chunki ular mikroblar o'payishiga qulay sharoit yaratadi. Har kuni uxlash oldidan tishni tish pastasi yoki poroshogi bilan yuvish lozim. Shuningdek, ovqat iste'mol qilgandan keyin og'izni iliq suv bilan chayish zarur. Tishning salgina zararlanganligi ma'lum bo'lsa, albatta shifokorga murojaat qilish kerak. Til og'iz bo'shlig'ida joylashgan, muskuldan tashkil topgan a'zo bo'lib, u ovqatni aralashtirib, tomoq tomonga o'tkazish va uning ta'mini aniqlash vazifasini bajaradi. Tilning eng muhim vazifalaridan biri so'zlarning rayon talaffuz qilinishini ta'min¬lashdir. Til uch qismdan: ya'ni, uchi, tanasi va ildizdan iborat. Tilning ustini qoplagan shilliq qavatda sezuvchi nerv tolalarining uchlari bo'lib, uning uchida asosan shirin, ildiz qismida achchiq, yon tomonlarida sho'r va nordon ta'mlarni sezuvchi retseptorlar bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |