Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


Axloqiy xulq-atvor ichida burch, vijdon, qadr-qimmat, nomus



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Axloqiy xulq-atvor ichida burch, vijdon, qadr-qimmat, nomus 
kabi tu-
shunchalar muhim kasbiy ahamiyatga ega bo‘lib, uni axloqiy jihatdan 
baholashdagi muhim xususiyatlarga e’tiborni qaratamiz. Bunda muhim mezoniy 
tushuncha ‒
burch
dir. Burch mohiyatiga ko‘ra, jamiyat, davlat va shaxslarga 
nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U, yuqorida 
aytganimizdek, vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam 
bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bir xatti-harakati zamirida burch 
tushunchasi ‒ burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi. 
Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, 
fuqarolik burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzandlik burchi singari keng 
qamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bo‘lgan tushunchalari ham, jurnalistlik 
burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi, ijtimoiy ish xodimi burchi kabi kasbiy 
odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud. 
Burch tushunchasining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri ‒ uning vaqt va 
jamiyatda muayyanlashish xususiyatidir. Chunonchi, bir tuzum yo jamiyatda ijobiy 
hisoblangan burch talablari ikkinchi bir tuzum yoki jamiyat uchun salbiy ma’no 
kasb etishi mumkin. Sobiq Sho‘rolar fuqarosining o‘sha davrdagi mavjud tuzum 
oldidagi burchi hozirgi kunda o‘ta salbiy hodisa sifatida baholanishi bunga yorqin 
misol bo‘la oladi. 
Harbiylashgan va o‘ta mafkuraviylashgan, ya’ni yagona mafkura 
hukmronlik qilgan jamiyatlarda esa burch omma hamda shaxs hayotida fojiaviy 
hodisaga aylanadi. O‘ta ustalik bilan yo‘lga qo‘yilgan targ‘ibot natijasida bunday 
jamiyatlar a’zolarining ko‘pchiligi oqni – qora, qorani – oq deb qabul qiladilar. 
Buni umum-bashariy va milliy qadriyatlarni oyoqosti qilgan beshafqat sho‘rolar 
sotsializmi yoki fashistlarning milliy sotsializmi yaqqol isbotlab berdi. Yuz 
minglab, hatto millionlab odamlar aldandilar, keyinchalik, uzoq yillar mobaynida 
vijdon azobida yashadilar. Demak, jamiyat qurilishida totalitarchilikka yo‘l 
qo‘yilishi o‘sha jamiyat a’zolari tomonidan burchning noto‘g‘ri tushunilishiga va 
buning oqibatida ba’zi hollarda beixtiyor, omilik tufayli, ba’zan esa ixtiyoriy-
majburiy tarzda yuz beradigan omma-viy axloqsizlikka olib keladi.
Shunday holatlar ham bo‘ladiki, unda burch shaxsning ko‘pgina mayl-
istaklariga qarshi hodisaga aylanadi: uni huzur-halovatdan, turmush lazzatlaridan 
mahrum etadi. Masalan, Furqat mustamlakachilar mafkurasiga xizmat qilganida, 
uning hayoti rohat-farog‘atda kechishi mumkin edi. Lekin u Vatan oldidagi, millat 
oldidagi burchni deb muhojirlikning og‘ir qismatiga duchor bo‘ldi: uni 
mustamlaka-chilar, avval aytganimizdek, mamlakat hududidan chiqarib yuborib
qayta kiritma-dilar. Furqat xorijda vafot etdi. 
Ba’zan burch tufayli odamlar o‘z sevgisidan, jon-dilidan sevgan kishisidan, 
hatto aka-ukasi, opa-singlisi yoki farzandidan kechishga ham majbur bo‘ladilar. 
Xullas, burch axloqshunoslik mezoniy, o‘lchov tushunchalari ichidagi eng “qattiq-
qo‘l”, eng “shafqatsizi”. 


101 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish