Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Hayotning ma’nosi.
Mashhur alloma Majididdin Xavofiy, yashash uchun 
ovqatlanurlar, ovqatlanish uchun yashamaslar, degan hikmatni ko‘p takrorlar ekan. 
Xo‘sh, aslida inson nima uchun yashaydi? Yashashdan maqsad nima? Inson hayo-
tining ma’nosi nimada? 
Har bir inson o‘z umri mobaynida ana shu savollarga javob topishga urinadi 
va hayotining ma’nosini o‘ziga xos tarzda tushunadi. Shu bois u 
axloqshunoslikning ancha murakkab tushunchalaridan hisoblanadi. 
Avvalo, shuni aytish joizki, hayotning ma’nosini yashashdan maqsad degan 
tushuncha bilan qorishtirib yuborish hollari ko‘p uchraydi. Vaholanki, ularni 
aynan-lashtirish mumkin emas, chunki hayotning ma’nosi maqsadga nisbatan juda 
qam-rovli tushuncha, o‘z ichiga o‘nlab, balki yuzlab maqsadlarni oladi, aniqrog‘i, 
u muayyan maqsadlar tizimidan tashkil topadi. Shu bois kimningdir biror-bir ezgu 
maqsadi amalga oshmay qolsa, uning hayotini “ma’nosiz” deb bo‘lmaydi. 
Ba’zan hayot “ma’nosiz” kechishi ham mumkin. Bunda kishidagi maqsadlar 
o‘tkinchi, mayda, yuksak orzu-intilishlardan yiroq, hayvoniy, tuban, hatto yovuz 
bo‘lishi mumkin. Mazkur kishi – “hayot egasi”ning bunday tabiati jamiyat 
erishgan axloqiy daraja bilan baholanadi. Zero, kimdir o‘z hayoti ma’nosini 
qanday yo‘l bilan bo‘lmasin boy-badavlat, to‘kin-sochin yashashda deb tushunadi: 
harom-xarishning farqiga borib o‘tirmaydi, birovning haqidan qo‘rqmaydi yoki 
qanday vositalar bilan bo‘lmasin, martabaga erishishni o‘z oldiga hayotiy maqsad 
qilib qo‘yadi, faqat “yulsam” deydi. Boshqa birov esa qonunni buzmaydi, lekin 
o‘zgalarga qayishishni xayoliga ham keltirmaydi, hech kim bilan ishi bo‘lmaydi, 
faqat “o‘z qobig‘ida” yashashni afzal ko‘radi. 
Yana bir toifa odamlar borki, ular hayotining ma’nosini eng yuksak 
qadriyat-lar bilan bog‘laydilar va jamiyatda yuksak axloq egasi, go‘zallik 
oshuftasi, e’tiqodi but kimsalar sifatida e’tibor qozonadilar. Ular oliy ideallarga 
intilib, fidoyilarcha umr kechiradilar. Hayotining ma’nosini o‘zidan keyin 


105 
qoldiradigan “ikkinchi umr”-da ko‘radilar. Har bir jamiyatning taraqqiy topishi 
yoki tanazzuli hayotning ma’-nosini ana shu tarzda tushunuvchilarning ko‘pligi 
yoki kamligi natijasida ro‘y beradi, bir so‘z bilan aytganda, bunday tom ma’noda 
“elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan” odamlar yuksak axloqli, demokratik, 
erkin jamiyatning ustunlaridir. 
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan toifalar ikki umumiy ijtimoiy-ma’naviy guruh-
ning biriga, ta’bir joiz bo‘lsa, shartli ravishda dunyoviy deb ataladigan qismiga 
mansub. 
Ikkinchi guruhni esa e’tiqodiy-diniy deb nomlash mumkin. Bu guruh hayot-
ning ma’nosini Xudoni topishda, Unga yetishishda deb biladi. Bunda goho cherkov 
yoki shariat aqidalari orqali emas, balki muhabbat vositasida ham Xudoga 
murojaat qiladilar. Masalan, buyuk rus mutafakkiri va yozuvchisi, pravoslav 
cherkovidan ronda qilingan Lev Tolstoy hayotning ma’nosini quyidagicha 
tushunadi: “Men faqat Xudoga ishongan onlarimdagina haqiqiy yashaganimni 
esladim... Xudoni tanish va yashash degani bir xil gap, Xudo hayot demakdir”,‒ 
deb yozadi u o‘zining mashhur “Iqrornoma” asarida.
151
Ko‘rib o‘tganimizdan ma’lum bo‘lyaptiki, hayotning ma’nosini tushunishda 
har ikki ijtimoiy-ma’naviy guruhda ham turli qarashlar mavjud. Lekin ular bir 
masa-lada yakdil: ular hayotning ma’nosi o‘z manfaatlarini o‘zgalar manfaati bilan 
bog‘-lab, oliy qadriyatlar va yuksak aqidalarni ichki shior qilib yashashdadir
degan axlo-qiy qoidaga binoan umr kechiradilar. 
Baxt.
Hayotning ma’nosi ideal bilan bog‘liq bo‘lgani kabi baxt atamasini 
ham hayotning ma’nosi tushunchasidan ajratib olingan holda tahlil etish mumkin 
emas. Zero, baxt inson o‘z hayoti ma’nosini qay darajada tushungani va shu 
ma’nodan umri mobaynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. Har bir 
insonda qoniqish hissi undagi maqsadlarning takomilga yetganidagina ro‘y beradi. 
Faqat bu takomilga yetish jarayoni bir umr davom etadi. Shu ma’noda buyuk 
ajdodimiz Abu Nasr Foro-biy: “Baxt ‒ har bir inson intiladigan maqsad, zotan u 
muayyan komillikdir”,‒ de-ganida ko‘p jihatdan haq edi.
152
Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unutmaslik lozim, 
uni lazzat bilan aynanlashtirish to‘g‘ri emas. Lazzat oniylik xususiyatiga ega, 
o‘zini faqat jarayondagina namoyon etadigan hodisa va u moddiy hayotdagi real, 
ammo o‘tkinchi ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan, gastrologik yoki shahvoniy 
lazzatni olib ko‘raylik: deylik, siz kabobni xush ko‘rasiz va lazzatlanib yeya 
boshlaysiz, lekin biroz muddat o‘tgach, to‘yasiz, boshqa yegingiz kelmay qoladi; 
shahvoniy lazzat ham shunday. Baxt esa ma’naviy ehtiyoj bilan bog‘liq, unda 
maqsadlarga birin-ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir 
umr to‘xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o‘z ichiga oladi. 
Baxt, garchand, orzu kabi idealning hissiy-ehtirosli shakli sifatida ko‘zga 
tashlansa-da, aslida undan farqli o‘laroq, shaxsning intilishini emas, shu 
intilishning ro‘yobini anglatadi. Har bir intilishning ro‘yobga chiqishi esa muayyan 
tayyor-garlikni va kurashni taqozo etadi.
 
151
 Толстой Л.Н. Собрание сочинений в 22 т. Т. 16. М., ИХЛ, 1983. С. 151. 
152
 Аль – Фараби. Социально-этические трактаты. Алма – Ата, Наука, 1973. С. 3. 


106 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish