Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Vijdon.
Axloqshunoslikning nihoyatda ta’sir doirasi keng tushunchalaridan 
biri vijdondir. Vijdon ‒ Zigmund Froyd ta’biri bilan aytganda, a’lo 
Men

Men
ustidan nazorat o‘rnatib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi bir, yuqori darajadagi 
men.
Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga bog‘liqligidan kelib chiqsa, 
vijdon uning ichki o‘z-o‘ziga bog‘liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog‘liqlik 
tashqi bog‘liqlikka nisbatan teran va doimiydir: uyat ma’lum bir vaqt ichida 
odamning o‘z nojo‘ya harakati tufayli yuzaga kelgan o‘ng‘aysizligi bo‘lsa, vijdon 
azobi, bu oddiy o‘ng‘aysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiylikka 
e’tiqodning faryodi, talabi; uni qondirmas ekansiz, hech qachon azob to‘xtamaydi. 
Uyat bilan vijdonni, shu bois, dengizdagi muz tog‘iga – aysbergga o‘xshatish 
mumkin: yuzaga uyat tarzida chiqib turgan qismi teranlikdagi qismidan yuz, balki 
ming barobar kichik. 
Vijdon ham axloqshunoslikning boshqa ba’zi asosiy tushunchalari kabi 
baholash xususiyatiga ega. Lekin bu baholash hech qachon obyektga qaratilmaydi, 
u subyektning xatti-harakatlarini baholaydi, ya’ni unda subyekt o‘zi uchun ichki 
obyekt vazifasini o‘taydi. Ba’zan jamiyat talablari bilan vijdon o‘rtasida ixtiloflar 
chiqishi mumkin. Bunda vijdon emas, jamiyat talablarining o‘tkinchilik xususiyati 
ma’lum ma’noda eskirganligi aybdordir. Zero, vijdon ko‘zga ko‘rinmas, lekin 
ulkan va mutlaq aybsiz axloqiy hodisadir. 
Ko‘pincha vijdon tushunchasi o‘rnida iymon iborasini uchratish mumkin. 
Iymon aslida diniy tushuncha. Lekin hayotda vijdon tushunchasining sinonimi 
tarzida ishlatiladi. Masalan, kimnidir birov “iymonli odam” deganida, uning 
musulmonlikka imon keltirgan-keltirmagani haqida o‘ylab o‘tirmaydi, buning 
ustiga, u odam musulmon emas, nasroniy bo‘lishi ham mumkin. Chunki gap bu 
yerda o‘sha odamning dindorligi haqida emas, balki vijdonli, halol, rostgo‘y 
ekanligi to‘g‘risida ketyapti. Shu ma’noda vijdon bilan iymonni egizak 
tushunchalar deyish mumkin.
Afsuski, odatda, ko‘pchilik adabiyotlarda vijdon mezoniy tushunchasiga 
“subyektiv” hodisa tarzida qarab, adolat, burch, nomus singari tushunchalarni unga 
qaraganda ijtimoiy ahamiyatliroq deb baholash, ularni “to‘rga chiqarish” hollari 
tez-tez uchrab turadi. Vaholanki, vijdonsiz odamdan hech qachon adolatni ham, 
burchga sadoqatni ham, or-nomusni ham kutish mumkin emas. Vijdonli 
odamlargina haqiqiy erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini yarata oladilar. Zero, 
vijdon, eng avvalo, o‘zgalarga nisbatan burch va mas’uliyatni taqozo etadi. 
Nomus.
Asosiy tushunchalardan yana biri – nomus. Nomus tushunchasi bir 
tomondan, burch bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan, qadr-qimmat 
tushunchasiga aloqador. Zero, nomus mohiyatan shaxsning o‘z qadr-qimmatini 
anglab yetishi, shu qadr-qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi yoki 
olinmasligiga nisbatan bo‘ladigan munosabati bilan belgilanadi. 
Biroq, bu-nomus qadr-qimmat tushunchasi bilan bir xil ma’noga ega, degani 
emas. Chunki qadr-qimmat shaxsdan o‘zining boshqa odamlarga nisbatan 
kamsitilmasligini, atrofdagilardan barcha insonning teng huquqliligi tamoyilini 
o‘ziga nisbatan qo‘llashlarini talab qiladi. Nomus esa o‘z qadr-qimmatini bilishdan 
tashqari, har bir shaxsning jamiyatda alohida, o‘ziga xos tarzda egallagan mavqeyi 


102 
va shu mavqeni dog‘ tushirmay saqlash-saqlamasligi bilan bog‘liq. Bu mavqe esa, 
shubhasiz, o‘sha shaxsning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, kasbi, yoshi va unga nisbatan 
beriladigan axloqiy daraja bilan muayyanlashadi. Masalan, uyingizda bir kun kelib 
oddiy ishlarni bajarib ketadigan mardikor bilan nomi ketgan mashhur binokor-
ustaning, bosh vazir bilan kotibaning, bobo bilan nabiraning nomusni tushunishi 
bir xil emas. Shu ma’noda qadr-qimmatni nomus tushunchasining dastlabki 
bosqichi, ibtidosi deb aytish mumkin. 
Gohida nomusni or tushunchasi bilan chalkashtirish hollari ham uchrab 
turadi. Lekin, aslida, nomusga nisbatan or ancha tor qamrovdagi, nisbatan zalvarsiz 
tushuncha. Chunonchi, oriyatli odam deganda, o‘z so‘zining ustidan chiqadigan, 
sadaqa tarzida qilingan muruvvatlardan baland turadigan shaxs tushuniladi. Beor 
odam ‒ o‘z sha’niga aytilgan gaplarga parvo qilmay, ishini bajarib ketaveradigan, 
aytilgan-aytilmagan joylarga suqilib kiraveradigan surbetnamo kishi. Nomusning 
esa toshi og‘ir ‒ u ijtimoiylik xususiyatiga ega, keng qamrovli. Nomus yo‘lida 
inson hatto o‘z hayotidan kechishi mumkin, odamlar o‘z nomusi, oila nomusi, 
millat nomusi deb kurashadilar. Bu haqda ko‘plab badiiy asarlar, pand-o‘gitlar 
yaratilgan. 
Mehnat, sport singari sohalarda jamoa nomusi ham alohida ahamiyatga ega; 
unda nomus obro‘ tushunchasi bilan bog‘lanib ketadi. Bularning hammasi o‘zini 
hurmat qilish, o‘ziga nisbatan atrofdagilarning hurmat-izzatini yo‘qotmaslik uchun 
o‘z-o‘zini nazorat qilish hissidan kelib chiqadi. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish