Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


 Axloqning kelib chiqishiga oid turli yondashuvlar (diniy-idealistik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

2. Axloqning kelib chiqishiga oid turli yondashuvlar (diniy-idealistik, 
ijtimoiy-madaniy va naturalizmga oid yondashuvlar) 
Axloqni yaratish, uning me’yorlarini asoslash, tahlil va tanqid qilish boshqa 
masala, axloq o‘zi qanday vujudga kelgan, degan savol esa boshqadir. Birinchisi 
din va falsafa doirasidagi savol bo‘lsa, keyingisi metaetik xarakterda bo‘lib, 
sotsiolo-giya, antropologiya, tarix, psixologiya kabi fanlar shug‘ullanadi. Axloq 
masalasi din uchun hassos mavzu bo‘lishi mumkin, ammo fan va falsafa uchun 
ratsional masa-ladir. Biz bu masalani ehtiroslarga, milliy va diniy tarafkashliklarga 
berilmay, xolis o‘rganish tarafdorimiz. Buning uddasidan qanchalik chiqa olamiz – 
bu endi boshqa masala. Maqsadimiz ko‘r-ko‘rona e’tiqodlardan chetlashib, 
tafakkur qilish va o‘zga-larga ham fikr yuritishga turtki berishdir. 
“Xo‘sh, “axloqiylik – kishilar o‘rtasidagi munosabatda butun jamiyat to‘g‘ri 
deb qabul qilgan xulq-atvor me’yorlari”mi yoki ilohiy yo‘l-yo‘riqlar asosida shakl-
langan ijtimoiy munosabatlar tizimimi?” Aslida savolning o‘zi to‘g‘ri 
qo‘yilmagan. “Axloqiylik – kishilar o‘rtasidagi munosabatda butun jamiyat to‘g‘ri 
deb qabul qil-gan xulq-atvor me’yorlaridir” va “Axloqiylik – ilohiy yo‘l-yo‘riqlar 
asosida shakl-langan ijtimoiy munosabatlar tizimidir” degan har ikki hukm ham 
qat’iy tarzda bir-birini inkor qilmaydi. Jamiyat doim nimaniqi ilohiy hisoblasa, 
o‘shani to‘g‘ri bilgan va nimaniki to‘g‘ri hisoblasa o‘shanga ilohiylik maqomini 
berib kelgan. Muammo esa qay biri birlamchi ekanida. Xulq-atvor me’yorlarini 
kishilar xoh ilohiy hisob-lasin, xoh hisoblamasin, nimani qabul qilish va nimaga 
amal qilish insonning o‘ziga bog‘liqdir. Ya’ni har qanday yo‘l-yo‘riq ilohiy deb 
e’tiqod qilinsa-da, odamlarning axloqiy tuyg‘usi uni qabul qilmasa, unga amal 
qilish cheklanib qolaveradi. “Qa-dimgi Ahd”da ota-onaga bo‘ysunmagan farzand 
o‘ldirilishi buyurilgan: “Agar o‘g‘il ota-ona gapiga quloq solmaydigan, o‘jar va 
itoatsiz bo‘lsa, jazolanganida ham gapga kirmasa, ota-ona uni shahar darvozasida 
o‘tiradigan oqsoqollar qoshiga keltirsin. Ota-ona oqsoqollarga “Bu o‘g‘limiz o‘jar 
va itoatsiz, ochko‘z va mayxo‘rdir”, desin. Shundan keyin shahar erkaklari o‘sha 
yigitni toshbo‘ron qilib o‘ldirsin”. Yahudiylar bu buyruqning ilohiyligini inkor 
etmaydilar, ammo amal ham qilmaydilar. Nega? Zino uchun toshbo‘ron qilish, 
o‘g‘irlik uchun qo‘l kesish shariatda belgilangan, musulmonlar shariatning asosini 
ilohiy hisoblaydi, ammo nechta musulmon dav-latida bunga amal qilinadi? Bu – 
kishilarning axloqsizligidanmi, munofiqligidanmi yoki boshqa omillar ham bormi? 
Agar axloqsizligidan bo‘lsa, qaysi axloqqa ko‘ra axloqsiz ular? 
Bugun odamlarning jinoyat va jazoga munosabati o‘zgargan. Boshqacha 
aytganda, axloqiy tushunchalar, qadriyatlar o‘zgargan va bu o‘zgarish qonunlarga 
ham ko‘chib o‘tgan. Bugungi yahudiy ota itoatsiz farzandni o‘ldirish hukmini 
ilohiy hisoblasa-da, uning axloqiy tuyg‘usi uch ming yil avval yashagan 
ajdodinikidan farqli. Uning xatti-harakatlariga uch ming yil avvalgi me’yorlar 
emas, bugungi qadriyatlar, tushunchalar ko‘proq ta’sir o‘tkazadi. Binobarin, 
axloqning qanday bo‘lishini, nima to‘g‘ri-yu, nima noto‘g‘riligini belgilab 
beruvchi boshqa omil mavjud. Ammo o‘sha omil diniy e’tiqod emas. Aksincha, 
diniy e’tiqod o‘sha omilning misoli ko‘zgudagi aksidir. Avval axloqiy qarashlar 
o‘zgaradi, so‘ng diniy e’tiqodlar, talqinlar ularga moslashib boradi. Yangi dinlar, 


107 
mazhablarning vujudga kelishi, eski matnlar yangicha talqin qilinishi, diniy 
jamoalar ichida mo‘tadillar va radikallar, konservatorlar va liberallar o‘rtasida 
kurash ketishi besabab emas. Insoniyat tarixida qanchadan-qancha diniy 
ta’limotlar, axloqiy qarashlar vujudga kelgan, qanchadan-qanchasi nom-nishonsiz 
tarix qa’riga ko‘milgan! Shundan keyin ham biz bilgan bugungi axloqiy qarashlar 
doim bo‘lgan, mutlaq o‘zgarmagan deyish mumkinmi? Agarki biz axloqiy 
qarashlar doimo hozirgidek bo‘lgan, u mukammal va o‘zgarmaydi desak, u holda 
“Jamiyatni tashkil etuvchi shaxslar qachon va qay tarz to‘planib, bu o‘lchov-
me’yorlarni ishlab chiqqan va bir to‘xtamga kelgan?” deb savol qo‘yish o‘rinli. 
Basharti unday bo‘lmay, axloq tadrijiy taraqqiyot hosilasi bo‘lsa, bunday savol 
mutlaqo o‘rinsiz. Boshqacha aytganda, axloq eng primitiv me’yorlardan boshlab 
o‘zgarib, murakkablashib, har bir davrda o‘ziga xos ko‘rinish kasb etib, minglab 
avlodlar osha rivojlanib kelgan. Ya’ni kimlardir to‘planib axloqni ishlab 
chiqmagan. Gapimiz tushunarliroq bo‘lishi uchun bir o‘xshash holni misol 
keltirsak. Hozirgi samolyotlarni kimlar qachon to‘planib ixtiro qilgan, deb savol 
berish mumkinmi? Agar ilk uchoqlar paydo bo‘lgandan boshlab hozirgacha o‘zgar-
magan, takomillashmagan desak, bu savol o‘rinli. Ammo aksincha bo‘lsa-chi? 
Zamonaviy havo kemalarining vujudga kelishida “inson ucha oladimi?” deya ilk 
bor savol qo‘ygan odamdan tortib, aerodinamika qonunlari kashshoflarigacha, 
uchaman deb yiqilib mayib bo‘lgan havaskor ixtirochilardan tortib zamonaviy 
uchoqlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga tegishli tadqiqot markazlarigacha
turli zamon va makonlarda yashagan shu sohaga aloqador barcha kishilarning 
hissasi bor. Hamma bir-birining xato va yutuqlaridan o‘rgangan. Axloq borasida 
ham shunday – o‘zgalar xatosidan o‘rganamiz, muvaffaqiyat qozonsa, taqlid 
qilamiz. Asrlar osha insoniyatning o‘zaro munosabatlardagi tajribasi ham oshib 
boravergan. Xoh siyosiy, xoh iqtisodiy munosabatni oling, oddiylikdan 
murakkablik tomon rivojlangan. Hozirgi iqtisodiy ishlab chiqarish va iste’mol 
munosabatlari yoki siyosiy muno-sabatlarni ikki ming yil oldingi shunday 
munosabatlar bilan solishtirib ko‘ring-chi! Murakkablashuv o‘z-o‘zidan yangicha 
tartib-qoidalarni taqozo etadi. 
Axloq muayyan jamiyatda kishilarning o‘zaro munosabatlarini tartibga solib 
turuvchi va o‘sha jamiyatdagi birlik, barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi 
me’yorlardir. Shaxs va jamiyat manfaati-yu ehtiyojiga xizmat qilishi, amalda ish 
berishi ularning mavjudligini oqlovchi va bardavomligini ta’minlovchi birlamchi 
mezondir. Manfaat va ehtiyojlar o‘zgarishi bilan ularga xizmat qilayotgan 
me’yorlar ham eskiradi. Zero, bir muhitda ijobiy natija bergan me’yorlar o‘sha 
muhit o‘zgargach, aks natija berishi mumkin. Bu fikrimizdan o‘quvchida savol 
tug‘ilishi tabiiy: ehtiyojga xizmat qilsa, o‘rni kelganda o‘g‘irlikni ham axloqan 
oqlash mumkin ekan-da? Bu o‘rinda ehtiyoj deganda jamiyatning mavjudligi
kuchliligi, boshqa jamiyatlar bilan raqobatga dosh bera olishini nazarda tutdik. 
Zero, axloq – ijtimoiy hodisa. A’zolarining asosiy qismi o‘g‘ri bo‘lgan jamiyat 
barqaror turishi mumkinmi? Yoki yolg‘onchi bo‘lsa-chi? Tabiiyki, bunday jamiyat 
uzoq yashamaydi. Ehtiyoj va manfaatni eski me’yorlarga moslashtirishga urinish 
esa samara bermaydi. Bu chaqaloqning libosini katta odamga kiydirishga 


108 
urinishdek behuda ish. Buni turli zamonlarda yashagan kishilarning axloqqa 
munosabatidagi farqda yaqqol ko‘rish mumkin. Deylik, antik davr yunon 
faylasuflari ba’zi insonlarning tabiatan qul ekani, ba’zilar esa boshqarish, 
yetakchilik qilishga qobilligi haqidagi mulohazalariga tayanib, quldorlikni oqlagan 
bo‘lsa, hozirgi zamonda barcha insonlar yagona genofondga egaligi, irqchilik 
g‘ayriilmiy asoslarga tayanishi aytilmoqda. Tabiiyki, inson tabiatiga doir qarashlar
ilmiy xulosalar yangilanishi, chuqurlashishi bilan axloqiy qarashlar ham o‘zgargan. 
Axloqiy me’yorlardagi o‘zgarishni sun’iy tarzda jilovlash, xususan, ularni milliy 
va diniy qadriyat o‘laroq o‘zgarmas, muqaddas deb bilish ijtimoiy sharoit va 
xizmatini o‘tab bo‘lgan me’yorlar o‘rtasida katta jarlik paydo qiladiki, oqibatda 
jamiyatda ikkiyuzlamachilik va munofiqlik urchib ketadi (diniy, milliy va 
mafkuraviy jihatdan mahdud xalqlardagi bugungi ahvolni kuzatsak, buni payqash 
qiyin emas). 
Shu o‘rinda axloq o‘zi qanday paydo bo‘lgan, degan masalaga qisqacha 
to‘xtalsak. Bu masaladagi qarashlarni ikki guruhga jamlash mumkin. Birinchisi – 
axloqiy me’yorlarni Xudo yoki xudolar joriy qilgan deguvchi 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish