Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


asosan, shaxsning odobiga, xulqiga bog‘liq bo‘lgan ijobiy hodisa



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

asosan, shaxsning odobiga, xulqiga bog‘liq bo‘lgan ijobiy hodisa.
Zero, unda 
mardlik, ochiqko‘ngillilik, halollik singari axloqiy me’yorlar tajassum topadi.
Biroq unga asos bo‘lgan amaliy xatti-harakatlar qahramonlik, jasorat, 
vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga ko‘tarila olmaydi. Misol tariqasida buyuk 
shoirimiz Alisher Navoiyning faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy mehnatga 
umrini bag‘ishladi, xalqi uchun, xalqlar uchun “Xazoyin ul-maoniy”dek, 
“Xamsa”dek buyuk asarlar yaratdi. Bu ‒ ezgulik, u ma’lum ma’noda abadiylik 
xususiyatiga ega, chunki Navoiy asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar 
mobaynida zavq-shavq ulashib, ularni komillikka chorlab kelmoqda. Ayni paytda, 
Navoiyning o‘zi bevosita ko‘plab yaxshiliklar qildi ‒ muhtoj odamlarga qarz berdi, 
bergan qarzlaridan kechib yubordi va h.k. Uning bu yaxshiliklari ajoyib ijobiy 
hodisa bo‘lgani holda, o‘tkinchilik tabiatiga ega, shuningdek, istisnoli hollarda 
namoyon bo‘luvchi qahramonlik ham, buyuk jasorat ham emas. 
Demak, ezgulik, asosan, bilvosita amalga oshiriladigan, uzoqni ko‘zlovchi, 
kelajakka ham mo‘ljallangan, ya’ni strategik ahamiyatga molik axloqiy xatti-
harakatlar majmuyi; yaxshilik esa, odatda, bevosita shu kun uchun dolzarblik 
xususiyatiga ega, ya’ni taktikaviy axloqiy faoliyatdir. Shunday qilib, yaxshilikni 
yirik ijtimoiy hodisa ‒ ezgulik bilan aynanlashtirish to‘g‘ri emas. 
Bu ikki juftlikning yana bir farqli tomoni shundaki, voqe bo‘lgan ezgulik 
hech qachon yovuzlikka aylanmaydi, yovuzlik esa har qanday zamonda, har 
qanday sharoitda ham yovuzlik bo‘lib qolaveradi. Yaxshilik va yomonlikda esa 
bunday emas: biror obyektga qilingan yaxshilik boshqa bir obyekt uchun yoki 
yaxshilik qilgan subyekt uchun yomonlikka aylanishi mumkin. Mashhur o‘zbek 
xalq ertaklaridan biridagi ovchilar quvib kelayotgan bo‘rini qopga yashirib, 
qutqarib qolgan dehqonning holatini bunga misol sifatida keltirish mumkin: bo‘ri 
o‘ziga yaxshilik qilib, o‘limdan qutqargan odamni yemoqchi bo‘ladi, xayriyatki, 
tulki dehqonning joniga oro kiradi. 
Xullas, muayyan ijtimoiy cheklanganligiga qaramay, yaxshilik va yomonlik 
qamrovli mezoniy, ya’ni o‘lchovli tushunchalardandir. 


99 
Adolat.
Axloqshunoslikning yana bir asosiy o‘lchov tushunchasi ‒ adolat. 
Uning ezgulik va yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, 
adolatning o‘zi biror-bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi 
nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni 
tartibga soluvchilik xususiyati bor; unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar 
mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda axloq sohasidagi miqdor o‘lchovchi ham 
deyish mumkin: u talab bilan taqdirlashni o‘lchab turadigan tarozidir. Adolat bor 
joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo‘l yo‘q. 
Adolatning mezoniylik xususiyati, ayniqsa, huquqda darhol ko‘zga tashla-
nadi. Huquq vazirligining hatto adliya vazirligi deb atalishi, jinoyatga yarasha 
jazoni belgilovchi, hukm chiqaruvchi idoralarning odil sud degan nomlar bilan 
yuritilishi buning dalilidir. Lekin adolatni faqat huquqiy tushuncha sifatida talqin 
etish to‘g‘ri emas. U, yuqorida aytganimizdek, keng qamrovli axloqiy tushuncha. 
U nafaqat fuqarolar orasidagi munosabatlarni, balki davlat bilan xalq, jamiyat bilan 
shaxs o‘rtasidagi aloqalar mezonini ham o‘z ichiga oladi. Xalq orasida ming yillar 
mobay-nida odil podsho idealining yashab kelgani bejiz emas. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish