1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]



Download 23,74 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi23,74 Kb.
#203303
Bog'liq
09.07.2020




[OKOZ:

1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.01.00 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi. Saylanishi. Vakolatlari]

[TSZ:

1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining

qarori

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais B. Mirboboyev, sudyalar A. Gafurov, F. Kayumov, S. Koshayeva, B. Miralimov, G. Pirjanov va K. Uljayevdan iborat tarkibda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 14-moddasiga amal qilgan holda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish haqidagi ishni ochiq majlisda ko‘rib chiqdi.



Konstitutsiyaviy sud mazkur masala yuzasidan ma’ruzachi sudya S. Koshayevaning axborotini tinglab va ish bo‘yicha mavjud hujjatlarni o‘rganib,

aniqladi:

Mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorida nazarda tutilgan tadbirlar va vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5505-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 9-bandida fuqarolar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjat yuzasidan shikoyat qilish va ushbu normativ-huquqiy hujjatni bekor qilish haqidagi talabning ko‘rib chiqilishi tartib-taomillarini takomillashtirish, bunda Konstitutsiyaviy sudning rolini aniqlash nazarda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4551-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturining 7-bandida Konstitutsiyaviy sud va Adliya vazirligiga “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuklangan:

Konstitutsiyaviy sudga masalalar kiritish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar doirasini Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, shuningdek, fuqarolar va yuridik shaxslarni kiritish orqali kengaytirish;

Konstitutsiyaviy sudda ish yuritishning protsessual xususiyatlarini (sudga masala kiritish tartibi, sud muhokamasi, muddatlari, sud qarorlarining ijrosi va boshqalarni) tartibga soluvchi normalarni kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5953-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturi 14-bandida qonun normalarining Konstitutsiyaga muvofiqligini o‘rganish yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibini soddalashtirish, Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar doirasini kengaytirish maqsadida Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutiga qonun loyihasini tayyorlash va unda Konstitutsiyaviy sudda qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar doirasiga fuqarolar va yuridik shaxslarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazini kiritish nazarda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6012-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 22-bandida ham ushbu masala nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi yuzasidan Oliy Majlis palatalari, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Adliya vazirligi, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar, fikr-mulohazalar inobatga olingan.

Shuningdek, qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (www.regulation.gov.uz) da umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan. Muhokama davomida 60 dan ziyod taklif va fikr-mulohazalar kelib tushdi. Kelib tushgan taklif va fikr-mulohazalarning barchasi tahlil qilinib, ularning aksariyat qismi qonun loyihasini takomillashtirishda hisobga olindi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi Konstitutsiyaviy sud faoliyatini yaxshilash, mamlakatimizda fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, konstitutsiyaviy qonuniylikni mustahkamlash hamda Konstitutsiya va qonun ustunligi prinsipini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib va “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 14, 31, 32, 33-moddalariga, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonunning 5, 26-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud

QAROR QILDI:

1. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi qonunchilik tashabbusi tartibida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilsin (ilova qilinadi).

Oldingi tahrirga qarang.

2. Ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqish chog‘ida ishtirok etish uchun Konstitutsiyaviy sudning vakili etib sudya S. Koshayeva, uni birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida ma’ruza bilan so‘zga chiqadigan vakil etib Konstitutsiyaviy sud raisining o‘rinbosari A. Gafurov belgilansin.



(2-band O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2020-yil 3-sentabrdagi qarori tahririda)

3. Ushbu qaror “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Axborotnomasi” va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilinsin.

Rais B. MIRBOBOYEV

Sudyalar A. GAFUROV

F. KAYuMOV

S. KOShAYEVA

B. MIRALIMOV

G. PIRJANOV

K. ULJAYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 9-iyul

Download 23,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish