96
tushunchalari esa amaliy axloqqa tegishli bo‘lib, nisbatan muayyan, tor qamrovga
ega; ular birinchi guruh uchun “moddiy asos” vazifasini o‘taydilar.
Shu o‘rinda “tushuncha” atamasining mohiyatiga nazar tashlashni joiz deb
o‘ylaymiz. Avvalroq biz axloqiy hissiyotlarning axloqiy ong uchun ma’lum
ma’no-da material ekani to‘g‘risida birrov to‘xtalib o‘tgan edik. Bu haqda mumtoz
fayla-suflar ham e’tiborga sazovor fikr bildirganlar. Chunonchi,
buyuk ingliz
mutafakkiri Jon Lokk, tushunchada nimaiki bor ekan, u bundan avval hissiyotda
mavjud bo‘lgan, deb ta’kidlaydi. “Tabiat qonuni borasidagi tajribalar” asarida u
shunday deb yozadi:
“Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi yetkazib berilmasa, u holda
tafakkur uchun hech qanday material berilmagan bo‘ladi
va aql bilishni taraqqiy
ettirishi bo-rasida me’mor bino qurishda tosh, yog‘och, qum va hokazo qurilish
materiallarisiz qanchalik ish qila olsa, xuddi shuncha ish bajara biladi”.
146
Aqlni ideallashtirish, hissiyotni ikkinchi darajali omil sifatida talqin etish,
Lokk va unga o‘xshash ba’zi mutafakkirlar fikrlarini hisobga olmaslik, afsuski,
keyingi davrlarda, ayniqsa, kuchaydi. Hegel singari faylasuflar esa butun borliqni
mantiqiylashtirish yo‘lidan bordilar. Lekin XIX asrning
ikkinchi yarmidan keyin
G‘arb allomalari bu yo‘lning ko‘p jihatdan yanglish ekanini anglay boshladilar.
XX asr mutafakkiri, ruhiy tahlil falsafasidagi yangi froydchilik oqimining atoqli
namo-yandalaridan biri Karl Yung Tibet mayyitlar kitobi – “Bardo Tyodol”ga
yozgan sharhida shunday deydi: “G‘arb kishisi, “psixologik” (“ruhiy”) so‘zini
eshitganida, uning uchun u “bor-yo‘g‘i psixologik” tarzida jaranglaydi. Uning
uchun “psixe”-qalb qandaydir, achinarli darajada kichik, e’tiborga noloyiq,
shaxsiy, subyektiv va h.k. Shu sababli “ruh” (qalb) o‘rniga “aql” so‘zini ishlatishni
ma’qul ko‘radi...”.
147
Boshqa bir o‘rinda barcha metafizik mulohazalar uchun
ijodiy zamin
aynan ana shu qalb ekanini, ong esa qalbning ko‘zga ko‘rinmas
in’ikosidan iboratligini ta’kidlaydi.
Darhaqiqat, “yurak va aql”, “hissiyot va ong” bahsida G‘arb, ayniqsa, XX
asrda, so‘zsiz, birinchilikni aqlga, ongga beradi. Yuqoridagi kabi fikrlar istisnoli
hollardir. Shu bois axloqshunoslik nuqtayi nazaridan muhabbat haqida gap ketsa,
uni hissiyot deb yana buning ustiga, ta’riflash qiyin bo‘lgan tuyg‘u, deb ataydilar
va uni tushuncha tarzida olib qarashdan cho‘chiydilar. Vaholanki, muhabbat aynan
axloqiy hissiyot va axloqshunoslikning bosh mezoniy, ya’ni o‘lchov
tushunchasidir.
Muhabbat bosh o‘lchov tushunchasi sifatida deyarli barcha asosiy
tushuncha-larda va tamoyillarda o‘z “hissa”siga ega. Shu jihatdan atoqli
tasavvufshunos Naj-middin Komilov: “Juda ko‘p irfoniy tushuncha ‒ istilohlarning
sharhi muhabbatga borib taqaladi”,‒
der ekan, ayni haqiqatni aytadi.
148
Na
ezgulikni, na yaxshilikni, na vatanparvarlikni, na insonparvarlikni muhabbatsiz
tasavvur etib bo‘lmaydi.
146
Локк Ж. Сочинения в 3 т. Т.3 М., Мысль, 1988. С. 21.
147
Тибетская книга мёртвых. М., Подиум, 1992. С. 79.
148
Комилов Н. Тасаввуф. I китоб. Т., Ёзувчи, 1996, 48-б.
97
Muhabbatning obyekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U ‒ Allohmi,
Vatanmi, yormi ‒ muhabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda
bir obyektni sevgan kishi boshqa obyektlarni ham sevishi tabiiy. Deylik, yorga
bo‘lgan haqiqiy muhabbat Vatanga, insoniyatga
muhabbatni inkor etmaydi,
aksincha, bar-qaror qiladi. Zero, “o‘z-o‘zicha”, “yakka”, “xudbin” muhabbatning
bo‘lishi mumkin emas. Inson o‘zi o‘zgaga aylanganida, o‘zgani o‘ziga aylantira
olganida haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi. Mana shu obyekt bilan subyekt
orasidagi farqning «yo‘qolishi» eng buyuk, eng mukammal lazzatdir.
Muhabbat ham, axloqshunoslikdagi ko‘pgina tushunchalardek, «juftlik»
xususiyatiga ega, uning ziddi –
nafrat
. Nafrat tushunchasi, albatta,
muhabbat
singari keng qamrovli emas. U aksilmuhabbat tarzida namoyon bo‘ladi, obyektdan
chetla-shishni, undan begonalashishni taqozo etadi. Hazar, jirkanch hissi nafratning
kun-dalik turmushdagi tor, “mayda” ko‘rinishidir. Nafratning ularga nisbatan
“yirikligi” uning ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligidir.
Ayni paytda, nafrat g‘azabdan keskin farq qiladi. U g‘azabga o‘xshab, o‘z
ob-yektini yo‘qotishga intilmaydi, undan faqat yuz buradi. Uni muhabbat egasida
o‘z muhabbati obyektiga nisbatan tashqi bir kuchning noinsoniy,
adolatsiz,
noinsof-larcha munosabati tufayli o‘sha kuchga qarshi qo‘zg‘aladigan hissiyot
deyish mumkin. U davomiylik tabiatiga ega, g‘azab kabi o‘tkinchi hodisa emas.
Agar g‘azabning asosida inson fe’lining salbiy holati ‒ oniy badjahllilik yotsa,
nafrat uchun chuqur o‘ylab qabul qilingan uzil-kesil qaror yotadi. Ko‘rinishdan
nafrat ki-shida yoqimsiz taassurot uyg‘otsa-da, ko‘p hollarda u illat emas, axloqiy
fazilat sifa-tida insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan dalolatdir.
Asosiy o‘lchov tushunchalar orasidagi yana bir juftlik ‒ ezgulik va yovuzlik-
dir. Ezgulik axloqshunoslikdagi eng muhim kategoriyalardan. U inson
faoliyatining asl mohiyatini anglatadi. “Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu amal” uchligi
“Avesto”dan tortib barcha muqaddas kitoblarda yetakchi o‘rinni egallashi ham
shundan
149
.
Ezgulik ‒ insonga eng kuchli ma’naviy lazzat bag‘ishlaydigan, uni ijtimoiy
shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka, jami-
yatni esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi yuksak qadriyat.
U insonning axloqiy
faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi.
Ezgulik va uning ziddi
Do'stlaringiz bilan baham: