O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


Jazoni ijro etish muddati o'tib ketganligi munosabati



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
17.2. Jazoni ijro etish muddati o'tib ketganligi munosabati 
 bilan jazodan ozod qilish
Jinoyat huquqida muddatning o'tishi deganda, jinoyat qonuniga asosan sodir etilgan jinoyat uchun sud 
tomonidan belgilangan muddatning hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab o'tishi 
tushuniladi. 
Muddatning o'tishi muayyan vaqtning o'tishida ifodalanadi. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun jinoyat 
sodir etish vaqti muayyan ahamiyatga ega bo'lsa, jinoiy jazodan ozod qilishda muddat o'tishining boshlanishida esa, sud 
hukmining qonuniy kuchga kirishi ahamiyatli hisoblanadi. Sud hukmi apellatsiya shikoyati va protesti keltirish muddati 
o'tgandan so'ng qonuniy kuchga kiradi. Agar apellatsiya shikoyati ko'rib chiqilib, hukm bekor qilingan bo'lsa, muddat 
ish yuqori sud tomonidan ko'rilgan kundan boshlab hisoblanadi. Ishni apellatsiya tartibida yuritish uchun shikoyat yoki 
protest keltirish muddati o'n kun, aybdor, oqlanuvchi yoki jabrlanuvchi esa hukmni olgan kunda boshlab o'n kunlik 
muddat qilib belgilangan. 
Jinoyatlar jami bo'yicha jazo tayinlash alohida ahamiyatga ega bo'lib, sudlar barcha jinoyatlarni hisobga olib, jinoyatlar 
jami bo'yicha jazo tayinlaydi. Bir qancha jinoyatlar bo'yicha jazo tayinlanganda muddatning o'tishi tayinlangan jazo 
muddatiga nisbatan hisoblanadi. Jazoni ijro etish muddatining o'tishi bilan shaxs jazodan toiiq va hech qanday shart 
qo'yilmasdan ozod qilinadi. 
Jazoning ijro etish muddati o'tib ketganligi sabablarini ikki guruhga bo'lish mumkin: 
• 
birinchi guruhga, 
sud hukmi bo'yicha belgilangan jazoni ijro etishga qarshilik ko'rsatish bilan bog'liq bo'lmagan, sud 
yoki jazoni ijro etuvchi organ xodimlarining o'z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganligi, mahkumning og'ir 
kasalligi va boshqalar kiradi; 

ikkinchi guruhga, 
mahkumning jazoni ijro etishdan bo'yin tovlashi kiradi. 
Jazoni ijro etish muddatining o'tishi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab hisoblanadi. Yuqorida 
aytib o'tilganidek, hukm bir qator asoslarga ko'ra ijro etilmagan vaqt davomida aybdorga bog'liq bo'lmagan yoki yangi 
jinoyat sodir etilmagan va jazoni ijro etishdan bo'yin tovlamagani holda muddatning o'tishi hisoblanadi. Boshqacha qilib 
aytganda, muddatning o'tish qoidasi buzilmagan bo'lsa, ushbu muddat o'tishi bilan ayblov hukmi ijro etilmaydi. 
Jazoni ijro etishdan bo'yin tovlash deganda, tayinlangan jazoni ijro etishdan qochishga qaratilgan har qanday 
qasddan qilingan harakat tushuniladi. Jazoni ijro etishdan bo'yin tovlash, yangi jinoyat tarkibini tashkil qilmaydigan 
harakatlardan iborat bo'lishi kerak. 
Jinoyat kodeksining 69-moddasiga muvofiq, sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab: 


132 
1) uch yildan ortiq bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq 
bo'lmagan jazoga hukm qilinganda — uch yil; 
2) besh yildan ortiq bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — besh yil; 
3) o'n yildan ortiq bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — o'n yil; 
4) o'n yildan ortiq bo'lgan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda - o'n besh yil ichida jazo ijro 
etmagan bo'lsa, mahkum asosiy va qo'shimcha jazolardan ozod qilinadi. 
Bundan tashqari, Jinoyat kodeksida umumiy muddat ham belgilangan bo'lib, agar jazo tayinlangan kundan 
boshlab yigirma besh yil o'tgan bo'lsa, jazoni ijro etish mumkin emas. Bu muddatning o'tishi sud hukmi qonuniy kuchga 
kirgan kundan boshlab hisoblanadi. 
Muddat o'tishining quyidagi shartlari mavjud: 

l) sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi; 
2) shaxsning jazoni o'tashdan bo'yin tovlamaganligi; 
3) bu muddat davomida qasddan yangi jinoyat sodir etmaganligi. 
Agar mahkum jazoni o'tashdan bo'yin tovlasa, jazoni ijro etish muddati ikki baravar ko'payadi va jazoni 
o'tashdan bo'yin tovlangan kundan boshlab hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi lozim. Shaxs muddat 
o'tmasdan, yangi jinoyat sodir etsa, muddat uziladi va yangi jinoyat sodir etgan kundan boshlab hisoblanadi. 
O'lim jazosiga mahkum qilingan shaxsni jazodan ozod qilish masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud 
javobgarlikka tortish muddati o'tishi lozim, deb topmasa, o'lim jazosi o'rniga ozodlikdan mahrum qilish jazosi 
tayinlaydi. 
Agar shaxs Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida nazarda tutilgan tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi 
jinoyatlarni sodir etgan bo'lsa: urushni targ'ib qilish (150-modda); agressiya (151-mod-da); urushning qonun va 
udumlarini buzish (152-modda); genotsid (153-modda), yollanish (154-modda); terrorizm (155-modda); milliy, irqiy 
yoki diniy adovat qo'zg'atish (156-modda) jazodan ozod qilish muddati qo'llanilmaydi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish