128
moddasining birinchi qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-
moddasining birinchi qismi (transportning xavfsiz ishlashini ta'minlashga doir qoidalarni buzish), 298-moddasining
birinchi qismi (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish).
Ushbu moddada ко 'rsatilgan jinoyatlar uncha og'ir bo'lmagan va ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlar
toifasiga kiradi. Oliy sud yarashish jarayoni, nafaqat, бб'-moddada ko'rsatilgan jinoyatlar sodir etilganida, balki boshqa
moddalarga nisbatan ham yarashish munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishni qo'llash mumkinligini belgilaydi.
Ammo bu holda ushbu asosni qo'llash huquqi javbrlanuvchi va ayblanuvchiga emas, balki, sudga tegishlidir. Oliy sud
sudlar tomonidan yarashilganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyat -
larni sodir etilganlarga nisbatan qo'llash maqsadga muvofiqliligiga e'tibor berilishi lozimligini, albatta, Jinoyat
kodeksining 65—66-moddalarida yoxud 70—71-moddalariga asosan javobgarlikdan ozod qilish masalasini
muhokama qilinishi lozimligini belgilaydi.
YarashilganUk munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishning yana bir sharti — shaxs tomonidan birinchi
marta jinoyat sodir etilganligi. Birinchi marta jinoyat sodir etish — bu shaxsning sudlanganlik holatiga ega emasligi,
sud yoki tergovdan yashirin-maganligini bildiradi.
Yarashilganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish jabrlanuvchining aybdorni kechirishi va o'zining
talabidan kechishi hamdir. Bu moddani qo'llashda yarashish haqidagi tashabbusning kimdan chiqqanligini (ayblanuvchi
yoki jabrlanuvchi) ahamiyati yo'q. Asosiysi jabrlanuvchining ayblanuvchi bilan yarashganligi (zararni qoplaganligi
tufayli uni kechirganligi) haqidagi rasmiy tartibda murojaat qilganligidir.
Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishni og'ir yoki o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etganlik
uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlan-magan shaxslarga nisbatan qo'llanilmaydi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 62-bobida yarashuv to'g'risidagi ishlarni yuritishning maxsus tartibi belgilangan
bo'lib, yarashuv to'g'risidagi ariza jabrlanuvchi (fuqaroviy da'vogar) yoxud uning qonuniy vakili tomonidan surishtiruv
va dastlabki tergovning, shuningdek, sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud maslahatxonasiga kirmasdan
oldin berilishi mumkin. Arizada yetkazilgan ziyon bartaraf etilganligi, shuningdek, yarashilganligi munosabati bilan
jinoyat ishi bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risidagi iltimos bo'lishi shart. Yarashuv bitimi bo'yicha jinoiy
javobgarlikdan ozod qilingandan so'ng bu jinoyat bo'yicha qaytadan jinoiy ish yuritish mumkin emas.
Jinoyat kodeksining бб'-moddasi yarashilganlik tufayli javobgarlikdan ozod qilishni majburiyat qilib
belgilamay, balki, huquq sifatida belgilaydi. Bunda yarashganlik faktidan tashqari qilmishning ijtimoiy xavfliligini va
jinoyat sodir etgan shaxsni javobarlikdan ozod qilishning maqsadga muvofiqligini ifodalovchi obyektiv va subyektiv
omillar hisobga olinishi lozim. Bunday holatlarga faktik ma'lumotlar, ayblanuvchining shaxsiy xususiyatlari va
yarashishning maqsadini kiritish mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2001-yil 2-noyabrdagi «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi
munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma'muriy javobgarlik
to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini sud
amaliyotida qo'llash haqidagi qarorida Jinoyat kodeksining 66
1
-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan
shaxsni javobgarlikdan ozod qilish uchun ayni vaqtda uch holat: o'z aybiga iqrorligi; jabrlanuvchi bilan yarashganligi va
yetkazilgan zararni qoplaganligi talab etilishi belgilangan. Plenum qarorida yetkazilgan zarar qoplanmagan bo'lsa-da,
jabrla-nuvchining zararni qoplash talablaridan voz kechganligi ham kodeksning 66'-moddasini qo'llashga asos bo'lishini
e'tiborga olish lozimligi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: