126
Bu o'zgarishlar uncha ko'p uchramaydi va bu asosga ko'ra javobgarlikdan ozod qilish istisno qiluvchi
xususiyatga ega. Bu holatning o'zgarishi bevosita jinoyat tushunchasi bilan bog'liq, bundan ikki xulosa kelib chiqadi:
l) bunday holatda javobgarlikdan ozod qilish fakultativ emas, balki majburiydir;
2) bu sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligiga va aybla-nuvchining shaxsiga bog'liq bo'lmaydi.
Yuqorida qayd etilganlardan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning birinchisida obyektiv holatning shunday
o'zgarganligi tushuniladiki, buning oqibatida oldingi ijtimoiy xavfli va jinoiy jazoga sazovor qilmish o'zining ijtimoiy
xavfliligini yo'qotadi, ya'ni qilmishning jinoiyligini yo'qotishi, qilmishga nisbatan yangi obyektiv sharoitda ma'muriy
yoki intizomiy ta'sir chorasi qo'llanishi mumkinligini istisno etmaydi.
Ikkinchi asos ham tashqi shart-sharoitning o'zgarishini ifodalaydi. Qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo'qotuvchi
holatdan farqli ravishda, u shaxs tomonidan jinoyat sodir etilgunga qadar yoki jinoyat sodir etilgandan so'ng sharoitning
o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, aybdor shaxsni ijtimoiy xavflilik nuqtayi nazaridan huquqiy
baholashning o'zgarishidir. Jinoyat sodir etgan shaxsni ijtimoiy xavfli emas, deb topish uncha og'ir bo'lmagan jinoyatni
sodir qilishda aybdor bo'lgan shaxsni, ba'zi holatlar munosabati bilan xavflilik darajasi yo'qolgan, deb hisoblashdan
iboratdir. Masalan, harbiy xizmatni o'tashga chaqirilgan shaxs uncha og'ir bo'lmagan jinoyatni birinchi marta sodir
qilgan bo'lsa, tergov organi yoki sud uni javobgarlikdan ozod qilib, harbiy xizmatni o'tashiga imkon berishi mumkin.
Bunda jinoyatning xavflilik darajasi o'zgarmaydi, balki shu jinoyatni sodir qilishda aybdor bo'lgan shaxs bundan so'ng
xavfli emas, deb topiladi. Bu holatda ijtimoiy xavfli qilmish yoki muayyan hududdagi sharoitning o'zgarishi emas, balki
jinoyat sodir etgan shaxsning o'zi yuridik jihatdan baholanadi.
Shaxsning yoki qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo'qotgan, deb topish uchun, dastlabki tergov, sud majlisi yoki
undan so'ng vujudga kelganligini e'tiborga olish lozim. Vaziyatning o'zgarishi bilan ayblanuvchi shaxs surishtiruvchi
yoki tergovchining prokuror roziligi bilan qabul qilgan qarori, prokurorning qarori, sudning jinoyat ishini tugatish
haqidagi qarori yoki ajrimiga ko'ra, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Agar shaxs ishning tugatilishiga
qarshilik bildirsa, bunday holatda ish tugatilmaydi. Bunday holatda ish umumiy tartibda ko'rilib, sudning ayblov yoki
oqlov hukmi chiqarilishi bilan tugatiladi.
Shaxs yoki qilmish ijtimoiy xavfliligini yo'qotishi sababli aybdorni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish muayyan
ijtimoiy munosabatlaraing dekriminalizatsiya qilinishi, deb hisoblash uchun asos bo'la olmaydi. Dekriminalizatsiyada
jinoyat tarikibi — obyekti bo'lmaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo'lmaydi. Bunda shaxsni jinoiy
javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: