O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


 Aybdor o'z qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lganligi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
16.4. Aybdor o'z qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lganligi 
 munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish
Jinoyat kodeksining 66-moddasiga muvofiq, ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyatni 
birinchi marta sodir etgan shaxs, agar jinoyat sodir qilingandan keyin jinoyat tufayli yetkazilgan zararni ixtiyoriy 
ravishda bartaraf qilib, aybini bo'yriiga olish to'g'risida arz qilgan, chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va jinoyatning 
ochilishiga faol yordam bergan bo'lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. 
Jinoyat tufayli yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish chin ko'ngildan pushaymon bo'lishning bir 
turi sifatida moddiy va mulkiy zarar, shuningdek, boy berilgan foyda haqida gap ketsa (masalan, ishonchni suiiste'mol 
qilish yoki aldash orqali mulkiy zarar yetkazish) chin ko'ngildan pushaymon bo'lishning belgilari bo'lib quyidagilar 
hisoblanadi: 
1) jinoyat natijasida talon-taroj qilingan mulkka o'xshash mulkni qonuniy egasiga natura tarzida qaytarib berish, 
yoxud uni tergov organiga ixtiyoriy tarzda qaytarish; 
2) jinoyat tufayli ko'rilgan zararni pul ko'rinishida qaytarish; 
3) jabrlanuvchi jinoyati tufayli zarar yetgan mulkni o'z kuchi bilan yoki mehnati bilan asl holiga keltirishi (masalan, 
jinoyat ishi qo'zg'atilgan transport hodisasi tufayli zarar ko'rgan avtomo-bilni ta'mirlash). 
Haqorat qilish tufayli qo'zg'atilgan jinoyat ishida ma'naviy zarar, jabrlanuvchidan uzr so'rash orqali qoplanishi 
mumkin. Agar bunday uzr so'rash ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan bo'lsa, katta samara beradi. 
O'zbekiston Respublikasining yangi Jinoyat kodeksida ma'naviy va jismoniy zararni pul shaklida qoplash ham 
belgilangan. 
Ayblanuvchi ehtiyotsizlikdan jabrlanuvchining sog'lig'iga shikast yetkazib, uning davolanishi, oziq-ovqati, unga 
qarash uchun ketgan xarajatlarni, sanatoriyga yo'llanma xarajatlarini qoplasa, shuningdek, jabrlanuvchining oila 
a'zolariga moddiy yordam bergan holda ham chin ko'ngildan pushaymon bo'lishning belgilari mavjud bo'ladi. Bunday 
holatda moddiy zararning, shuningdek, jismoniy va ma'naviy zararning qoplanganligi hisobga olinadi. Aybini bo'yniga 
olish, chin ko'ngildan pushaymon bo'lishning shakli sifatida, shaxsning hech qanday majburlashsiz, o'z xohishi bilan 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga (ichki ishlar, boshqa surishtiruv organlari, tergovchi, prokuror va sud)ga og'zaki 
yoki yozma shaklda murojaat qilishidir. Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq, aybdorning o'z aybiga chin ko'ngildan 
pushaymon bo'lishi jinoyat ishini qo'zg'atishga xizmat qiladi. Bu surishtiruv va tergov organlariga ma'lum bo'lmagan 
jinoyatlarga taalluqlidir. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun chin ko'ngildan pushaymon bo'lishda surishtiruv va 
tergov organlariga jinoyat sodir etgan shaxs ma'lum bo'lmagan yoki jinoyat ochilmagan bo'lishi lozim. Agar shaxs 


127 
qidiruvda bo'lsa yoki tergov va suddan yashirinib yurgan bo'lsa, bu uni chin ko'ngildan o'z qilmishiga pushaymon 
bo'lganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga xizmat qilmaydi. 
Jinoyatni ochishga faol yordam berish, pushaymon bo'lishning bir ko'rinishi bo'lib, bunda shaxsning o'z aybiga 
chin ko'ngildan pushaymon bo'lishi va sodir etilgan jinoyatlarning barcha jihatlari va holatlarini belgilab olishga huquq 
tartibot organlariga ko'rsatilgan yordami tushuniladi. Bu aybdorning tergov va sudda to'g'ri ko'rsatmalar berishi, tergov 
harakatlarida faol ishtirok etishida, ish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan jinoiy yo'l bilan topilgan mol-mulk va 
boshqa ashyolarning yashirib qo'yilgan joy to'g'risida xabar berishida va boshqalarda ifodalanadi. 
Demak, chin ko'ngildan pushaymon bo'lish tufayli jazodan ozod qilish uchun quyidagi asoslar bo'lishi lozim: 
a) shaxsning birinchi marta jinoyat sodir etganligi; 
b) sodir etilgan jinoyat ijtimoiy xavfi katta yoki uncha og'ir bo'lmasligi; 
d) aybdorning chin ko'ngildan pushaymon bo'lganligi. 
Shaxsni chin ko'ngildan pushaymon bo'lganligi tufayli jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning boshqa asoslari 
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddalarida belgilangan holda qo'llanishi mumkin. Masalan, Jinoyat kodeksining 
211-moddasida belgilangan pora berish jinoyatida agar shaxsga nisbatan pora so'rab tovlamachilik qilingan bo'lsa yoki 
bu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin bu haqda o'z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko'ngildan pushaymon bo'lib, 
jinoyatni ochishda faol yordam bersa, bunday shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi (211-nioddaning 4-qismi). 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish