O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


Jazoni o'tashdan rauddatidan ilgari shartli ozod qilish



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
17.6. Jazoni o'tashdan rauddatidan ilgari shartli ozod qilish
«Shartli ozod qilish» tushunchasi jinoyat huquqi nazariyasida mahkumni muddatidan ilgari davlat organlari 
tomonidan belgilangan tartibda nazorat ostiga olib, butunlay yoki qisman jazodan ozod qiUshda ifodalanadi. Shartli 
ozod qilish shaxsni jazoni o'tab bo'lganidan so'ng ozod qilishdan yoki amnistiya asosida ozod qilishdan farq qiladi. 
Muddatidan ilgari shartli ozod qilish mahkumga sud tomonidan belgilangan muddatdan oldin jazodan ozod 
bo'lish imkonini beradi, shu bilan bir qatorda agar ular belgilangan tartibni buzsa yoki qaytadan jinoyat sodir etsa, jazoni 
o'tash muassasasiga qaytarilishi mumkin. 
Davlatimiz ham mahkumni belgilangan jazo muddatidan ilgari tuzatish va qayta tarbiyalashdan manfaatdordir. 
Mahkumni tuzatish va qayta tarbiyalash maqsadiga jazo muddatini o'tamasdan turib ham erishish mumkin. Jazoni 
o'tashdan muddatidan ilgari ozod qilish o'zida, nafaqat, mahkumni tuzatish va qayta tarbiyalash, balki umumiy va 
maxsus ogohlantirish funksiyalarini ham bajaradi. Shuning uchun ham Jinoyat kodeksida tuzalish bilan bir qatorda 
jazodan ozod qilish uchun mahkum tomonida o'talishi lozim bo'lgan minimal jazo muddati belgilangan. Umumiy va 
maxsus ogohlantirish jinoyatning og'irlik darajasi, shuningdek, voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat 
uchun tayinlangan jazoning haqiqatan ham o'talgan qismini aks ettiradi. Bu holatlar jinoyat o'ta xavfli jinoyatchilar 
tomonidan sodir etilganida, ularga nisbatan jazodan ozod qilishning ushbu turini qo'llash mumkin emasligini anglatadi. 
Jazodan ozod qilishning bu turi jazoni o'tayotgan shaxsni jazoning o'talmay qolgan qismidan muayyan shartlar 
muvjud bo'lgandagina ozod qilish mumkinligini ifodalaydi. Shuning uchun ham jazoni muddatidan ilgari shartli ozod 


136 
qilish, deyiladi. Jazoning o'talmay qolgan qismi davomida mahkum muayyan shartlarni bajarishi lozim bo'ladi, aks 
holda, shartli ozod qilish bekor qilinishi mumkin. 
Jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish mazmuni mahkumni qonunda belgilangan jazo turlari 
uchun belgilangan talablarni bajarishi va mehnatga halol munosabatda bo'lishi, shuningdek, sud tomonidan belgilangan 
jazo muddatining muayyan qismini o'talganligida ifodalanadi. Jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishning 
mohiyati shundaki, jazoni o'tayotgan shaxs o'talmay qolgan muddat davomida yangi jinoyat sodir etmaslik sharti bilan 
sud tomonidan jazoning qolgan qismini o'tashdan ozod qilinadi. Jazoning o'talmay qolgan qismi sinov muddati 
ahamiyatiga ega bo'lib, uning shartlarini bajarmaslik jazo muddatini hisobga olishga, ya'ni yangi tayinlangan jazoga 
qo'shishga va jazodan ozod qilishni to'xtatishga asos bo'ladi. Shu asosga ko'ra, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod 
qilish jazodan ozod qilishning shartli va qisman jazodan ozod qilish turiga kiradi. 
Jazoni o'tashdan ozod qilinishi mumkin bo'lgan jazo turlari qonunda belgilab qo'yilgan (Jinoyat kodeksining 73-
moddasi, 1-qismi). Bu jazo turlariga: ozodlikdan malirum qilish, intizomiy qismga jo'natish, xizmat bo'yicha cheklash 
yoki axloq tuzatish ishlari kiradi. 
Jazodan ozod qilishninig obyektiv shartlmdan yana biri mahkumni belgilangan jazo muddatining muayyan 
qismini o'taganligi hisoblanadi. Bu mahkum tomonidan sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga bog'liq. 
Jazodan shartli ozod qilish mahkum tomonidan faktik jihatdan jazoning: 
l) ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyat uchun sud tomonidan tayinlangan jazo 
muddatining kamida uchdan birini; 
2) og'ir jinoyat, shuningdek, qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun 
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo'lsa, sud tomonidan tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini. 
3) o'ta og'ir jinoyati uchun, shuningdek, jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrog'i 
bilan almashtirilgan shaxs jazoning o'talmagan qismi mobaynida yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan 
bo'lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda o'tab boiganidan keyin qo'llanishi 
mumkin. 
Shartli ozod qilishni qo'llashning subyektiv asoslariga mahkumni belgilangan jazo turlari uchun o'rnatilgan 
tartib qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo'lganligi kiradi. 
Mahkumning belgilangan jazo turlari uchun o'rnatilgan tartib-qoida talablarini bajarishi deganda, uning mehnat 
faoliyati, tartibni buzgan yoki buzmaganligi, ichki tartib qoidalarni buzuvchilarga qarshi kurash va umuman, jamoat 
faoliyatida faol ishtirok etganligi tushuniladi. 
Mehnatga halol munosabat esa, hammadan ilgari mahkumning jazoni o'tash muassasalarida tashkil etilgan 
mehnat faoliyatida o'z xohishi bilan faol ishtirok etishi bilan belgilanadi. Bunday munosabat mahkumning ishlab 
chiqarishda, qishloq xo'jaligida, xo'jalik ishida, koloniya hududidagi obodonchilik ishida va boshqa turli ijtimoiy foydali 
ishlarni halol bajarishida ifodalanadi. Mehnatga halol munosabati, shuningdek, mahkumning ma'lum hunar o'rganishi, 
o'z malakasini oshirishga, shuningdek, ratsionalizatorlik, kashfiyotchilikka intilishi, mehnat musobaqalarida qatnashishi 
va ish tajribalarini boshqalarga o'rgatishi bilan xususiyatlanadi. 
Mahkumning tuzalganligi masalasini hal qilishda uning jamiyat hayotiga munosabati, yetkazilgan zararni tezroq 
qoplash uchun harakat qilishi ham e'tiborga olinadi. Bu jinoyatning xususiyati va mahkumning shaxsiy xususiyatlarini 
ham hisobga olish katta ahamiyatga ega. 
Intizomiy qismga jo'natish jazosiga mahkum qilinganlar, agar yaxshi xulq-atvori hamda mehnatga va harbiy 
xizmatga vijdonan munosabati uchun sud tomonidan tayinlangan jazo muddatini uchdan bir qismini o'tagandan so'ng 
intizomiy qism koman-dirining buyrug'i bilan axloqan tuzalayotganlar qatoriga qo'shiladi va umumiy jazo muddatining 
kamida yarmini o'tagandan so'ng jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishga taqdim etilishi mumkin. 
Yuqorida belgilangan jazo muddatini o'tab bo'lgandan so'ng mahkumlar bir oylik muddat ichida jazoni ijro 
etuvchi muassasa yoki organ ma'muriyati uni jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishga taqdim etish 
haqidagi masalani ko'rib chiqishi va bu haqda qaror chiqarishi lozim. Ma'muriyat mahkumni jazodan muddatidan ilgari 
shartli ozod qilishga taqdim etishni rad etgan taqdirda mahkum yoki uning advokati sudga tegishli iltimosnoma bilan 
murojaat qilishga haqli. Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazodan ozod qilish jamoat birlashmasi, jamoa, 
mahkumning o'zi yoki uning himoyachisi iltimosnomasiga ko'ra, sud tomonidan amalga oshiriladi
2

Agar sud muddatidan ilgari shartli ozod qilishni rad etsa, bu haqda ajrim chiqqan kundan boshlab olti oy 
o'tgandan keyin taqdimnoma takroran kiritilishi yoki iltimosnoma takroran berilishi mumkin. Agar jazoni o'tashdan 
muddatidan ilgari ozod qilish to'g'risidagi taqdimnoma alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlik kasalliklaridan 
majburiy davolanish qo'llanilgan mahkumlarga nisbatan berilganda, sud mazkur ishni ko'rib chiqishda bunday 
shaxslarga nisbatan tayinlangan davolash kursining o'talganligini aniqlashi zarur. 
Qonunda belgilangan darajada shaxsning axloqan tuzalganligiga ishonch hosil qilgan sud qonunda 
ko'rsatilmagan motivlarga ko'ra, uni jazoni o'tashdan muddatidan ilgari, masalan, sud belgilagan jazoning yengilligi, 
sodir etilgan jinoyatlarning ko'pligi, jazoni o'tashda qisqa muddatda bo'lganligi va hokazolarni ro'kach qilib shartli ozod 
qilishga monelik qilishga haqh emas. 
Jazodan shartli ozod qilish masalasi, hukm chiqarish vaqtida amalda bo'lgan jinoyat qonuni bilan emas, balki, 
ushbu masala ko'rilayotgan vaqtda amalda bo'lgan jinoyat qonuni asosida hal qilinadi. Jazodan muddatidan ilgari shartli 


137 
ozod qilish masalasini ko'rayotganda sud jazoning o'talmay qolgan qismini almashtirishga yoki qisqartirishga haqli 
emas. Sud mahkumni ozod qilishi yoki ozod qilishni rad etishi mumkin. Zarur hollarda bu masalani kerakli ma'lumotlar 
olish uchun keyinga qoldirishi ham mumkin. 
Ayrim shaxslarga nisbatan ushbu jazodan ozod qilish turi qo'llanilmaydi. Jinoyat kodeksining 73-moddasi, 4-qismiga 
ko'ra, ushbu shaxslar doirasiga: 
l)o'lim jazosi avf etish tariqasida ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirilgan shaxslar; 
2) o'ta xavfli retsidivistlar; 
3) uyushgan guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilari; 
4) javobgarlikni og'irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o'ldirish, o'n to'rt yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon 
bo'lgan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo'rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g'ayritabiiy usulda 
qondirish, O'zbekiston Respublikasi tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish, jinoiy uyushma tashkil etish, 
yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg'in qurollarini, shunday qirg'in qurollarni ishlab chiqarish 
uchun foydalanish mumkinligi ayon bo'lgan materiallar va uskunalarni, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop 
moddalarni kontrabanda qilish, shuningdek, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni ko'p miqdorda 
g'ayriqonuniy ravishda sotish uchun jazoga hukm qilingan shaxslarga; 
5) jazoni o'tash tartibini ashaddiy buzuvchi mahkumlar kiradi. 
Jinoyat kodeksining 73-moddasida jazoni o'tashdan muddatidan awal shartli ozod qilish faqat asosiy jazolarga 
nisbatan qo'llanishi mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Kodeksda qo'shimcha jazodan ham muddatidan ilgari ozod 
qilish mumkinligi haqida hech qanday fikr berilmagan. 
Shaxsning o'talmagan muddat davomida qasddan yangi jinoyat sodir etmasligi uning jazodan uzil-kesil ozod 
bo'lishining sharti ekanligi munosabati bilan mazkur jazoning o'talmay qolgan muddati shaxs uchun sinov muddati, deb 
topiladi. Sinov muddatining hisobi tayinlangan jazoning xususiyatlariga bog'liq ravishda amalga oshiriladi. Demak, agar 
shaxsga asosiy jazo tayinlangan bo'lsa-yu, unga jazoni o'tash muddatidan ilgari shartli ozod qilish qoilanilganda, sinov 
muddati jazoning o'talmay qolgan qismiga teng bo'lishi kerak. Agar asosiy jazo bilan birga qo'shimcha jazoga ham 
mahkum etilgan bo'lsa, u holda sinov muddati ikki xil usulda hisoblanishi mumkin. Birinchisi, o'talmay qolgan asosiy 
jazo qismi qo'shimcha jazo muddatidan ko'proq bo'lganda qo'llaniladi. Sinov muddati asosiy jazoning o'talmay qolgan 
qismi muddatiga teng bo'ladi. Ikkinchisi, qo'shimcha jazo o'talmay qolgan asosiy jazo qismidan ko'proq bo'lgan hollarda 
qo'llaniladi. Bunday holatlarda sinov muddatini hisoblash uchun uning qo'shimcha jazo muddatiga tengligidan kelib 
chiqish kerak. Sinov muddatining davom etishi jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish to'g'risida qaror 
chiqqan kundan boshlab hisoblanadi. 
Agar shartli ravishda ozod qilingan shaxs jazoning o'talmay qolgan qismi davomida qasddan yangi jinoyat sodir 
etsa, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 60-moddasiga muvofiq, bir necha hukmlar yuzasidan jazo tayinlanadi. 
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, muddatidan ilgari shartli ozod qilishning quyidagi xususiyatlari mavjud: 
• shaxsga erkinlikdagi turmush tarziga moslashishga va tiklanib olishi uchun imkon beradi; 
• uning ustidan nazoratni amalga oshirishni ta'minlaydi va qayta jinoyat sodir etish ehtimolini kamaytiradi; 
• shaxsning ijtimoiy xavfsizligini hisobga olgan holda unga imkoniyatlar va imtiyozlar beradi; 
• ozodlikdan mahrum qilish joyidagi bosim darajasini kamaytiradi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish