O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo'qotish



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
17.8. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo'qotish
oqibatida jazodan ozod qilish
Agar aqli noraso shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilsa, bu uni jinoiy javobgarlikka totish uchun 
asos bo'la olmaydi. Agar shaxs hukm chiqarilgandan so'ng o'z qilmishining aha-miyatini anglay olmaydigan darajada 
ruhiy kasallikka, shuningdek, jazoni o'tashga to'sqinlik qiladigan boshqa og'ir kasallikka chalinib qolsa, jazoni o'tashdan 
ozod qilinishi mumkin. Jinoyat sodir etgan shaxs hukm chiqarilgandan so'ng o'z harakatlarining ahamiyatini anglay 
olmaydigan va boshqara olmaydigan darajada ruhiy kasallikka chalinib qolgan bo'lsa, jazodan ozod qilinadi. Bunday 
shaxslarni jazoni o'tashni davom ettirishlari maqsadga muvofiq emasligi, ruhiy kasallikka chalingan shaxsning sud 
tomonidan belgilangan jazo choralarini kasalligi tufayli to'g'ri idrok etish imkoniga ega emasligida ifodalanadi. Bunday 
kasalliklarga: uzoq davom etadigan, kuchayib va og'irlashib boradigan va davolash qiyin bo'ladigan surunkali 
kasalliklar kiradi. Bunday shaxsga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanishi mumkin. 
Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini qo'llash tartibi Jinoyat kodeksining 91—95-moddalarida belgilangan. 
Agar tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilgan shaxs Jinoyat kodeksining 69-mod-dasida belgilangan va sud 
tomonidan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llanilgan kundan boshlab hisoblanadigan muddatlar o'tib ketmasdan 
tuzalgan bo'lsa, jazo ijro etiladi. Barqaror bo'lmagan, vaqtinchalik o'tkinchi xususiyata ega bo'lgan ruhiy kasalliklar 
jazodan muddatidan ilgari ozod qilish masalasini hal qilish uchun asos bo'la olmaydi. 
Agar shaxs boshqa og'ir kasallikka chalinib qolsa, bunday holda uni jazodan ozod qilish uning majburiyati 
emas, balki huquqi hisoblanadi. Bunday mahkumlar aqli raso hisoblanadi va axloq tuzatish jazosiga tortilishi mumkin. 
Bunday holatda, nafaqat, shaxsning kasalligi, shuningdek, jinoyatning xavfliligi, mahkumning shaxsiy xususiyatlari va 
boshqa omillar hisobga olinadi. Bu omillarga jazoning o'talgan muddati, shaxsning jazoni o'tash tartibiga munosabati 
kabilar kiradi. Jazodan ozod qilish uchun asos bo'luvchi kasalliklar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar 
vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 


139 
Amaliyotda mahkumlaming jazoni o'tash davomida o'z a'zolariga ataylab shikast yetkazish, o'z sog'lig'ini 
yomonlashtirish hollari ko'p uchrab turadi. Bunday hollarda ular jazodan ushbu asosga ko'ra ozod qilinmaydilar. Ushbu 
asosga ko'ra, jazodan ozod qilishda unga nisbatan davolab bo'lmaydi, deb tashxis qo'yilgan bo'lishi kerak. 
Mahkumni kasalligi tufayli jazoni o'tash muddatidan oldin ozod qilish har qanday turdagi asosiy jazoga nisbatan 
qo'llanishi mumkin. Qonun og'ir kasalligi tufayli muddatidan ilgari jazodan ozod qilishni qo'shimcha jazoga nisbatan 
qo'llanish masalasini ochiq qoldirgan. Qator hollarda, ularni qo'shimcha jazodan, masalan, muayyan huquqdan mahram 
qilish jazosidan ozod qilish maqsadga muvofiq emas. Sudga mahkumni ushbu asosga ko'ra, jazodan ozod qilish 
haqidagi taqdimnoma Ichki ishlar vazirligining maxsus tibbiy komissiyasi xulosasi asosida kiritiladi. 
Harbiy xizmatchilar ularni xizmatga yaroqsiz, deb topishga asos bo'luvchi kasallikka chalingan taqdirda jazodan 
ozod qilinishi mumkin. Bunda harbiy xizmatchini tegishli harbiy-tibbiy komis-siyasining xulosasi harbiy xizmatga 
yaroqsiz, deb topishi uchun asos bo'ladi. Harbiy xizmatchilar ushbu asosga ko'ra, intizomiy qismga yuborish yoki 
xizmat bo'yicha cheklash turidagi jazolardan ozod qilinishi mumkin. Qonun ayol jinsidagi harbiy xizmatchilar uchun 
xizmat bo'yicha cheklash turidagi jazodan muddatidan ilgari jazodan ozod qihshning qo'shimcha asosi, deb homiladorlik 
tufayli mehnatga layoqatsizligini qayd etadi. Bunda shuni e'tiborga olish lozimki, qonun mazkur ozod qilish turi uchun 
ayolning homila-dorligini emas, balki uning homiladorlik va tug'ish uchun ta'til berishni asos, deb topadi. Ya'ni ushbu 
asosga ko'ra, ozod qilish ularga homiladorlik va tug'ish uchun ta'til berilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. 
Jinoyat kodeksining 75-moddasi, 5-qismida axloq tuzatish ishlari jazosini o'tashdan muddatidan ilgari ozod 
qihshning mustaqil turlari aks ettirilgan: 
1) mahkumning mehnatga yaroqsiz bo'lib qolganligi;
2) mahkumning pensiya yoshiga yetganligi;
3) homiladorlik va tug'ish ta'tiliga chiqqanligi. 
Mahkumning mehnatga yaroqsizligi deganda, uning mehnat qilish imkoniyatidan mahrum bo'lishi tushuniladi. 
Mehnatga yaroqlilik TMEK tomonidan aniqlanadi. 
Mahkumning pensiya yoshiga yetishi deganda, ayollarning 55 yoshga, erkaklarning 60 yoshga to'lishi 
munosabati bilan pensiyaga chiqishi tushuniladi. 
Ayollarga tug'gunga qadar yetmish kalendar kuni va tuqqandan keyin ellik olti kalendar kuni (tug'ish qiyin 
kechgan yoki ikki yoxud undan ortiq bola tug'ilgan hollarda -yetmish kalendar kuni) miqdorida homiladorlik va tug'ish 
ta'tillari beriladi. Homiladorlik va tug'ish ta'tili jamlangan holda tug'ishga qadar amalda bunday ta'tilning necha kunidan 
foydlanganidan qat'iy nazar, ayolga to'liq beriladi. Bunday hollarda jazodan ozod qilish haqidagi taqdimnoma bunday 
ta'til beruvchi huquqni tibbiy hujjat asosida beriladi. 
Yuqoridagi uch holatdan biri mavjud bo'lganda mahkum axloq tuzatish ishlari jazosidan ozod qilinadi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish