O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


Aybdorning o'z qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
17.4. Aybdorning o'z qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon 
 bo'lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish
Jinoyat kodeksining 71-moddasiga muvofiq, agar ijtmoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lmagan 
jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat sodir etgandan keyin yetkazilgan zararni bartaraf etib, o'z 
ixtiyori bilan aybini bo'yniga olish to'g'risida arz qilgan bo'lsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin. 
Aybdorning o'z qilmishiga chin ko'ngilandan pushaymon bo'lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish 
deganda, jinoyat sodir etgan shaxsning zararni qoplash va huquqni muhofaza qilish organlariga jinoyatni ochish va uni 
sodir etgan shaxslarni qidirib topishga yordam berishga qaratilgan faol xulqi tushuniladi. 
Aybini bo'yniga olish to'g'risida arz qilish chin ko'ngildan pushaymon bo'lishning tarkibiy qismi sifatida, 
shaxsning o'z xohishi bilan hech qanday zo'rlashlarsiz tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga og'zaki yoki 
yozma tartibda murojaat qilishida ifodalanadi. 
Jinoyat tufayli yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish chin ko'ngildan pushaymon bo'lishning bir 
turi sifatida quyidagilarni anglatadi: 
1) jinoyat natijasida talon-taroj qiligan mulkka o'xshash mulkni qonuniy egasiga natura tarzida qaytarib berish yoxud 
uni tergov organiga ixtiyoriy tarzda qaytarish; 
2) jinoyat tufayli ko'rilgan zararni pul ko'rinishida qaytarish; 
3) jabrlanuvchining jinoyat tufayli zarar yetkazilgan mulkini o'z kuchi bilan yoki mehnati bilan asl holiga keltirish 
(masalan, jinoyat ishi qo'zg'atilgan transport hodisasi tufayli zarar ko'rgan avtomobilni ta'mirlash). 
Haqorat bo'yicha qo'zg'atilgan jinoyat ishida ma'naviy zararni undirish, jabrlanuvchidan uzr so'rash orqali 
amalga oshirilishi mumkin. Agar ommaviy axborot vositalari orqali so'ralgan bo'lsa, katta samara beradi. 
O'zbekiston Respublikasining yangi Fuqarolik kodeksida ma'naviy zararni pul shaklida qoplash ham 
belgilangan. Yetkazilgan jismoniy zarar ham pul ko'rinishida qoplanishi mumkin. 
Ayblanuvchi ehtiyotsizlikdan jabrlanuvchining sog'lig'iga shikast yetkazib, uning davolanishi, oziq-ovqati, unga 
qarash uchun ketgan xarajatlarni, sanatoriyga yo'llanma xarajatlarini qoplagan, shuningdek, jabrlanuvchining oila 
a'zolariga moddiy yordam bergan hollarda ham chin ko'ngildan pushaymon bo'lishning belgilari mavjud bo'ladi. Bunday 
holatda moddiy zararning, shuningdek, jismoniy va ma'naviy zararning qoplanganligi hisobga olinadi. 
Jinoyat kodeksining 71-moddasi, 2-qismida boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok 
qilgan yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma a'zosi bo'lgan shaxs, basharti, og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat sodir 
etishda bevosita ishtirok etmagan bo'lsa, shaxsan o'zi yoki uning vakili hokimiyat organiga o'z ixtiyori bilan kelib 
qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lsa va jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochish yoki uning tashkilotchilarini 
yoxud boshqa ishtirokchilarini fosh qilishga yordam bergan bo'lsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin. 
Mazkur turdagi jazodan ozod qilishni qo'llash uchun: 
a) ishtirokchilikning har qanday shaklida jinoyat sodir etganlik; 
b) chin ko'ngildan pushaymon bo'lganlik; 
d) shaxsning og'ir yoki o'ta og'ir jinoyatni sodir etishda bevosita qatnashmaganlik; 
e) jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochishda yordam ber-ganlik; 
f) jinoyat tashkilotchilari yoki boshqa ishtirokchilarni fosh qilishga yordam berganligi asos bo'lib hisoblanadi. 
Ishtirokchilikning har qanday shaklida jinoyat sodir etganlik deganda, ishtirokchilik shakllari nazarda tutilgan. 
Ma'lumki, Jinoyat kodeksining 29-moddasi, 1-qismida ishtirokchilikning quyidagi shakllari ko'rsatilgan: 
l) oddiy ishtirokchilik, ya'ni ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda 
qatnashishidir; 
2) murakkab ishtirokchilik, ya'ni ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok 
qihshidir; 
3) uyushgan guruh, ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borishi uchun oldindan bir gurahga 
birla-shishidir; 
4) jinoiy uyushma, ya'ni ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug'ullanish uchun oldindan 
birlashishidir. 


134 
Aybdorning chin ko'ngildan pushaymon bo'lishi, uning faol harakatlarida ifodalanib, u ikki: aybini bo'yniga 
olishi va zararni ixtiyoriy ravishda qoplashdan iborat bo'ladi. Aybini bo'yniga olib arz qilish shaxsning bevosita o'zi 
yoki boshqa shaxslar vositasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, ularga tayyorlangan jinoyatni 
yoki guruhning ijtimoiy xavfli faoliyatini bartaraf etishga, sodir etilgan jinoyatni ochish, jinoyatning boshqa 
ishtirokchilarini fosh qilishga yordam berish niyati haqida xabar berishi bilan amalga oshiriladi. Shaxs chin ko'ngildan 
pushaymon bo'lganligi o'zining qilmishi xatoligini anglaydi va uni qoralaydi. Bu o'rinda xabarning aybdorning o'zi yoki 
boshqa shaxslar tomonidan berilganligining ahamiyati yo'q. Xabar berish yozma, og'zaki yoki boshqa shakllarda 
(telefon orqali, video yozuv, audio kassetada ovoz yozib olish orqali) amalga oshirilishi mumkin. 
Ushbu asosga ko'ra, jinoiy jazodan ozod qilishning shartlaridan yana biri shaxsning og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat 
sodir etishda ishtirok etmagan bo'lishi lozimligidir. Jinoyat kodeksining 15-moddasida jinoyatlar tasnifi berilgan bo'lib, 
unga ko'ra, jinoyatlar ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan, uncha og'ir bo'lmagan, og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarga ajratilgan. 
Agar shaxs hali bironta ham jinoyat sodir etmagan, ammo qurolli uyushgan guruhda qatnashish uchun rozilik 
bergan va u mazkur guruhning jinoiy rejalaridan boxabar bo'lsa, chindan ham tashkilotchilar va qatnashchilarni topib 
bergan holda fosh qilishda ko'maklashgan bo'lsa, xususan, mazkur shaxslar ushlanganda guruhning jinoiy faoliyat bilan 
shug'ullanishining oldini olishga yordam bersa, bunday holda ham jinoiy jazodan ozod qilinishi mumkin. 
Demak, ushbu asosga ko'ra jazodan ozod qilish uchun quyidagi belgilar mavjud bo'lishi lozim: 
l) birinchi marta jinoyat sodir etilganligi; 2) ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan va uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir 
etilganligi; 
3) aydorning aybini bo'yniga olib, arz qilganligi; 4)yetkazilgan zararning ixtiyoriy tarzda qoplanganligi. 
Bu elementlarning barchasi mavjud bo'lganida, shaxs ushbu asosga ko'ra jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish