138
Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatini kamida
to'rtdan bir qismini o'tagan shaxsga qo'llanilgan jazo yengilroq turdagi jazo bilan almashtirilishi mumkin. Masalan, uch
yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan mahkum, jazoning kamida bir yilini o'tagandan so'nggina (uchdan bir qismini)
yengilroq turdagi jazo bilan almashtirilishi mumkin.
Og'ir jinoyati uchun, shuningdek, qasddan
sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati
uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinib, sud tayinlagan jazo muddatini kamida uchdan birini o'tagan bo'lsa,
yengilroq turdagi jazo bilan almashtiriladi. O'ta og'ir, shuningdek, jazoni muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki
yengilrog'i bilan almashtirish qo'llanilgan va jazoning o'talmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati
uchun esa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini o'tab bo'lganidan keyingina jazodan
ozod qilishning ushbu
turi qo'llaniladi.
Ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoning o'talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda
axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilishning jazosining o'talmagan qismi muddatiga tayinlanadi. Bu shuni
anglatadiki, masalan, ozodlikdan mahrum qilish jazosining o'talmagan to'rt yillik muddati, axloq tuzatish ishlari jazosi
bilan almashtirilganda, axloq tuzatish
ishlarining umumiy muddati, olti oydan kam bo'lishi va uch yildan ortiq bo'lishi
mumkin emas.
Axloq tuzatish ishlari jazosiga nisbatan yengilroq jazo turi muayyan huquqdan mahrum qilish va jarima
jazosidir. Lekin bu jazo turi almashtirilganda, jarima jazosi bilangina almashtirilishi mumkin. Bunda bir oylik axloq
tuzatish ishlari jazosi eng kam oylik ish haqining ikki barobariga tenglashtirib hisoblanadi.
Jazoni yengilrog'i bilan almashtirish ayrim jinoyatchilar uchun qo'llanilmaydi. Bu shaxslar
doirasi Jinoyat kodeksining
73-mod-dasi, 4-qismida belgilangan:
l) o'lim jazosi avf etish tariqasidagi ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirilgan shaxslar;
2) o'ta xavfli retsidivistlar;
3) uyushgan guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilari;
4) javobgarlikni og'irlashtiradigan holatlarda odam o'ldirish, o'n to'rt yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan
jabrla-nuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo'rlik
ishlatib, jinsiy ehtiyojni g'ayritabiiy usulda qondirish,
O'zbekiston Respub-likasi tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish, jinoiy uyushma tashkil etish, yadroviy,
kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg'in qurollarini, shunday qirg'in qurollarni ishlab chiqarish uchun
foydalanish mumkinligi ayon bo'lgan
materiallar va uskunalarni, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni
kontrabanda qilish, shuningdek, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni ko'p miqdorda g'ayriqonuniy ravishda
sotish uchun hukm qilingan shaxslar;
5) jazoni o'tash rejimini ashaddiy buzuvchi shaxslarga nisbatan.
Qonun jazoni yengilrog'i
bilan almashtirganda, shartli hukm qilish kabi mahkumning xulqiga nisbatan hech
qanday shart qo'yilmaydi. Mahkum yengilroq turdagi jazoni o'tash davomida belgilangan tartibni buzgan hollarda ham,
sud qaytadan og'irroq jazo bilan almashtirishga haqli emas. Agar yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxslar jazoning
o'talmagan qismi davomida yangi jinoyat sodir etishsa, bunda ularga nisbatan bir necha hukmlar yuzasidan jazo
tayinlanadi. Bunda yangi tayinlangan jazo va asosiy jazo bilan almashtirilgan yengilroq turdagi jazolar hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: