O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


Amnistiya akti yoki avf etish asosida jazodan ozod qilish



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
17.9. Amnistiya akti yoki avf etish asosida jazodan ozod qilish
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79 va 93-modda-larida qayd etilganidek, amnistiya akti yoki avf 
etish asosida jazodan ozod qilish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi asosida senat tomonidan 
amalga oshiriladi. Ba'zi davlatlarda amnistiya to'g'risidagi qonun chiqarish qonun chiqaruvchi organga tegishlidir. 
Masalan, Rossiyada Davlat Dumasi amnistiya chiqarish vakolatiga egadir. 
Amnistiya O'zbekiston Respublikasi senati qabul qiladigan normativ xususiyatdagi akt bo'lib, u muayyan 
jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan jinoyat qonunini bekor qilmasdan, sud hukmi qarorlarining asosli va 
qonuniyligini shubha ostiga olmasdan, aybdorni jazodan yoki jinoiy javobgarlikdan ozod qiladi, jazoni yumshoq jazo 
bilan almashtiradi yoxud belgilangan mud-datlarni qisqartiradi, shuningdek, jazoni o'taganlikning oqibati bo'lgan 
sudlanganlikni bekor qiladi. 
Amnistiya ijtimoiy mohiyatiga ko'ra, muayyan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning muayyan toifasiga taalluqli 
bo'ladi. Sudning hukmi asosida jazo tayinlangan shaxs amnistiya akti yoki avf etish asosida asosiy va ijro etilmagan 
qo'shimcha jazolardan ozod qilinishi yoki unga tayinlangan jazoning o'talmay qolgan qismi yengilroq jazo biian 
almashtirilishi mumkin. Sodir etilgan jinoyatga nisbatan jazolovchi funksiyasini yo'qotmagan holda amnistiya akti 
jazoni qisman yoki to'liq bekor qiladi, boshqa yengilroq jazo turi biian almashtiradi yoxud qo'zg'atilgan jinoyat ishini 
tugatadi. Jinoiy jazodan ozod qilishning asosi sifatida amnistiyaning jinoyat huquqiy tushunchasi ikkita: sud tomonidan 
hali jinoyat ishi ko'rilmagandagi javobgarlik masalasi va jazo chorasi turi masalalarini qamrab oladi. 
Amnistiyaning huquqiy oqibatlari jinoiy jazodan ozod qilishning boshqa turlariga muvofiq keladi. Shaxsni 
amnistiya akti asosida jinoiy jazodan ozod qilish ham insonparvarlik prinsipiga asoslanadi. 
Alohida shaxsni jazodan ozod qilivchi akt - avf etishdan farqli ravishda, amnistiya normativ xususiyatga ega: u 
har doim muayyan toifadagi jinoyatlar yoki bir guruh shaxslarga yoxud o'zaro demografik, ijtimoiy, jinoiy, yoshga oid 
huquqiy yoxud boshqa belgilariga ko'ra, farqlanmaydigan yakka tartibdagi noaniq bir guruh shaxslarga tegishli bo'lib, 
individual xususiyatga ega bo'lmaydi. Bu jinoyatlar va shaxslar guruhi turli: jinoyat tarkibi yoki jinoyatning tasnifi, 
jinoyat subyektning belgilariga ko'ra belgilanadi. 
Odatda, amnistiya aktlari birinchi navbatda voyaga yetmaganlar, qariyalar, shuningdek, ayollar, awalambor 
birinchi navbatda, homilador ayollarga, shuningdek, jinoyatning xususiyati va og'irlik darajasi (ehtiyotsizlik orqasida 
sodir etilgan, qasddan sodir etilgan, uncha og'ir bo'lmagan va og'ir jinoyatlar)ga nisbatan qo'llaniladi. Ammo boshqa, 


140 
ijtimoiy-siyosiy asoslardagi amnistiya aktlari bo'lib, ularning doirasi an'anaviy tartibda emas, balki alohida tartibda 
belgilanadi. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 
qilinganligining o'n bir yilligi munosabati biian amnistiya to'g'risidagi Farmonida birinchi marta jinoyat sodir etganligi 
uchun jazoni o'tayotgan ayollar, jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to'lmagan shaxslar, mazkur Farmon kuchga 
kirgunga qadar belgilangan tartibda birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, deb topilgan shaxslar, 60 yoshga to'lgan 
erkaklar, bir yildan oshmagan muddat ichida jazoni ijro etish yoki yashash joyidagi davolash muassasalarining tibbiy 
komissiyalari tomonidan jazoni o'tashga to'sqinlik qiladigan og'ir kasallikka chalingan, deb topilgan shaxslar, jinoyat 
sodir etgunga qadar doimiy yashash joyi O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo'lgan, ozod etilgandan so'ng 
O'zbekiston Respublikasi hududida qolishi uchun qonuniy asoslar bo'lmagan chet el fuqarolari, ehtiyotsizlik orqasida 
jinoyat sodir etganlar, shuningdek, birinchi marta hukm qilingan shaxslar, basharti, ular ijtimoiy xavf katta bo'lmagan 
yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyati uchun hukm qilingan bo'lsa, birinchi marta ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm 
qilinib, o'talmay qolgan jazo muddati ikki yildan ko'p bo'lmagan shaxslar, ekstremistik tashkilotlar faoliyatidagi 
ishtiroki, ular tarkibida O'zbekiston Respublikasining konstitutsiya-viy tuzumiga qarshi jinoyatlar yoki jamoat 
xavfsizligiga qarshi boshqa qilmishlar sodir etganligi uchun o'n yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodUkdan mahrum 
etishga hukm qilinib, tuzalish yo'liga o'tgan shaxslar jazodan ozod qilinishi belgilandi. 
Shuningdek, amnistiya akti qo'llanilmaydigan shaxslar doirasi ham aktda belgilanadi, masalan, yuqoridagi 
amnistiya akti o'ta xavfli retsidivistlarga, jazoni o'tash tartibini muntazam tarzda buzayotgan mahkumlarga hamda 
muqaddam avf etish yoki amnistiya akti asosida jazodan ozod etilgan va yana qasddan jinoyat sodir etganlarga, nisbatan 
qo'llanilmasligi belgilangan. 
Amnistiya akti asosida jazo muddati qisqartirilishi ham mumkin. Masalan, yuqoridagi amnistiyada jazodan ozod 
qilinmaydigan shaxslarning o'talmagan jazo muddati: 
l) qasddan sodir etgan jinoyati uchun o'n yildan ortiq bo'lmagan muddatga ozodUkdan mahrum qilinganlarga - to'rtdan 
bir qismiga; 
2) qasddan sodir etgan jinoyati uchun o'n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga - beshdan bir 
qismiga qisqartirildi. 
Umumiy qoidaga ko'ra, amnistiya akti chiqarilgunga qadar sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan tatbiq etiladi. 
Uzoqqa cho'zilgan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan, amnistiya akti, agar jinoyatni tashkil etuvchi barcha 
harakatlar amnistiya akti kuchga kirgunga qadar (chiqqan vaqti, qonuniy kuchga kirgan vaqti) amalga oshirilgan bo'lsa, 
tatbiq etiladi. 
Davomli jinoyatlarda ham amnistiya akti o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, bu akt oxirgi jinoyat amnistiya 
akti chiqarilgunga qadar sodir etilib, agar bu amnistiya aktida maxsus ko'rsatilgan bo'lsa qo'llaniladi, agar jinoiy 
harakatlardan bin amnistiya akti chiqarilganidan yoki u qonuniy kuchga kirganidan so'ng sodir etilgan bo'lsa tatbiq 
etilmaydi. 
Amnistiya akti asosida shaxsni jinoiy jazodan ozod qilish davlat tomonidan shaxsni (lining jinoyatini emas) 
kechirishdir. 
Avf etish O'zbekiston respublikasi Konstitutsiyasiga asosan Prezident taqdimiga binoan senat vakolatiga kiradi. 
Avf etish amnistiyadan farqli ravishda aniq bir shaxsga yoki muayyan shaxslar doirasiga nisbatan qo'llaniladi. 
Avf etish asosida jazodan ozod qilinishi yoki muddatidan ilgari shartli ozod qilinishi, unga nisbatan tayinlangan 
jazoning o'talmay qolgan qismi yengilroq turdagi jazo bilan almashtirilishi yoki sudlanganlik olib tashlanishi mumkin. 
Adabiyotlarda, afv etish asosida jinoiy jazodan ozod qilish Prezident ixtiyorida bo'lib, bu masala jinoyat qonuni 
bilan bog'liq emas, degan fikrlar ham mavjud. Avf etish mahkumni jazodan ozod qilishning bir turi sifatida qaraladi. 
Avf etish faqat hukm qonuniy kuchga kirgandan keyingina mahkumning iltimosiga ko'ra, har qanday turdagi 
jazoga nisbatan amalga oshirilishi mumkin. 
Ko'pchilik hollarda avf etish o'ta og'ir jinoyat sodir etganligi uchun o'lim jazosiga hukm qilingan shaxslarga 
nisbatan qo'Uaniladi. Jinoyat kodeksining 51-moddasiga ko'ra, o'lim jazosi avf etish orqali 25 yil muddatga ozodlikdan 
mahrum qilish bilan almashtirilishi mumkin. O'ta xavfli retsidivistlar, oldin amnistiya akti yoki avf etish qo'llanilgan 
yoxud muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilingan yoki jazoning qolgan qismini yengilroq jazo bilan 
almashtirilgan shaxslar, agar ularning sudlanganlik muddati tugamasdan qasddan sodir etgan jinoyati uchun hukm 
qilingan jazoni o'tash vaqtida tuzalish yo'liga o'tib olmagan, o'ta og'ir jinoyat sodir qilgan shaxslar alohida hollardagina 
avf etilishi mumkin. 
Agar avf so'rab qilingan iltimos rad etilsa, shaxs og'ir va o'ta og'ir jinoyat uchun hukm chiqarilgan kundan 
boshlab bir yildan keyin, boshqa jinoyatlar uchun hukm qilinganlar esa, olti oy o'tgandan keyin avf so'rab murojaat 
qilishi mumkin. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish