131
•
to'rtinchidan,
jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning jinoiy jazodan ozod qilishdan yana bir asosiy farqi ayblanuvchi
shaxsi bilan bog'liq bo'lgan jinoyat huquqiy oqibatdir. Masalan, takroran jinoyat sodir etish yoki jinoyatlar majmuyi
shaxs ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etganda va ular uchun sudlanmagan hollarda huquqiy ahamiyatga ega
hisoblanadi. Shu bilan birga shaxs muayyan shartlar asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganda ham sudlanmagan
hisoblanadi. Jinoiy jazodan ozod qilish sud hukmida tayinlangan jazodan to'liq yoki qisman ozod qilish hisoblanib,
bunda sudlanganlik holati saqlanib qoladi.
Jinoyat kodeksining 65, 66, 68, 69, 70, 71, 76-moddalariga binoan ilgari sodir etgan jinoyati uchun
javobgarlikdan va jazodan ozod qilingan shaxs takroran jinoyat sodir etish yoki ilgari ham qasddan jinoyat sodir
etganlik uchun sudlangandan so'ng yangi jinoyat sodir etsa, bu holat jazoni og'irlashtiruvchi holat hisoblanmaydi.
Bundan ko'rinib turibdiki, jinoiy jazodan ozod qilish sudlanganlik oqibatini bekor qilmaydi
1
.
Jinoiy jazodan ozod qilishni muayyan shartlar mavjud bo'lgandagina qo'llash mumkin. Uni qo'llash asoslaridan biri
jinoiy jazoni qo'llashning maqsadga muvofiq emasligidir.
Ayni bitta asos ishni qaysi bosqichida qo'llanilayotganligiga qarab, jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga ham
jazodan ozod qihshga ham xizmat qilishi mumkin. Yuqoridagi holat amnistiya aktiga tegishli bo'lib, u shaxsga nisbatan
sud hukmi chiqarilgunga qadar jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun, sud hukmi chiqarilganidan so'ng asosiy Va
qo'shimcha jazodan ozod qilish uchun tatbiq etiladi.
Jinoyat kodeksida jazodan ozod qilishning quyidagi turlari ko'rsatilgan: __________
1) jazo muddatining o'tib ketganligi munosabati bilan jinoiy javobgarikdan ozod qilish (69-modda);
2) shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo'qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (70-modda) ;
3) aybdor o'z qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'l-ganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish (71-modda);
4) shartli hukm qilish (72-modda);
5) jazoni o'tashdan muddatidan oldin ozod qilish (73-modda);
6) jazoni yengilrog'i bilan almashtirish (74-modda);
7) kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo'qotishi munosabati bilan jazodan ozod qilish (75-modda);
8) amnistiya akti asosida jazodan ozod qilish (76-modda).
Bundan tashqari, jinoiy jazodan ozod qilishning yana bir alohida turi mavjud bo'lib, Jinoyat kodeksining
«Maxsus» qismida jinoiy jazodan ozod qilish asosi ko'rsatilgan bo'lsa, shaxsni jinoiy jazodan ozod qilish mumkin
bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: