129
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79 va 93-mod-dalarida qayd etilganidek, amnistiya akti asosida
javobgarlikdan va jazodan ozod qilish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan, Senat
vakolatlariga kiradi. Ba'zi davlatlarda amnistiya davlatning Oliy qonun chiqaruvchi organiga tegishlidir. Masalan,
Rossiyada Davlat Dumasi amnistiya chiqarish vakolatiga ega.
Amnistiya normativ xususiyatdagi akt bo'lib, u muayyan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutadigan
jinoyat qonunini bekor qilmasdan, sud hukmining qarorlari asosli va qonuniyligini shubha ostiga qo'ymasdan, jazodan
yoki jinoiy javobgarlikdan ozod qiladi, jazoni yengil jazo bilan almashtiradi yoxud belgilangan muddatlarni qisqartiradi,
shuningdek, sudlanganlikni bekor qiladi.
Amnistiya o'z ijtimoiy mohiyatiga ko'ra, muayyan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ayrim toifalarigagina
taalluqlidir. Sudning ayblov hukmiga doir qarori chiqarilmagan va amnistiya kuchga kirguniga qadar jinoyat sodir
etilgan jinoyat ishlariga va shaxslar toifasiga taalluqli bo'ladi. Sodir etilgan jinoyatga nisbatan jazolov funksiyasini
yo'qotmagan holda amnistiya akti jazoni qisman yoki to'liq bekor qiladi, boshqa yengilroq jazo turi bilan almashtiradi
yoxud qo'zg'atilgan jinoyat ishini tugatadi. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish asosi sifatida amnistiyaning jinoyat
huquqiy tushunchasi ikki vaziyatni o'z ichiga oladi: hah sud tomonidan jinoyat ishi ko'rilmagan shaxslarning
javobgarligi masalasi va jazo masalalari.
Amnistiya huquqiy oqibatlariga ko'ra, boshqa jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turlariga muvofiq keladi.
Amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qilishda insonparvarlik prinsipi o'z ifodasini topgan.
Alohida shaxsni javobgarlikdan ozod qiluvchi akt - avf etishdan farqli ravishda, amnistiya normativ xarekterga
ega: u har doim muayyan doiradagi jinoyatlarga yoki bir guruh shaxslarga yoxud o'zaro demografik, ijtimoiy, jinoiy,
yoshga oid huquqiy yoxud boshqa belgilariga ko'ra farqlanmaydigan bir guruh shaxslarga tegishli bo'lib, individual
xususiyatga ega bo'lmaydi. Bu doira turli: jinoyat tarkibi yoki jinoyatning tasnifi, jinoyat subyektning belgilariga ko'ra
aniq ko'rsatiladi.
Odatda, amnistiya aktlari birinchi navbatda voyaga yetma-ganlar, qariyalar, ayollar, homilador ayollarga,
shuningdek, boshqa belgilar: jinoyatning xususiyatli va og'irlik darajasiga (ehtiyotsizlikdan sodir etilgan, qasddan sodir
etilgan uncha og'ir boimagan va og'ir jinoyatlar) ko'ra qo'llaniladi. Ammo boshqa, ijtimoiy-siyosiy asoslarga ko'ra ham
amnistiya aktlari qabul qilingan bo'lib, ularning doirasi an'anaviy tartibda emas, balki alohida tartibda belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-dekabrdagi O'zekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganligining o'n bir yilligi munosabati bilan amnistiya to'g'risidagi Farmonida birinchi marta jinoyat sodir etgan
ayollar, jinoyat sodir etish vaqtida 18 yoshga to'lmagan shaxslar, mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar birinchi va
ikkinchi guruh nogironlari, deb topilgan shaxslar, mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar 60 yoshga to'lgan erkaklar,
shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo 'lmagan jinoyat ishlari bo'yicha olib borilayotgan tergov ishlari, sudda ko'rilmagan
ishlar tugatilishi belgilangan.
Umumiy qoidaga ko'ra, amnistiya akti u chiqarilgunga qadar sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Uzoqqa cho'zilgan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan, amnistiya akti, agar jinoyatni tashkil etuvchi barcha
harakatlar amnistiya akti kuchga kirgunga qadar (chiqqan vaqti, qonuniy kuchga kirgan vaqti) amalga oshirilgan bo'lsa
tatbiq etiladi.
Davomli jinoyatlarda ham amnistiya akti o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, bu akt oxirgi jinoyat amnistiya
akti chiqarilgunga qadar sodir etilib, agar bu amnistiya aktida maxsus ko'rsatilgan bo'lsa qo'llaniladi, agar jinoiy
harakatlardan biri amnistiya akti chiqa-rilganidan yoki qonuniy kuchga kirganidan so'ng sodir etilgan bo'lsa tatbiq
etilmaydi.
Amnistiya akti asosida shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish davlat tomonidan uning jinoyatini emas, balki
shaxsning kechirilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: