15.6. Bir necha hukm yuzasida jazo tayinlash Yuqorida bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash bilan bog'liq holatlarga to'xtalib o'tdik. Jinoyat
qonunida bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash bilan birga bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash
qoidalari ham mavjud. Ushbu institutlarni birga keltirishimizdan maqsad sudlar amaliyotida shunday holatlar ham
mavjudki, bunda har ikki qoidani barobar tatbiq qilinishi ishni to'g'ri hal qilinishiga asos bo'lishini kuzatishi-miz
mumkin. Masalan, A.ning jinoyat ishini olaylik, A. firibgarlik jinoyati uchun ikki yilga axloq tuzatish ishlari jazosiga
hukm qilinib, ish haqining 15 foizi davlat foydasiga ushlab qolish tayinlangan. A. ning ushbu jinoyat ishi bo'yicha hukm
chiqarilgandan keyin uni yana boshqa jinoyatlarda aybdorligi aniqlangan, jinoyatlardan ayrimlari birinchi hukm
chiqarilgunga qadar boshqalari esa, hukm chiqarilgandan so'ng sodir etilgan. Endi ushbu ish bo'yicha jazo tayinlash ham
jinoyatlar jami uchun ham bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash qoidalarini tatbiq qilinishini nazarda tutadi. Bir
necha hukm yuzasidan jazo tayinlash qoidalari Jinoyat kodeksining 60-moddasiga muvofiq quyidagi tartibda
belgilangan.
Agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni to'la o'tamay turib, yangi jinoyat sodir etsa, sud yangi hukm
bo'yicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan o'talmay qolgan jazo muddatini to'la yoki qisman
qo'shadi.
Bir necha hukm yuzasidan har xil turdagi jazolarni qo'shish yo'li bilan jazo tayinlashda ushbu kodeksning 61-
moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og'irroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
Bir necha hukm yuzasidan axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat bo'yicha cheklashga hukm qilinib, ish haqi yoki
pul ta'minotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan holatlarda bu jazolarning faqat muddatlari qo'shiladi.
Ilgarigi hukm yuzasidan ijro etilmay qolgan qo'shimcha jazolar hukmlar jami tariqasida tayinlangan asosiy
jazoga qo'shib tayinlanadi.
Yuqoridagi qonunda ko'zda tutilgan bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash qoidalari mahkum tomonidan
birinchi hukm e'lon qilingandan so'ng, lekin hukm bo'yicha tayinlangan asosiy va qo'shimcha jazolar to'la o'talgunga
qadar yangi jinoyat sodir etilgan hollarda qo'llaniladi. Qonunga ko'ra, mahkum tayinlangan jazoni ayrim sabablarga
ko'ra o'tamagan bo'lsa, masalan, jazoni o'tashdan bo'yin tovlagan shartli hukm qilingan va JPK qoidalariga ko'ra, jazoni
ijro etish to'xtatib yoki kechiktirib qo'yilgan hamda boshqa sabablarga ko'ra umuman o'tamagan bo'lsa ham sud Jinoyat
kodeksining 60-moddasi qoidalari bo'yicha jazo tayinlaydi
Jinoyat kodeksining 60-moddasida ko'rsatilgan hollarda sud yangi hukm bo'yicha ilgarigi hukm yuzasidan
o'talmay qolgan jazo muddatini to'la yoki qisman qo'shish yo'li bilan qat'iy jazo tayinlaydi. Jinoyatlar jami tariqasida
tayinlangan jazoning mak-simal muddatini belgilovchi Jinoyat kodeksi «Umumiy» qismining moddalarida belgilangan
doiralar bilan cheklangan Jinoyat kodeksining 59-moddasiga nisbatan hukmlar jami tariqasida jazo tayinlashda
maksimal doira faqat ozodlikdan mahrum qilish jazosi uchun belgilanadigan muddat bilan farq qiladi. 18 yoshdan
oshgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga hukmlar jami tariqasida jazo tayinlanganda jazoning eng ko'p muddati 25
yil va 18 yoshgacha bo'lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan 15 yilgacha muddatga tayinlanadi.
Bir nec ha hukmlar yuzasidan axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat bo'yicha cheklashga hukm qilinib, ish haqi
yoki pul ta'minotidan ushlab qolishning har xil miqdorlari belgilangan hollarda bu jazolarning faqat muddatlari qisman
yoki to'la qo'shiladi. Avvalgi hukm bo'yicha tayinlangan, lekin ijro qilinmagan qo'shimcha jazolar hukmlar jami
tariqasida tayinlangan jazoga qo'shiladi.
Bir jinoyati uchun (sudlanib) hukm chiqqan, lekin hukm bo'yicha jazoni o'tamagan shaxs, birinchi hukm
chiqqunga qadar boshlanib, hukm chiqqandan so'ng ham davom etgan surunkali va davomli jinoyat sodir etishda aybdor
deb topilsa, ikkinchi hukm bo'yicha unga jazo tayinlashda sud Jinoyat kodeksining 60-moddasi qoidalariga rioya etishi
lozim.