113
Jinoyat kodeksining 4- 10-moddalarida jinoyat qonunining yetti prinsipi va ulaming tushunchalari berilgan
bo'lib, jazo tayinlash ana shu prinsiplarning har bin va barchasi bilan bevosita bog'liqdir. Masalan, Jinoyat kodeksining
8-moddasida odillik prinsipining tushunchasi berilgan bo'lib, jinoyat sodir etishda aybdor bo'lgan shaxsga nisbatan
qo'llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta'sir chorasi odilona bo'lishi, ya'ni jinoyatning ijtimoiy xavfiilik darajasiga
muvofiq bo'lishi kerak, deyiladi. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan uning axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir
etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo'ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta'sir chorasi
qo'llanishi Jinoyat kodeksining 42-moddasida nazarda tutilgan jazoning maqsadlariga erishishni nazarda tutadi.
Jazo tayinlashning umumiy asoslari sudning Jinoyat kodeksi «Maxsus» qismi jinoyat sodir etganlik uchun
javobgarlik nazarda tutilgan moddasida belgilangan doirada «Umumiy» qism qoidalariga muvofiq, jazo tayinlashning
bir qator masalalarini e'tiborga olishni taqozo qiladi.
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasi sanksiyasi doirasida jazo
tayinlanadi, deganda nimani tushunish
kerak?
Ma'lumki, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddalaridagi sanksiyalar muqobil sanksiya tariqasida berilgan
bo'lib, sud jazo tayinlashda faqat ana shu sanksiyada ko'rsatilgan jazolardan birini asosiy jazo sifatida tayinlaydi. Bunda
sud tayinlash uchun tanlagan jazo turining miqdori va muddati shu sanksiyada ko'rsatilgan doiradan tashqariga
chiqmasligi kerak. Masalan, Jinoyat kodeksining 173-moddasi, 2-qismida mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar
yetkazish, millatlararo yoki irqiy adovat yoxud diniy taassublar zamirida, atrofdagilar uchun xavfli usulda, ko'p
miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo'lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh
baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish isbJari yoki besh yilgacha muddatga
ozodlikdan mahram
qilish bilan jazolanadi, deyiladi. Demak, bu sanksiyada uchta asosiy jazo ko'rsatilgan bo'lib, sud
ishdagi holatlar va aybdorning shaxsini e'tiborga olib, shu jazolardan birini tanlab tayinlaydi. Agar jarimani tayinlasa,
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan kam va yetmish besh baravardan ko'p boimagan miqdorda tayinlaydi.
Axloq tuzatish ishlari tayinlansa, bu jazoning muddatini ikki yildan kam, uch yildan ko'p tayinlay oladi. Ozodlikdan
mahram qilishni esa, besh yildan ko'p bo'lmagan muddatga tayinlay olmaydi. Ammo sud jazo tayinlashda sodir etilgan
jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan
zararning xususiyati va
miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlarni hisobga olib,
sanksiyadagi jazolardan birini asosiy jazo sifatida tayinlaydi. Shu holatlarga qarab, agar aybdor yetkazilgan moddiy
zararni uch karra miqdorda o'z ixtiyori bilan qoplasa, sud sanksiyada ko'rsatilgan ozodlikdan mahrum qilishni
tayinlamay, sanksiyadagi yengilroq jazoni tayinlashi mumkin.
Jazo tayinlash masalasiga O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi ham alohida ahamiyat bermoqda. O'zbekiston
Respublikasi Oliy sudi plenumining 1996-yil 19-iyuldagi «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to'g'risida»gi qarori
1,2-bandida: «Sudlar og'ir jinoyat sodir etgan shaxslarga, uyushgan guruh tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga
muqaddam sudlanganlarga nisbatan qattiq jazo choralarini qo'llashi lozim. Bunda fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga
tajovuz qilish, poraxo'rlik, giyohvandlik vositalari yoxud psixotrop moddalar va qurollar tarqatish kabi, shuningdek,
respublika iqtisodiyotiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni alohida xavf tug'-dirishini nazarda tutishlari kerak. Shuning
bilan birga, og'ir jazo choralari Jinoyat kodeksining 7-moddasi, 3-qismiga asosan, boshqa choralar orqali erishib
bo'lmaydigan hollardagina tayinlashi mumkinligi ham e'tiborga olinishi kerak», deyiladi.
Jinoyat kodeksining 54-moddasida «Umumiy» qism qoidalariga muvofiq jazo tayinlanishi haqida yoziladi.
«Umumiy» qism qoidalariga muvofiq jazo tayinlash deganda, nimalar tushunihshi kerak?
Ma'lumki, Jinoyat qonuni «Maxsus» qismining moddalarini amalga tatbiq qilishning barcha qoidalari uning
«Umumiy» qismida ko'rsatilgan. «Maxsus» qism normalarini qo'llashda «Umumiy» qism normalari yo'naltiruvchi va
tartibga soluvchi normalar bo'lib hisoblanadi. Demak, «Umumiy» qismning normalari «Maxsus» qismning kaliti
hisobanadi.
Jinoyat kodeksida «Maxsus» qism moddalariga tegishli bo'lmagan birorta modda yo'q. Masalan, Jinoyat
kodeksining «Maxsus» qismida jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan bo'lsa, «Umumiy» qismida jinoyat tushunchasi
(14-moddasi) berilgan; «Maxsus» qismida jinoyatlar uchun faqat jismoniy shaxslar tomonidan
sodir etilgan javobgarlik
nazarda tutilgan bo'lib, «Umumiy» qismning 17-mod-dasida jismoniy shaxs, 18-moddasida aqli rasolik tushunchalari
berilgan. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi ko'pchilik moddalarida jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan qilinsa,
deyilgan, ishtirok-chilik tushunchalari esa, 27-30-moddalarida berilgan. «Maxsus» qism moddlarida jinoyat takroran,
xavfli retsidivist, o'ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilsa,
deyiladi, ularning tushunchalari esa «Umumiy» qismining
32-34-moddalarida berilgan. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qism moddalari sanksiyalarida muayyan doirada
tayinlanadigan jazo turlari nazarda tutilgan, jazo tayinlash qoidalari esa «Umumiy» qismining 57—63-moddalarida
ko'rsatilgan va hokazolar. Bundan tashqari, «Maxsus» qismi moddalarida nazarda tutilmagan, ammo jazo tayinlashda
e'tiborga olinishi shart bo'lgan bir qancha jinoyat qonuni institutlari borki, bu institutlarda shaxsning ijtimoiy xavfli
qilmishi jinoyat, deb topilib, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi tegishli moddasi bilan
javobgarlikka tortiladigan
bo'lsa, «Umumiy» qismida nazarda tutilgan qoidalar qo'llanilishining o'zi yetarlidir. Masalan, javobgarlik va jazodan
ozod qilish ko'zda tutilgan moddalar, tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash, sudlanganlik va uni hisoblash
qoidalari faqat «Umumiy» qismda ko'rsatilgan. To'g'ri, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddalarida ham
javobgarlik va jazodan ozod qilish (masalan, 211-moddaning 4-qismi, 212-moddaning 4-qismi, 248-moddaning 4-qismi
114
va hokazolar) ko'zda tutilgan. Ammo javobgarlik va jazodan ozod qilishning bu turlari faqat o'sha moddaning o'zi uchun
tegishli, xolos.
«Umumiy» qismdagi javobgarlik va jazodan ozod qilishni nazarda tutuvchi moddalar umuman, Jinoyat
kodeksining «Maxsus» qismi moddalariga ham tegishlidir, Ma'lumki, sud jinoyat uchun jazo tayinlashda aybdorning
qilmishi kvalifikatsiya qilingan moddaning sanksiyasida ko'rsatilgan jazo turlari va muddati doirasidan chetga chiqa
olmaydi. Ammo ish holatlariga ko'ra, aybdorning qilmishi kvalifikatsiya qilingan modda sanksiyasi doirasida jazo
tayinlansa, jazo adolatsiz bo'lib qoladi. Sud Jinoyat kodeksining «Umumiy» qismi, 57-moddasida ko'zda tutilgan
yengilroq jazo tayinlash qoidalarini qo'llab, yengilroq jazo tayinlashi ham mumkin.
Voyaga yetmaganlarning javobgarligi masalasiga qonunda
alohida ahamiyat berilgan, ya'ni Jinoyat kodeksining
«Umumiy» qismida alohida bobda ajratib ko'rsatilgan. «Maxsus» qism moddalarda ko'rsatilgan jinoyatlarni voyaga
yetmaganlar tomonidan sodir etganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmagan. Hatto, «Maxsus» qism moddasining
sanksiyasida ham voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo turi va muddati alohida ajratilib ko'rsatilmagan.
Shunga muvofiq, voyaga yetmaganlarning jinoyati ham Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi tegishli moddasi bilan
kvalifikatsiya qilinadi. Ammo jazo tayinlashda voyaga yetmaganlarning qilmishi kvalifikatsiya qilingan moddaning,
sanksiyaning miqdori va muddatiga kelganda esa, o'sha sanksiyada ko'rsatilgan miqdor va muddat doirasida jazo
tayinlanmay, Jinoyat kodeksining 82— 85-moddalarida ko'rsatilgan jazo turining miqdori va muddati doirasida
tayinlanadi. Bunda Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qoidalariga murojaat qilinmaydi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1996-yil 19-iyuldagi «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti
to'g'risida»gi 16-qarori 1.7-bandida «Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jarima, axloq
tuzatish ishlari, qamoq kabi
jazolarning sama-radorligiga e'tibor berish lozim. Shu bilan birga og'ir jinoyat sodir etishda ayblangan, muqaddam
sudlangan, huquqni buzganlig? uchun ichki ishlar organlari hisobida turgan voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda
qat'iyatsizlikka yo'l qo'yib bo'lmaydi», deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: