134
Ayrim
xollarda, tovush kuchaytirishni tashkil etishda o‘tkir
yo‘naltirilgan mikrofonlarni qo‘llash zarurati tug‘iladi. Bu masalaning
yechimi chiziqli mikrofonlar guruhini yaratish orqali hal etiladi. Bunday
mikrofonlar n bir xil mikrofonlardan iborat bo‘lib, ular bir chiziqda bir-
biridan d masofada joylashgan. Bu vaziyat
yuqori sifatli tovush
eshittirishni keskin og‘irlashtiradi. Bunday vaziyatdan yuqori fazoviy
tanlovchanlik xususiyatlariga ega bo‘lgan mikrofonlarni qo‘llash
bilan
chiqish mumkin. Bunday mikrofonlar
o‘tkir yo‘naltirilgan mikrofon
lar
deb ataladi. Chiziqli guruh mikrofonlari 5.31a-rasmda keltirilgan.
5.31- rasm. Chiziqli guruh mikrofonlari
Bunday
mikrofonlar
guruhining
yo‘nalganlik xususiyatlari
shakllanishini ko‘rib chiqamiz. Mikrofonlar ketma-ket ulanadi.
Agar, tekis tovush to‘lqini akustik o‘qi bo‘yicha yo‘nalgan bo‘lsa,
unda alohida mikrofonlar kuchlanishi o‘rtasida faza siljishi bo‘lmaydi va
yig‘indi kuchlanish
макс
1
0
nU
U
(5.33)
Simmetriya
o‘qiga
perpendikulyar
yuzadagi
yo‘nalganlik
diagrammasi bitta mikrofonning yo‘nalganlik diagrammasiga o‘xshash.
Chiziqli
guruh mikrofonlarini
naysimon
yoki
pistolet
mikrofonlar
deb ham ataydilar. Uning sxematik tuzilishi 5.32- rasmda ko‘rsatilgan.
135
5.32- rasm. Naysimon mikrofonning tuzilishi
Interferensiya turidagi o‘tkir yo‘naltirilgan mikrofonning boshqa
ko‘rinishi 5.33-rasmda ko‘rsatilgan. Mikrofon
teshikli naycha yoki
uning orqa ko‘ndalang kesimida yo‘naltirilmagan yoki bir tomonlama
yo‘naltirilgan kapsula joylashtirilgan.
5.33-rasm. O‘tkir yo‘naltirilgan yuguruvchi to‘lqin mikrofon
sxemasi
Naycha teshigi mato yoki g‘ovak material bilan biriktiriladi.
Yo‘nalganlik diagrammasi naycha teshikchalaridan o‘tayotgan
parsial
tovush to‘lqinlarning interferensiyasi hisobiga erishiladi. Tovush fronti
naycha o‘qiga parallel holda siljiganda barcha parsial to‘lqinlar siljuvchi
element-membranaga bir xil fazada keladi. Naycha uzunligi to‘lqin
uzunligidan katta bo‘lganda, uning yo‘nalganligi sezilarli oshadi.
Shuning uchun uzunligi 1 metr va undan ortiq bo‘lganda yo‘nalganlik
past 150÷200 Gs chastotalarda faqat kapsula bilan belgilanadi.
Amaldagi o‘tkir yo‘naltirilgan mikrofonlardan reflektorli mikrofonlarni
aytish mumkin. Bunday mikrofonlarda kapsula
parabolik qaytargich
fokusida joylashtiriladi.
136
5.34 rasm. Reflektor turidagi o‘tkir yo‘naltirilgan mikrofon
Parabolaning xususiyatlariga asosan, qaytarilgan tovush to‘lqin-lari
kapsula joylashgan yer parabola fokusida yig‘iladi.
Ularning fazasi bir
xil. Parabola o‘qiga burchak ostida tushayotgan I tovush to‘lqinlari
reflektor yordamida tarqatiladi, natijada ular mikrofonga tushmaydi.
Reflektor
tizimida
yo‘nalganlik diagrammasi interferensiya
tizimdagiga qaraganda ko‘proq chastotaga bog‘liq
va amalda past
chastotada yo‘nalmagan diagrammadan,
yuqori chastotada tor
yo‘nalganlikkacha o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: