Yoqa mikrofonlari.
Alohida guruh mikrofonlariga ko‘krak yoki
yoqa mikrofonlari kiradi. Ular televidenie va tovush kuchaytirish
tizimlarida qo‘llaniladi.
Yoqa mikrofonlari odatda bosim qabul qilgich bo‘lib, ular yengil va
o‘lchamlari kichik va kiyimga maxsus biriktiriladigan moslamaga ega
(5.36-rasm). Bu mikrofonlar turiga SK97 - 0 (AKG), MKE10
(Sennheiser), KMKE400 (Nevaton) va b.q. kiradi.
Bu mikrofonlarning afzalliklari va kamchiliklari bor. Birdan-bir
afzalligi shundaki, bu notiqning erkinligi, mikrofonning foydali tovush
manbaiga yaqinligi.
146
5.38-rasm. Yoqa mikrofoni
Kamchiligi - mikrofonni ko‘krak qafasiga yaqinligi, bu past
chastotalarning rangiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik hollarda manba
bloki notiqlarga noqulayliklar yaratadi. Mikrofon kabellari kiyimlarga
ishqalanib shovqin hosil qiladi. Undan tashqari bunday mikrofonlarni
qo‘llashda psixologik noqulayliklar ham mavjud.
Ochiq havoda ishlash uchun mo‘ljallangan mikrofon
lar har
qanday havoda ishlashga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak: yomg‘ir, qor,
shamol va h.k. Shu maqsadlarda odatda dinamik mikrofonlar
qo‘llaniladi. Ular boshqa turdagi mikrofonlarga qaraganda chidamliroq.
Shamolga qarshi chidamliligini oshirish maqsadida, ular shamolga
qarshi qalpoqcha bilan jihozlanadi. Bu mikrofonlarda alohida ta’minot
manbaining bo‘lmasligi ularning afzalligidir. Ko‘chalarda reportajlar
olib borish uchun qo‘l mikrofonlaridan foydalanish maqsadga
muvofiqdir, chunki ular shamol va tasodifiy turtkilarga chidamli.
Bunday mikrofonlarga misol tariqasida G‘-115 (Sopu) va MD -83
(Mikrofon -M) keltirish mumkin. Ochiq joyda tovush kuchaytirishda
yuqoridagi sabablarga ko‘ra yo‘nalgan mikrofonlardan foydalanish
afzal, shu aytish lozimki mikrofonlarga qor, yomg‘ir tegmasligi kerak
(ayvoncha yoki kichik budka bo‘lishi kerak).
Nazorat savollari
147
1.Mikrofonlar qanday klassifikatsiyalanadi va qanday asosiy texnik
tavsiflarini bilasiz?
2.Bosim qabul qilgich va bosim gradienti qabul qilgichlarni tushuntiring.
3.Elektr va akustik kombinatsiyalangan mikrofonlarning tuzilishini
tushuntiring.
5.39-rasm
4.G‘altakli mikrofonning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring.
5.G‘altakli
mikrofon
sezgirligining
chiziqli
chastota
tavsifini
shakllantirish mexanizmini tushuntiring.
6.Tasmali mikrofonning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring.
7.Tasmali mikrofon bosim gradienti qabul qilgich qo‘zg‘aluvchi
qismining xususiy chastotasi tanlash nimaga asoslangan?
8.Kondensatorli mikrofonning ishlash prinsipini tushuntiring.
9.5.40 a-rasmdagi mikrofonning ishlash prinsipini tushuntiring?
10.5.40 b-rasmdagi mikrofonning ishlash prinsipini tushuntiring?
11.5.40 v-rasmdagi mikrofonning ishlash prinsipini tushuntiring?
148
5.40-rasm
12.5.41-rasmdagi
yo‘nalganlik
diagrammasi
boshqarilidigan
kondensatorli mikrofonning ishlash prinsipini tushuntiring?
5.41-rasm
13.Mikrofonning o‘tkir yo‘nalganlik xususiyatlariga erishish prinsipini
tushuntiring.
14.RZM mikrofonlarning ishlash prinsipini tushuntiring
15.AV mikrofonli stereofonik tizimning ishlash prinsipini tushuntiring.
149
16.XU mikrofonli stereofonik tizimning ishlash prinsipini tushuntiring.
17.MS mikrofonli stereofonik tizimning ishlash prinsipini tushuntiring
18.Mikrofonlarni ishlatish prinsipi qanday?
150
Do'stlaringiz bilan baham: |