Elektroakustika


 Mikrofonlarni ishlatish xususiyatlari



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/124
Sana11.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#883511
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   124
Bog'liq
61a1e12d478215.06492958

5.11. Mikrofonlarni ishlatish xususiyatlari 
Mikrofonlar belgilanishi bo‘yicha uchta katta guruhga bo‘linadi: 
maishiy magnit yozuv apparatlar uchun; professional maqsadlar uchun 
va maxsus belgilanishi bo‘yicha. 


141 
Professional mikrofonlar ham belgilanishi bo‘yicha qo‘yidagilarga 
ajratiladi: ovoz yozish va uzatish, musiqa va badiiy nutqlarni yozish 
studiyalari telekinostudiyalardan uzatish uchun; tovush va musiqa 
kuchaytirish tizimlari uchun; akustik o‘lchovlar uchun; dispetcher 
aloqasi uchun. 
Undan tashqari mikrofonlar konstruktiv yechimi va signal manbaiga 
nisbatan joylashishi bo‘yicha: 
- pol ustidagi ustunchaga o‘rnatilgan; 
- stolda yoki minbarda o‘rnatilgan; 
- ichiga o‘rnatilgan (masalan, yig‘ilishlar stoli); 
- estrada solistlari uchun (qo‘l mikrofonlari); 
- yoqa mikrofonlari (kiyimga biriktiriladigan); 
- radiomikrofonlar; 
- inshoatdan uzoq masofada joylashganda reportaj olib borish yoki 
xujjatli tasvirlarga tushirishda qo‘llaniladigan (o‘ta yo‘naltirilgan 
mikrofonlar); 
- qatlam chegarali mikrofonlari (RZM-mikrofonlari). 
Mikrofonlarni tanlashda ularning ishlash sharoitlarini bilmasdan 
turib biron-bir tavsiya berish juda qiyin, chunki ma’lum konstruktiv 
yechimdagi mikrofon boshqa sharoitlarga va belgilanishiga mutloq 
to‘g‘ri kelmasligi mumkin. 
Studiya mikrofonlarining ekspluatatsiyasi
. Tovush yozish va 
televidenie eshittirish studiyalari yuqori elektroakustik parametrlarga 
ega bo‘lgan keng polosali mikrofonlar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. 
Shuning uchun studiyalarda yo‘nalgan, diagrammalari o‘zgaradigan 
keng chastota va dinamik diapazonli kondensatorli mikrofonlar 
ko‘llaniladi. Undan tashqari kondensator mikrofonlarining sezgirligigi 
dinamik mikrofonlarga qaraganda 5-10 marta yuqori bo‘lib, 
eshitiladigan o‘tish buzilishlari deyarlik yo‘q, chunki qo‘zg‘aluvchi 
tizimning rezonans chastotasi yuqori chastota chegarasiga yaqin bo‘lib, 
juda kichik asllikka ega. 
Shuning uchun ovoz yozish studiyalari va ovoz yozish tizimlarida , 
universal mikrofonlar sifatida kardioidali yo‘nalganlik diagrammaga ega 
bo‘lgan kondensatorli mikrofonlar KM 84, KM 184 (Neman), C460B 
(AKG) va MKE-13m (M-mikrofonlar) qo‘llaniladi. Kondensatorli 
mikrofonlarning kamchiligi sifatida alohida ta’minot manbai va u bilan 
bog‘liq bo‘lgan kuchlanish bloki zarurligi, sezgirligi haroratning keskin 
o‘zgarishi va namlikka bog‘liqligini ham aytish kerak. Haroratga 


142 
bog‘liqligi shundaki, mikrofonga bevosita ulangan kuchaytirgichning 
kirish qarshiligi 0,5÷2 GOm, shuning uchun namlik katta bo‘lganda bu 
qarshilik kamayadi, natijada past chastotalar susayib, shovqin sathi 
oshadi. Shu sababli kondensatorli mpkrofonlarni ochiq havoda deyarlik 
qo‘llamaydilar. 
Mikrofonlarni studiyalarda odatda pol ustunchalariga yoki «laylak» 
tayoqchalarga o‘rnatadilar. Mikrofonlar studiyalarda yozuv vaqtida 
qo‘zg‘atilmaydi, tayoqchalar esa, mustahkam etib amartizatorlarga 
o‘rnatiladi. Mikrofonlarni o‘rnatishga bo‘lgan ko‘p talablar odatda ko‘z 
bilan chamalanadi. Masalan, televidenie yozuvida kadrga tushishi 
mumkin bo‘lgan mikrofon o‘lchamlari katta bo‘lmasligi, qoplamalari 
yaltiroq bo‘lmasligi kerak. Televidenie rang tasvirlarni aniq kafolatli 
uzatish kerak. Kadrdan tashqarida ko‘chma mikrofonlar qo‘llaniladi. 
Ko‘chma mikrofonlarni eshittirish davomida joylaridan qo‘zg‘atish 
mumkin bo‘lganligi uchun ularni shamoldan saqlash, titrash va 
silkinishshlardan himoyalashning maxsus chora-tadbirlari ko‘riladi. 
Tovush manbaigacha bo‘lgan nisbatan uzoq masofa va katta shovqin 
odatda yo‘nalgan yoki o‘ta yo‘nalgan mikrofonlarni qo‘llashni taqozo 
etadi. 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish