7-ma’ruza mavzusi: Faza modulyasiyasi. Faza modulyasiyasi (FM). Fazasi



Download 289,55 Kb.
bet1/2
Sana12.01.2023
Hajmi289,55 Kb.
#899030
  1   2
Bog'liq
7-maruza

7-ma’ruza mavzusi: Faza modulyasiyasi. Faza modulyasiyasi (FM).Fazasi bo‘yicha modulyasiyalangan signallarni xosil qilish va


detektorlash.


Reja:





    1. Fazasi modulyatsiyalangan signallarni hosil qilish.

    2. Fazasi modulyatsiyalangan signallarni detektorlash

7.1Fazasi modulyatsiyalangan signallarni hosil qilish


Faza modulyatsiyasi natijasida yuqori chastotali tashuvchi fazasi modulyatsiyalovchi kuchlanish 𝑢Ω(𝑡) ga proporsional o‘zgaradi, ya’ni
𝜑(𝑡) = 𝜑0 + 𝑘𝑢Ω(𝑡) = 𝜑0 + ∆𝜑(𝑡), (7.1) bunda 𝑘 – modulyatsiyalovchi kuchlanish 𝑢Ω(𝑡) ni faza o‘zgarishi ∆𝜑(𝑡) bilan bog‘lovchi koeffitsient. Modulyatsiya natijasida boshlang‘ich faza 𝜑0 ∆𝜑 ga o‘zgaradi.
Faza va chastota modulyatorlari bir-biriga bog‘liqligiga qaramasdan, ular turlicha shakllantiriladilar. Agar ChM da modulyatsiyalovchi kuchlanish 𝑢Ω(𝑡) ta’sirida uning chastotasi o‘zgarsa, FM da esa uning fazasi 𝑢Ω(𝑡) ga proporsional o‘zgarishi kerak. Shuning uchun FM modulyatorning birinchi qismi generator emas, rezonans kuchaytirgich bo‘lishi kerak. Rezonans kuchaytirgichning yuklamasi – parallel LC kontur FM da asosiy o‘rinni egallaydi. 7.1a-rasmda FM soddalashgan sxemasi va 7.1b-rasmda parallel kontur faza-chastota xarakteristikalari 𝜑(𝜔) keltirilgan. 7.1a-rasmda 𝑋𝑏(𝑡) – boshqaruvchi reaktiv element. Reaktiv element sifatida varikapdan foydalanish mumkin. U holda 7.1a- rasmdagi sxemaning punktir chiziqdan o‘ng tomon qismi 7.2b-rasm o‘ng tomoni bilan almashtirish mumkin. 𝑋𝑏(𝑡) – umumiy holda bu parametrik element ekvivalent sig‘imi yoki induktivligi modulyatsiyalovchi kuchlanish 𝑢Ω(𝑡) ga mos o‘zgaradi deb hisoblash mumkin.
FM modulyator ishlash jarayonini faza-chastota xarakteristikalari yordamida ko‘rib chiqamiz. Agar kontur tashuvchi signal chastotasi 𝜔0 ga sozlangan bo‘lsa, uning qarshiligi aktiv bo‘ladi va u orqali o‘tayotgan tok birinchi garmonikasi I1 unda 𝑈𝑘 kuchlanish, chiqish kuchlanishi 𝑈𝑐ℎ ni keltirib chiqaradi. I1 tok fazasi 𝑈𝑘 kuchlanish fazasiga mos keladi. Shuning uchun 𝜑(𝜔) xarakteristika 𝜔0 nuqtadan o‘tadi (7.1b-rasm). Agar 𝑢Ω(𝑡) ta’sirida 𝑋𝑏(𝑡) o‘zgarib LC kontur rezonans chastotasi 𝜔𝑟 kamaysa, bu kontur tashuvchi chastotasi 𝜔0 ga teng bo‘lmaydi. Natijada 𝜑(𝜔) xarakteristika chapga suriladi va chastotal o‘qini 𝜔𝑟1 chastotada

kesib o‘tadi. Bu tok I1 fazasi konturdagi kuchlanish 𝑈𝑘 fazasidan
1
ga kech

qolishiga olib keladi. Parallel kontur rezonans chastotasi 𝜔𝑟 ko‘paysa 𝑈𝑘

kuchlanish tok I1 dan
2
fazaga kech qoladi. Kontur xarakteristikasi o‘ng

tomonga suriladi, 𝜔𝑟2 > 𝜔0 bo‘ladi. Shunday qilib, 𝑢Ω(𝑡) ta’sirida Xb(t) – reaktiv qarshiligi o‘zgaradi, kontur rezonans chastotasi 𝜔𝑟 tashuvchi chastotasi 𝜔0 ga nisbatan o‘zgarib turadi, natijada chiqish kuchlanishi 𝑈𝑘 fazasi I1 tok fazasiga nisbatan ±∆𝜑 ga o‘zgarib turadi.



uk(t)

a)

b)

7.1-rasm. a) – faza modulyatori soddalashgan elektr sxemasi; b) – FM signalni olishga oid chizma.


Kuchaytirgich chiqishidagi tok birinchi garmonikasi I1 uning kirishidagi chastotasi 𝜔0 bo‘lgan kirish kuchlanishi 𝑈𝑘 fazasiga mos keladi. Tashuvchi kirish kuchlanishi 𝑢𝜔(𝑡) alohida generatorda shakllantirilib kuchaytirish qurilmasiga beriladi. Chiqish kuchlanishi 𝑢𝑐ℎ(𝑡) fazasi kirish signali 𝑢𝜔(𝑡) fazasiga nisbatan modulyatsiyalovchi kuchlanish 𝑢Ω(𝑡) ga mos ravishda o‘zgarib boradi.


Signalning fazasi va chastotasi o‘zaro bog‘liqligi uchun FM signalni chastota modulyatori yordamida va ChM signalni faza modulyatori yordamida olish mumkin.

Download 289,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish