Parralel qo`zg`atishli generator Reja: Kirish. Parralel qo`zg`atishli generator



Download 112 Kb.
Sana24.04.2020
Hajmi112 Kb.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MARKAZI

TA’LIMI BOSHQARMASI


MUSTAQIL ISH

Mavzu: Parralel qo`zg`atishli generator

Tayyorladi: ________________


Qabul qildi: ________________

Parralel qo`zg`atishli generator

Reja:

Kirish.

1. Parralel qo`zg`atishli generator

2. Mashinaning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishi

3. Ketma-ket va aralash qo‘zg‘atishli generatorlar

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar.

Parallel qo‘zg‘atishli generator Parallel qo‘zg‘atishli generatorning sxemasi, mustaqil qo‘zg‘atishli generator-ning sxemasidan shu bilan farqlanadiki, bunda qo‘zg‘atish zanjiri akkumulyator batareyasiga emas, balki yakor qisqichiga ulangan bo‘ladi (2.3-rasm).

Qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami QCh ga (u ancha katta qarshilikka ega), umumiy tokning uncha katta bo‘lmagan qismi (nominal qiymatning 1…3%) tarmoqlanadi. Generatorni ishga tushirishda yakor cho‘lg‘amining o‘ramlari, avvalo mashina qutblarining qoldiq magnit maydoni chiziqlarini kesib o‘tadi. bo‘lmagan, Shu sababli, yakor cho‘lg‘amida uncha katta bolmagan, ya’ni (10…15)V li EYuK paydo bo‘ladi, u qo‘zg‘atish cho‘lg‘amida kuchsiz tokni hosil qiladi. Ushbu tok, o‘z navbatida qutblar magnit maydonini, ya’ni kesib o‘tuvchi kuch chiziqlarini kuchaytiradi. Shunday qilib, mashinaning EYuK ma’lum bir qiymatigacha ortadi, uning orqasidan esa qo‘zg‘atish tokining kattaligi xam ortadi.

Mashinaning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishi, agar qo‘zg‘atish toki tomonidan yaratilgan magnit oqimi, qoldiq magnetizm oqimiga to‘g‘ri kelishi bilan amalga oshadi.

Agar generator o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alishga ega bo‘lmasa, birlamchi dvigatelni to‘xtatish va generatorni qo‘zg‘atish cho‘lg‘amlarining chiqishlarini qayta ulab, qo‘zg‘atish tokining yo‘nalishini o‘zgartirish

kerak bo‘ladi. Qoldiq magnetizm yo‘qotilganda, qo‘zg‘atish cho‘lg‘amini qisqa vaqtga tashqi o‘zgarmas tok manbasiga ulash zarur.

Parallel qo‘zg‘atishli generatorning tavsiflari, mustaqil qo‘zg‘atishli generatorning tavsiflari kabi olinadi. 2.4-rasmda solishti-rish uchun parallel qo‘zg‘atishli (1-egri chiziq) va mustaqil qo‘zg‘atishli (2-egri chiziq) generatorlarning tashqi tavsiflari keltirilgan. Yuklama toki I ni ortishi bilan, parallel qo‘zg‘atishli generatorning kuchlanishi, mustaqil qo‘zg‘alishli generator kuchlanishiga nisbatan ko‘proq kamayadi. Bu, parallel qo‘zg‘atishli generatorning qo‘zg‘atish toki Iq = U/rq yuklama ortganda kuchlanish U ga proporsional tarzda kamayishi bilan tushuntiriladi. Mustaqil qo‘zg‘alishli generatorda esa qo‘zg‘atish toki o‘zgarmasdir, ya’ni Iq = const.

Mustaqil qo‘zg‘atishli generatorning yuklamasi ortirilsa, uning toki to‘xtovsiz ortadi va qisqa tutashuvda (r = 0, U = 0) esa u yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan katta qiymatga erishadi. Parallel qo‘zg‘atishli generatorda esa yuklama toki Iyu = U/r faqat kritik qiymatga Ikr = (2,0…2,5) In gacha ortadi. Mashina, magnitli to‘yinish rejimidan chiqqanda, uning kuchlanishi U yuklama qarshiligiga r ga nisbatan tezroq kamayadi, va yuklama toki I xam kamayishini boshlaydi. Qisqa tutashuvda kuchlanish U va qo‘zg‘atish toki Iq = U/rq nolga teng bo‘ladi. Shuning uchun, yakor cho‘lg‘amida faqat qoldiq magnetizm xisobiga bir oz qoldiq EYuK Eqol xosil bo‘ladi va qisqa tutashuv toki Iq.t. = Eqol/rya nominal tokdan kam bo‘ladi.

Parallel qo‘zg‘atishli generatorlar keng tarqalishga ega, chunki ularga qo‘zg‘atish cho‘lg‘amini manbalash uchun maxsus o‘zgarmas tok manbasi talab qilinmaydi.

Ketma-ket va aralash qo‘zg‘atishli generatorlar

Ketma-ket qo‘zg‘atishli generatorlarida yakor cho‘lg‘ami, qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami va tashqi zanjir bir-biri bilan ketma-ket ulanadi va ulardan bir xil kattalikdagi tok oqib o‘tadi. Bunday generatorlarning EYuK yuklama tokiga bog‘liq bo‘ladi.

Yuklama tokining ortishi bilan elektr magnitlarning magnit maydoni, u bilan birgalikda generatorning EYuK xam kuchayadi. Kuchlanishni keskin o‘zgarishi sababli, ketma-ket qo‘zg‘atishli generatorlar, ko‘plab iste’molchilarni manbalash uchun yaramaydi. Aralash qo‘zg‘atishli generator (2.5-rasm) ikkita qo‘zg‘atish cho‘lg‘amiga: asosiy parallel (shuntli) ShQCh va qo‘shimcha ketma-ket (seriesli) SQCh cho‘lg‘amlarga ega bo‘ladi.

Generatorni to‘g‘ri ishlashi uchun, cho‘lg‘amlardagi toklar bir xil yo‘nalishga ega bo‘lishi kerak. Ketma-ket qo‘zg‘atishli cho‘lg‘amdagi kuchlanish isrofini kamaytirish uchun, u katta kesimli simning uncha ko‘p sonli bo‘lmagan o‘ramlaridan tayyorlanadi. Boshqa o‘zgarmas tok generatorlaridan farqli ravishda aralash qo‘zg‘atishli generatorning kuchlanishi, yuklama toki noldan nominal qiymatgacha o‘zgarganda deyarli o‘zgarmasdan qoladi (2.6-rasm). Buni, yuklamani ortishi bilan yakor toki, ketma-ket qo‘zg‘atish cho‘lg‘amlarining magnit oqimi va generatorning EYuK E =CeФn xam ortadi. Natijada, avtomatik tarzda, ichki kuchlanish tushishini generatorning tashqi kuchlanish kattaligiga ta’siri qoplangan bo‘ladi.

Mustaqil qo‘zg‘atishli generator

Bu generatorning sxemasida (2.1-rasm) qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami QCh, rostlovchi reostat RR va ampermetr A larni akkumulyator batareya B ga yoki boshqa tashqi o‘zgarmas tok manbasiga ulanadi. Yakor cho‘lg‘ami Ya ga energiya iste’-molchilari r, tok va kuchlanish qiymatini nazorat qilish uchun ampermetr A1 va voltmetr V ulangan.

Generatorni ishga tushirishdan oldin, elektr energiya iste’molchilari uzib qo‘yiladi va rostlovchi reostat RR ning qarshiligi to‘laligichiga ulanadi. Birlamchi dvigatel ishga tushirilib, uning nominal aylanish tezligi o‘rnatiladi va rostlovchi reostatning qarshiligi sekinlik bilan kamaytiriladi. Bu kamaytirish, voltmetr V nominal kuchlanishni ko‘rsatmaguncha davom etadi. Shundan so‘ng, asta-sekin yuklama ulanadi, bir vaqtning o‘zida rostlovchi reostat RR qarshiligi kamaytirilib boriladi. Bu bilan, generator yuklamasi bilan biroz kamayadigan nominal kuchlanish saqlanib turiladi. Generatorni o‘chirish, uni ishga tushirishga nisbatan teskari ketma-ketlikda amalga oshiriladi.

Ishlatish sharoitlarida generatorning ma’lum bir o‘zgaruvchi kattaliklarini boshqalariga bog‘liqligini ifodalovchi asosiy tavsiflarni bilish muxim. Generatorning asosiy tavsiflari quyidagilardir.

Salt yurish tavsifi, u generator EYuK E ni qo‘zg‘atish cho‘lg‘amidagi tok Ik ga bog‘liqligi E = f(Ik) dir, bunda generator aylanish chastotasi o‘zgarmas va yuklama uzilgan, ya’ni n = const va Iyu = 0 bo‘ladi.

Qo‘zg‘atish zanjiri uzuq bo‘lganda (Ik = 0), yakor cho‘lg‘amida, mashina qutblarining o‘zaklaridagi qoldiq magnitizm sabab bo‘lgan, uncha katta bo‘lmagan EYuK (10...15)V induksiyalanadi (2.2-rasm, a ga qarang). Qo‘zg‘atish tokini ortishi bilan generatorning magnit maydoni va EYuK ortib boradi. So‘ngra, mashina qutblari o‘zaklarining to‘yinishi tufayli tasnif egri chizig‘ini bukilishi sodir bo‘ladi. Qo‘zg‘atish toki kamayganda, generatorning magnit maydoni va EYuK, gisterezis xisobiga, ortib borayotganga nisbatan biroz yuqorida o‘tuvchi egri chiziq bo‘ylab kamayadi. Shunday qilib, salt yurish tavsifi mashinaning magnitaviy sifatlariga bog‘liq bo‘ladi.

Odatda, nominal EYuK En ga mos keladigan nuqta A, tavsifi egri chizig‘ining bukilishida olinadi. Agar u tasnifning to‘g‘ri chiziqli qismida yotganda, yuklama o‘zgarishi bilan generatorning kuchlanishi ham kuchli darajada o‘zgaradi. EYuK qo‘zg‘atish tokiga kam bog‘liq bo‘lgan rejimga to‘g‘ri kelgan bukilishdan keyingi ishlash esa, kuchlanishni rostlash imkoniyatini chegaralaydi.

Tashqi tavsif generator kuchlanishi U ni yuklama toki Iyu ga bog‘- liqligi U = f(Iyu) dir, u yakor aylanishi o‘zgarmas va qo‘zg‘atish zanjirining qarshiligi doimiy, ya’ni n = const va rq = const bo‘lganda olinadi. Tashqi tavsifni olish uchun birlamchi dvigatelning nominal aylanish tezligini va yakor zanjiridagi nominal tokdagi nominal kuchlanishni o‘rnatish kerak. Shundan so‘ng, yuklama toki nolgacha asta-sekin kamaytiriladi, bunda aylanish tezligi va qo‘zg‘atish zanjirining qarshiligi o‘zgarmas qoladi.

Tasnif asboblar ko‘rsatkichi bo‘yicha quriladi. Generatorning yuklamasi

kamaytirilganda, yakordagi kuchlanish tushishi Iyurya pasayadi va mos ravishda generatordagi kuchlanish U = E – Iyurya kuchlanishning U = U0 qiymatigacha ortadi. Tashqi tasnif bo‘yicha turli yuklamalardan generator kuchlanishi aniqlanadi.

Kuchlanishni o‘zgarishi ΔU = ((U0 – Uk)/Un)·100% mustaqil qo‘zg‘atishli generatorlar uchun 5…10% tashkil qiladi.

Rostlash tavsifi qo‘zg‘atish tok Ik ni yuklama toki Iyu ga bog‘liqligi, ya’ni Ik = f(Iyu) dir, u generator aylanish tezligi va kuchlanishi o‘zgarmas, ya’ni n = const va U = const bo‘lganda olinadi (2.2-rasm, c). Bu tasnif tashqi tasnifni olish tartibda xosil qilinadi, ammo bunda generator kuchlanishi o‘zgarmas xolda ushlab turiladi.

Buning uchun qo‘zg‘atish toki Iq ni yuklama kamayganda kamaytirish va ortishi bilan bu tokni ortirish kerak bo‘ladi. Rostlash tasnifi, generator kuchlanishi o‘zgarmasdan qolishi uchun, generatorning turli yuklamalarida qo‘zg‘atish tok qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi.



Xulosa.

Mashinaning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishi, agar qo‘zg‘atish toki tomonidan yaratilgan magnit oqimi, qoldiq magnetizm oqimiga to‘g‘ri kelishi bilan amalga oshadi.

Agar generator o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alishga ega bo‘lmasa, birlamchi dvigatelni to‘xtatish va generatorni qo‘zg‘atish cho‘lg‘amlarining chiqishlarini qayta ulab, qo‘zg‘atish tokining yo‘nalishini o‘zgartirish

kerak bo‘ladi. Qoldiq magnetizm yo‘qotilganda, qo‘zg‘atish cho‘lg‘amini qisqa vaqtga tashqi o‘zgarmas tok manbasiga ulash zarur.



Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Majidov S. Elektr mashinalar va elektr yuritma. T.: O‘qituvchi.

2002

2. Ibroximov A. Elektr mashinalari T.: O‘qituvchi. 2001

3. Беспалов В.Я., Котеленец Н.Ф. Электрические машины. М.:

Академия. 2006

4. Дайлидко А.А., Дайлидко О.А. Электрические машины. М.

2002


5. Кацман М.М. Электрические машины М.: Высшая школа.

1990


6. Кацман М.М., Юферов Ф.М. Электрические машины

автоматических устройств. М.: Высшая школа. 1989
Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar