5.5. Tasmali mikrofon
Tasmali mikrofonning ishlash prinsipi g‘altakli mikrofon ishlash
prinsipiga o‘xshaydi, ammo konstruktiv tuzilishi tubdan farq qiladi
(5.20-rasm). Magnit tizimi taqasimon shaklda bo‘lib, magnit qutblari
uchlari 1 da yupqa gofrlangan tasma 2 joylashtiriladi. Tasma magnit
maydonining kuch chiziqlariga parallel joylashgan.
Mikrofonning o‘zi tovush manbaiga nisbatan shunday joylashadiki,
akustik to‘lqin yaratayotgan kuch tasma yuzasiga perpendikulyar
yo‘nalgan bo‘lishi kerak.
Tasmaga tovush to‘lqini ikki tomondan ta’sir eta oladi, shuning
uchun u ikkala tomondagi tovush bosimi ayirmasi ta’sirida tebranadi,
shunday qilib, u tovush bosim gradienti qabul qilgichdir. Tasma radial
magnit maydonda tebranib, magnit maydoni kuch chiziqlarini kesib
o‘tadi va uning qisqichlarida akustik signalni aks ettiruvchi EYuK
induksiyalanadi. Tasmali mikrofon induktiv turdagi o‘zgartirgich.
Mikrofon o‘lchami unga ta’sir etayotgan to‘lqin uzunligidan kichik
124
bo‘lganda, uning yo‘nalganlik diagrammasi sakkizsimon ko‘rinishda
bo‘ladi. Mikrofon konstruksiyasi ichki qarshilik R
І
ni yuklama qarshilik
R
yu
bilan moslashtiruvchi mikrofon transformatorini o‘z ichiga oladi.
Transformator bevosita mikrofon yoniga o‘rnatilib kabel yordamida
kuchaytirgichga ulanadi. Mikrofon konstruksiyasi shoyi mato tortilgan
perforatsiyalangan g‘ilof bilan qoplanadi.
5.20-rasm. Tasmali bosim gradienti qabul qilgich konstruksiyasi:
a) old tomondan ko‘rinishi: 1-o‘zgarmas magnit; 2-tasma; b) yon
tomondan ko‘rinishi
5.21-rasmda
tasmali
bosim
gradienti
qabul
qilgich
konstruksiyasining yana bir ko‘rinishi ko‘rinishi va ishlash prinsipi
keltirilgan.
125
5.21-rasm. Tasmali bosim gradienti qabul qilgich:
1-o‘zgarmas magnit; 2-tasma; 3-transformator
Tasmali tovush bosim gradienti qabul qilgich mikrofonining
sezgirligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
ю
0
ю
0
2
2
0
тов
Z
Z
Z
Z
Z
l
B
Z
Bl
cos
C
Sd
E
(5.26)
Formuladan ko‘rinib turibdiki, mikrofon sezgirligi chastotaga
proporsional.
Mikrofon sezgirligi chastotaga bog‘liq bo‘lmasligi uchun quyidagi
ikki shart bajarilishi kerak:
1. ω
0
<<ω ; 2.
m
R
2
l
B
2
2
(5.27)
Birinchi shartni bajarilishi juda oson, buning uchun tasmaning
elastikligini oshirish kerak, uni gofrlaydilar va shu yo‘l bilan tasmaning
rezonans chastotasi 10÷15 Gs gacha pasayadi. Bu ko‘rsatgich mikrofon
paski qabul qilish chastotasidan ham past.
Mikrofon sezgirligini tasmaning yuzasini oshirish yo‘li bilan
erishish hech qanday natija bermaydi, chunki tasma yuzasining oshishi
uning massasini oshishiga olib keladi, u o‘z navbatida egiluvchanlikni
126
kamaytiradi hamda mikrofon o‘lchamlarini oshiradi. Ikkinchi shart,
nisbatan o‘rta va yuqori chastotalarda oson bajariladi. Past chastotalarda
chastota tavsifining berilgan pasayishi tirqishdagi induksiyani tanlash
yo‘li bilan erishiladi.
Tasmali mikrofonning eng nozik tomoni shundaki, tasma kuchsiz
shamol ta’sirida uzilishi mumkin. Shu sababli bu turdagi mikrofon
«yelvizak» dan qo‘rqadi deyishadi. Shuning uchun bu turdagi
mikrofonlar xonalarda va binolar ichida foydalaniladi. Ko‘proq
telestudiyalarda qo‘llaniladi.
127
5.22 - rasm. Tasmali ML – 17 va MLS – 1 mikrofonlarning qirqim
ko‘rinishi
Do'stlaringiz bilan baham: |