Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
26 
http://ziyonet.uz/ 
ohangga qoʻlimni oʻynatib, «hay tulugim, hay tulum!» deb kuylasam; birov menga 
hamovozlik qilolmas ekan, loaqal qoʻshiq aytib, quvvatlab tursa; men ichgancha ichishga 
jur’at qila olmasa, loaqal bir-ikki qultum ichib tursa. 
Lekin yuksak falak maqsadim bazmiga bunday tuhfalarni munosib koʻrmadi. Bu xil 
mayni ichishni oʻziga kasb qilgan kishi burun boʻlmagan shekilli. Yoki boʻlgan boʻlsa 
ham, hammasi hayotdan ketgan, men kelishim bilan bazmni tark qilgan koʻrinadi. 
Bu kimsasizlik menga yetmaganday, yendi har tomondan odam nomiga isnod 
keltiradiganlar paydo boʻlyapti. Ularda soʻz aytish qobiliyati boʻlmasa ham, ular soʻz 
aytish payida; nagʻmalari sozlanmagan boʻlsa ham, kuy chalish ishtiyoqida. Ular she’rda 
tuyuq vaznini tushunmasalar ham, tuyuq u yoqda tursin, oddiy qoʻshiq vaznini bilmasalar 
ham, yozganlarining soʻzlari bemaza, tarkibi sust, mazmuni ham oddiy, sayoz, yozilish 
uslubi notoʻgʻri boʻlsa-da, ularnmg hammasida bama’nilik da’vosi. Durust odamlar 
ulardan qutulolmay garang. 
Menga rang-barang nazm bogʻi nasib yetgach, Chin sanami menga qancha duch 
kelmasin, ta’bim pardozchisining doimiy ishi she’rlarimning husniga oro berish boʻldi. 
Sunbul sochlariga taroq urardim, nargis koʻzlariga surma tortardim. Koʻzlarimning qonli 
yoshlari bilan yuzini qizil qilardim, koʻzim qorachigʻidan betiga xol qoʻyardim. U shoʻx 
sanam kiysin deb soʻzdan xilma-xil liboslar tikardim. Kelishgan ipak koʻylak kiydirib
unga yuzlab qimmatbaho durlar qadardim. Jonimni boshdan-oyoq unga bagʻishlab, noz 
pardasida xiromon yurishini istardim. 
Lekin bir toʻda jafogarlar kelib, uning ipak kiyimlarini talon toroj etishdi, zoʻravonlik 
qilib, qiynab, yigʻlagudek ahvolga solib, ustiga yeski qora shol yopishdi. Qizigʻi shuki, 
tagʻin buni she’r deb atab, ta’rifini koʻklardan oshirishdi. Undan ham qizigʻi shuki, tanib 
qolishimni bilib turib, Xudodan uyalmay, yozganlarimni mening oʻzimga koʻrsatishdi. U 
(she’r)lar menga sal-pal yoqayotganini koʻrgach, mendan yehsonlar, tahsinlar istashdi. 
Shunday qilib, ular koʻnglimga koʻp jafo tigʻini urdilar, faqat koʻngilgagina emas, hatto 
jonimga ham tegdilar. Endi menda xarsang toshlar topib, qal’a yaratishdan boshqa bir 
chora qolmadi; men topgan togʻ juda baland, tepasi keng, shu togʻning ustiga shunday bir 
yuksak bino qursam; uning suvgacha boʻlgan qismi toshdan, koʻkkacha koʻtarilgan qismi 
poʻlat boʻlaklaridan boʻlsa , devorlarining tagiga shunday chuqur xandaqlar qazisamki, 
uning qa’riga qarayman degan kishi qoʻrqib, aqldan ozsa! Uning ostidan lahm kovlash 
imkoni boʻlmasin; uning devoridagi kunguralarga ham hech qanday arqon yetmasin. 
Unda faqat parizodlar yashasin, ular har qanday xavfdan xoli boʻlishsin. Yovning 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish