Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
22
http://ziyonet.uz/
— Ol-da, boshidan-oxirigacha koʻrib chiq, boshidan-oxirigacha har bir varagʻini
koʻzdan kechir! - dedi.
Darxol oldiga kelib, unga jonimni sadaqa qildim, qoʻlidan dostonni oldimu oʻp’ib, darxol
ichini ochdim. U boshidan-oxirigacha shohona dur edi. Yana qanaqa dur deng? «Tuhfat
ul-ahror» dostonining oʻzginasi edi. Baxramand boʻlishni istaganlar undan naf topar, u
oldingi ikki dostondan xajm jihatidan kichikroq boʻlsa ham, foydasi koʻproq edi. U
ikkala dostonda bor gapni bundan topsa boʻlar, ammo bundagi xadyalarning koʻpi ularda
yoʻq edi.
Shavqiga naq koʻksimni yordim, koʻnglimni esa jildi uchun gʻilof qildim. Uni obdon
oʻqib boʻlganimdan keyin koʻnglimda bir havas paydo boʻlib, bezovta qila boshladi:
Ular hammasi bu yoʻldan yurgan ekanlar, men ham bir necha qadam yurib koʻrsam
qanday boʻlarkan?! Ular axir oʻz asarlarini forscha yozdilar; men esa turkiy til bilan
boshlasam; ularning asarlaridan forsiy xalqlar xursand boʻldi; turkiy xalqlar ham mening
yozganimdan baxra olsa; oldingi ikki muallif riixiga fotixa oʻqib turib, bu (Jomiy) menga
ham bu ishga bir fotixa bersa. U ikkalasi ichdan menga qarshilik koʻrsatmasa, tashidan bu
menga yordam berib tursa, men bir narsani talab qilib chiqar ekanman, qalamni qoʻlga
olib, umid qilamanki, bu yoʻlda Nl’zomiy yoʻlga yoʻllar ekan, Xusrav boʻlmaydi! - deb
ayta olmaydi. Kattalarga bir kambagʻal panoh soʻrab murojaat qilsa, ular buni qabul
qilsalar, bu ham ularga qoʻshilib, kattalashib ketishi mumkin. Oʻzi terining ichida paydo
boʻlgani uchun mushk hech teridan or qilmaydi. La’l ham tosh boʻlgani uchun xarsang
toshning ozorini sezmaydi. Toʻrt unsur bogʻi juda koʻngilochar boʻlsa ham, uni oʻrab,
saqlab turgan devor oddiy loydan. Oʻt, suv, havo qancha yoqimli boʻlmasin, ularning
orasida tuproqning ham oʻz oʻrni bor. Sarv, gul va lolaga, odatda, xaridor koʻp. Lekin
oʻtinning ham bozori bor. Ipak va atlasdan xashamli kiyimlar boʻlganidek, namat
toʻqimalari ham itning ustini yopish uchun kerak-ku? La’l, yoqut va durlar odatda yuksak
baholanadi. Lekin kaxrabo somonni oʻziga tortadi. Shoh musaffo maydan uch qadah
ichdimi, mayxoʻrlar uning quyqasini ham qoldirmaydi.
Men oʻzimni it kabi past baholab, oʻzimni ulugʻlar ushlagan arqonga bogʻladim. Ular
yoʻqlik dashtiga yoʻl olgan ekanlar, men ham soya kabi ularga hamqadam boʻlay. Ular
mangulik gʻoriga kirib gʻoyib boʻlsalar, men ham ularga toʻrtinchi yoʻldosh - iti sifatida
qoʻshilay .
XIV
Odamzod vujudi osmonining jahonni yoritar yulduzlari va inson zotiga xos boʻlgan
konning behisob javharlari boʻlgan soʻz ta’rifida va baxt yulduzlarining bir-biri bilan
yaqinlashishi yaxshi belgi koʻrgazgani hamda qimmatbaho javharlarning bir-biri bilan
yaqinlashuvi yoqimli tuyulganidan nazm tarkibini nasr tartibidan ortiq koʻrish haqida
Do'stlaringiz bilan baham: |