Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
25
http://ziyonet.uz/
toʻkilib yotishi esa nasrdir. Nazm bu qadar yuksak e’zozlanmasa, Tangri Soʻzi da she’r
boʻlmas edi.
Nazmda ham asosiy narsa ma’nodir, uning shakli esa har xil boʻlishi mumkin. Yaxshi
mazmunga ega boʻlmagan she’r tushungan odamlar tomonidan yaxshi baholanmaydi.
Ham yaxshi shaklga ega boʻlgan, ham goʻzal ma’no asosiga qurilgan she’r - haqiqiy
she’r.
Ey Xudo, xuddi shunday she’rlar xalqning muhabbatini qozonsin. Xasta Navoiyga ham
shuni nasib et!
XV
Bir necha soʻz shu mazmundakim, soʻzning ma’nosi uning jonidir, usiz soʻz qolipi jonsiz
qolipdir va buni qanday qoʻlga kiritishni hech kim bilmavdi. Hatto uni qoʻlga kiritgan
odamning oʻzi ham yoʻq, vaysaqilarning noinsofligiga tan bermoq, balki oʻz
behudagoʻyligiga iqror boʻlib ulardan uzr soʻramoq
Kimda ma’no gavhari boʻlsa, oʻsha odam soʻz daryosining gʻavvosidir. Ma’no mash’ali
kimning yuzini yoritgan boʻlsa, fayz haramida jilva etish oʻshanga nasib boʻladi. Kim
ma’no durining sadafidan oʻziga jom qilgan boʻlsa, soʻz mayini oʻsha odam toʻla
simiradi.
Bu shu qadar ajoyib va mazali sharobki, koʻngulning eng qorongʻi joylarini chiroq boʻlib
yoritadi. Osmon xumi ham shu sharob bilan labigacha toʻlatilgan; u xumning ogʻzi esa
quyosh gʻishti bilan berkitilgan. Dunyodagi barcha odamlar bu dengizga gʻarq boʻlgan;
soʻz latofati ularni koʻzdan yashirgan. Kimki undan bir qatra ichgan boʻlsa, kayfidan xum
singari qaynagan. Uning fayzi bilan olam qancha toʻlmasin, uning dengizidan kamaygan
boʻlsa bir qatra kamaygan xolos.
Men shu mayning kayfidan mast boʻlsam ham, lekin oʻtkinch dunyoning odamlariga
qoʻldoshman. Mening dimogʻim nihoyatda qizib, chirogʻim ham oʻsha soʻz shu’lasidan
yongan. Haqiqat jomi qoʻlimga tekkan boʻlsa-da, koʻp vaqt sukut saqlashni afzal
koʻrdim.
Ammo bir vaqt qoʻlimdan ixtiyor ketib, may ixtiyorimni olib olam sahniga sabodek
borsam, obod va buzuq yerlarni quyoshdek axtarsam; yer.yuzidagi hamma narsani qoʻlga
kiritishning hisobini - faqat bu dunyoda emas, eski toqqa yega boʻlgan toʻqqiz qavat
osmonda ham qilolmay, ulfat sifatida bir bazm qurib, bu mayni ichishga azm qilsam;
she’riyatning buyuk taxtiga chiqib oʻtirsam, ming-minglab nazm ahllari oldimda turishsa;
bazmda musiqiy asboblarni shohona qilib tayyorlasam, nimtarkni chakkamga qoʻysam;
soʻz mayidan oldimda chuqur daryo paydo boʻlsa-yu, qoʻlimda qayiqsimon ajoyib jom
bilan har lahzada shu jomni toʻldirib olib, gulrang bodadan sipqarib tursam, turkiy
Do'stlaringiz bilan baham: |