Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
27
http://ziyonet.uz/
badanini teshish, boshini urib uchirish uchun men u yerga koʻp oʻq va tosh toʻplab
qoʻyaman. Bu toshlar jonni qiynovchi taqvodorlikdan, oʻqlar esa shoirning sahardagi
ohidandir. Nogoh bu binoga biror beadab yaqinlashsa, tosh va oʻqdan oʻz jazosini topadi.
Yo Alloh, bu deganlarim qanaqa afsona? Bu xil afsona deganning oʻzi devonadir! Men
koʻp dagʻdagʻa soldim, mastga oʻxshayman yoki telbalik oyogʻimni kishanladi. Mast
boʻlmasam, bunchalik lof urishimning sababi nimada? Bu telbalik boʻlmasa, muncha
koʻpirdim! Men ba’zi odamlardan shikoyat qilgan boʻlsam, buni men oʻzim
tushunmasdan gapirdim. Hammasining gaplari rang-barang, nazmlari ham dilkash va
shirin. Haligi gaplarni aytgan vaqtimda men oʻzimda yoʻq yedim; yoʻq-yoʻq, ular
hammasi yaxshi, mening oʻzim yomon. Navoiy, tebran, navoni bas qil, aytish kerak
boʻlmagan gapni gapirma. Kuying boshdan-oyoq havoyi; tur, ularning boshlaridan oʻrgil,
oyoqlarini oʻp. Hamma gadolarning oldida gado boʻl, shundagina Xudo seni shohga
yaqinlashtiradi.
XVI
Sultonlar guruhining sarafrozi va xonlar mamlakatiga boylik bilan oro beruvchi,
saltanatni, dunyoni va dinni e’zozlovchi Abulgʻozi Sulton Husayn Bahodirxonning
davlatini va podshohligini yaxshiligi va ehsonini olamga yoyilishi madhi va uni burro til
bilan aytmoq qiyinligi, xususan, qalam tilining bunda lol ekanligi
U olampanoh shohni qanday shoh desang, butun olam va odamlar unga mamlakat va
sipoh boʻlgan shohdir. Uning qasri yetti aylanma gumbazdan iborat boʻlib, yetti
otasigacha xon boʻlib oʻtgan.
Otasi xon boʻlishi bilan birga uning dovrugʻi ham boʻlib, koʻproq shuhrati bilan
faxrlangan.
Amalda esa turk, moʻgʻul xonlari uning qullari boʻlib, ular mamlakat berib, mamlakat
oladiganlar boʻlishgan. Buning (qul darajasida) kamtarligi boshqa xonlarga ibrat boʻlib,
Sulton Husayn xonlar va shohlar ustidan shoh boʻlgan.
Shoh Abulgʻozi Quyoshdek ravshan fikrli boʻlib, bayrogʻining yarim oy shaklidagi
belgisi esa Quyoshdan balandda tasvirlangan boʻlgan. Baland osmon uning taxti uchun
munosib joy. Quyoshsimon toʻgarak naqsh kiygan tojiga bezak. Kaftlari dengiz bulutlari
kabi dur, javohir sochsa, tigʻi bu daryo suvini toʻlatuvchidir.
Uning belidagi kamarida yoqut boʻlib, uning yonidagi xanjar esa baliq shaklidadir. Uning
xanjari baliq boʻlmasa, nima boʻlishi mumkin? Dastasini gavhardan yasalgan Mushtariy
desa ham boʻladi.
Naykamalak goʻyo uning yoyi boʻlib, oʻz shohlik yorligʻini uning yordamida falak
toqiga osib qoʻygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |