Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
23
http://ziyonet.uz/
Soʻz gavharining sharafi shunchalar yu’ksakki, gavhardek qimmatbaho narsa ham unga
sadaf boʻla olmaydi. Toʻrt sadaf ichidagi gavharga quti ham shu soʻz, yetti qavat osmon
yulduzlarining burjlari ham shu soʻzdir.
Inson koʻngli qaysi tomonga boqmasin, jahon bogʻchasida yuz xil yangi gullarni
koʻrarkan, ular barchasi bir vaqtlar sirli yoʻqlikning gulshanida yashiringan, gʻunchalar
ham hammasi ochilmagan xolda edi. Azaliyat togʻidan mayin shabada esa boshlashi bilan
jahon bogʻidagi shuncha gullar ochilib ketdi. Bu oddiy shabada emas, gullar sochuvchi
shabada boʻlib, u na’matak va undan toʻkilgan gul yaprogʻiga oʻxshab ketadi. Shu ikki
narsani donishmand odam bir-biriga yopishtirsa, «kofu nun» xosil boʻladi . Dunyodagi
hamma bir-biriga bogʻliq va bogʻliq boʻlmagan narsalar - barchasi shu «kof» va
«nun»ning bolalari, oʻshandan oavdo boʻlganlar. Bu bolalar yana hisobsiz bolalar koʻrib,
bola oʻzi ham ota, ham oʻgʻilga aylandi. Uni soʻz bilan qanday maqtash mumkin? Axir,
nima deyilsa ham uning oʻzini oʻzi bilan maqtalgan boʻladi-da!
Soʻz jon boʻlib, ruh uning qolipidir. Tanida ruhi bor odam doim unga extiyoj sezadi. Soʻz
dunyoda bor barcha koʻngillarning qutisidagi javhar, hammaning ogʻiz qutisidagi
qimmatbaho gavhardir. Agar til bamisoli bir poʻlat xanjar boʻlsa, soʻz unga qadalgan
injulardir. Til shu chamanning ochilgan lolasi boʻlsa, soʻz durlari unga qoʻngan
shabnamlardir. Soʻz oʻlgan odamning tanasiga pok ruh bagʻishlaydi. Soʻzdan tandagi
tirik ruh xalok boʻlishi mumkin.
Yaxshi soʻz bilan oiganni tiriltira olgani uchun Iso paygʻambar oʻzini «Jonbaxsh» degan
laqab bilan atagan. Soʻz tufayli Xalil oʻzini oʻtga tashlagan; Jabrail ham soʻz yukiga
hammol boigan. Tangri insonni sirlar xazinasi darajasiga koʻtargan ekan, uni soʻzlash
qobiliyatiga ega boigani uchun hayvonlardan ortiq qilib yaratdi.
Gʻuncha ogʻizlik, shirin lab jonon gapirmasdan labini yopib turib olsa, uning mayday
totli la’li lablari aqlni mast qilsa, mastlik u yoqda tursin, mayparast qilib qoʻysa ham,
tashqi koʻrinishi bilan osmondagi’oy boʻlsa ham devordagi surat bilan uning koʻrinishi
oʻrtasida farq yoʻq.
Chiroyda yuzi oyning rashkini keltirmasa ham, la’lga oʻxshash lablari shakardon
boʻlmasa ham, gʻamzasi bilan birovlarga oʻq otmasa ham, shunday qilib kipriklari safini
kamaytirmasa ham, oʻz goʻzalligi bilan talonchi va tannoz emas esa-da, unda faqat toʻgʻri
husn bilan noz boʻlsa, lekin poʻpisa bilan soʻzlayotgan chogʻida, tili achchiq boʻlsa ham,
javobi shirin boʻlsa, oʻzicha fitnalar qilsa, turli va’da va xabarlar keltirsa, dashnomlar
berib, aqlni mast qilsa, shunday malohat ustiga yana yolgʻonchilik qilsa, yolgʻonchiligi
yarangga tuz sepib tursa - bunday alangalarda kim yonishni istamaydi?! Va bunday
yaraga kim ham davo qila oladi?!
Do'stlaringiz bilan baham: |