Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
19 
http://ziyonet.uz/ 
U soʻz san’atkorlarining boshidagi toj, hatto bahosi xazinaga teng oʻsha tojning 
gavharidir. U fazilat konidagi gavharlarning qoʻriqchisi, kamolot daryosining 
qimmatbaho injusidir. 
Uning ijodxonasi suvoqlaridan anbar hidi keladi. Xohaning toʻrt tomoniga esa sakkiz 
jannat yashiringan. Garchi uning uyi koʻngil kulbasidek ixcham boʻlsa ham, unda ikki 
jahon jilvalanadi. Baland osmon uning masjidiga qandil, nur sochuvchi quyosh esa oʻsha 
qandildagi sham. Ka’ba uyidan doim unga bir eshik ochiq; namoz vaqtida unga bu eshik 
mehrob vazifasini oʻtaydi. 
Ganja - uning vatani, koʻngli boyliklar koni boʻlib, fikri xazinasi, tili esa oʻsha 
boyliklarni ulashuvchidir. Uning fikr tarozusi «Xamsa»ni, «Xamsa» emas, balki «Besh 
xazina»ni oʻlcharkan, unga Osmon tarozusi pallasi, Yer kurrasi esa botmon tosh boʻldi. 
Aql xazinachisi yuz avlod umri davomida tarozuda tortsa ham bari bir, uning kichik bir 
qismini tortib ulguradi, xolos. 
Uning soʻzlari latofat dasturxonida yoyigʻliq; tili esa ma’no durlarini ipga tizgani tizgan. 
U bebaho soʻz durlarini tartibga solgani uchun taqdir unga «Nizomiy» degan taxallusni 
munosib koʻrdi. Unga nisbatan «Uning sirlari pok boʻlsin!» deyishning xojati yoʻq, 
chunki poklik ruhining oʻzi uning fayzidan nishonadir. Besh harf bilan yoziladigan va 
chiqariladigan son hisobi bilan hisoblasang «ming bir» uning ismini bildiradi . Shu hisob 
bilan uning gavharga teng nomi Xudoning ming bir ismiga hamohang boʻldi. Bunda alif 
harfi uning oʻz ismini bildirsa, qolgan harflar uning bir ming sifatini anglatadi. 
U sochgan durlar yer yuzini qoplab, hatto osmon qutilari ham limmo-lim toʻldi. U soʻzga 
shunday pardoz berdiki, boshqalarga bu sohada qiladigan ish qolmadi. 
Undan keyin hind chavandozi ham hindiy xanjari bilan soʻzni saralab, xanjarining 
chaqmogʻidan uchqunlar sachratib, mingan oti ham oʻtday tez harakat qilib, qayoqqa 
oʻzini oʻtdek tez va qattiq urmasin, hamma yerda toʻpolon koʻtardi. Bu mamlakatda 
qanday soʻz obodonligi boʻlsa, imkoni boricha ularni oʻz qoʻliga kiritdi. Uni shunchaki 
hind chavandozi deb boʻlmaydi, uni hind sultoni deb atash kerak. Uning qalami uchi hind 
mamlakatining koʻrkidir. She’riyatidagi har bir doston Hindistonning bir oʻlkasiga 
tengdir. 
Ganja podshosi (Nizomiy) boyliklarni sochuvchi, u esa unga ergashuvchidir, soʻz 
iqlimida u shoh boʻlsa, oʻz nomi bilan bu ham xusrav (podshoh)dir. Xusrav boʻlib, 
mamlakatni obod qildi. Uni Xusravgina emas, Farhod deb atasa ham boʻladi. Uning 
xunari mehnat-mashaqqat togʻini qazish; bunda togʻ uning she’riyati, tesha esa uning 
tilidir. Uning joni ishq oʻtining oʻtxonasidir, gʻam dengizi esa uning koʻzidan oqqan 
yoshlardir. Sham’ kabi u bazmlarga nur sochadi, bazmlarni yoritadi-yu, oʻzi esa kuygani 
kuygan. 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish