Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
15
http://ziyonet.uz/
Kimning umid-istagi baxtsizlikka yuz oʻgirgan boʻlsa, Sen ularning baxtsiz joniga ora
kiruvchisan.
Kimki tole’i past kelib adashgan boʻlsa, uni faqat shariat qoidalarini tuzuvchilar qutqara
oladi. Kimda kofirlik zulmati toʻplangan boʻlsa, (bu qonun-qoidalar yozilishidagi) har bir
«alif» Islomni sham’dek yoritib turadi.
Sening olijanobliging barcha dinlarga nisbatan boʻlib, «Lom» va «t» dan har bir dinga
zarar bordir.
«Lot»dan dinga doim turli balolar yuz berar edi. Sen uning oyogʻini sindirib, «Lo» si
qoldi, xolos. .
Kofir xalqining «Manot» degan buti boʻlib, sen uni boʻynidan sindirganingdan soʻng u
«mot» boʻldi - yengildi. Sen kufr boshini kesish bilan oʻz qaxringni koʻrsatding. Boshi
shukuhdan ajralganidan keyin, gavdasi boshsiz qoldi.
Xasta Navoiyni nazaringdan chetda tutmagaysen. Unda kufr va xudbinlik boʻlsa, buning
chorasini oʻzing qilgaysen. Bunday inoyating bilan uni Islom jamoasiga kiritgaysen.
X - Toʻrtinchi Na’t
Muxammad s.a.v.ning paygʻambarlik osmonining yuksakligi va butun Olamni Osmondek
oʻz, ichiga qamrab olishdagi kuch-qudrati va uning sahobalari haqidakim, ularning har
biriga Osmonda bir yorugʻ yulduz sadoqatda boʻlgan hamda «mening sahobalarim
bamisoli yulduzlardir» deyilgani shu mazmunda aytilgan
Ey nafasing moʻjizalaringga dastmova boʻlgan, muqaddas ruhlar har gapingga sirdosh
boʻlgan! Gaplashgan chogʻingda fasohat bilan soʻzlaysan. She’riy nutqing esa hayron
qolarli darajada tartibli. Ma’noli va qoidali gapirishingda senga fasixlik xos boʻlib, bunga
«Menda fasohat!» - degan da’vo senga yarashadi. Sogʻlom hukm chiqarishda soʻzlaring
toʻgʻri, fasohat yerida soʻzlaring chiroyli. Gapirganingda sendagi moʻjiza ayniqsa yaxshi
koʻzga tashlanadi. Bunday paytda har qanday fasohat egalari oʻzlarini ojiz sezadilar.
Sening asling javohirlarga boy dengiz boʻlib, soʻzlashganda bu dengizning kafi gavharlar
sochadi. Bu kaf ham emas, besh shoxdan iborat baxr boʻlib, yetti osmonni yetti
pufakchani yutgandek yutib yubora oladi.
Beshvaqt namozga navbat kelganda, Islom panjasi yanada kuchayib ketdi. Kufrning
qoʻlu panjalari esa dardga uchrab, bu dardning sababchisi oʻsha - Islom panjasi edi, -
deyish mumkin. Muhtojlikda qolib, u barmoqlar dard chekar ekan, lekin haqiqatda esa bu
Islom uchun qoʻlga kiritilgan besh xazina boʻldi.
Islom panjasi tobora mustahkam tortib borar ekan, kufrning yetti qoʻrgʻonidan beshdan
bir soliq olar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |