Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
14 
http://ziyonet.uz/ 
Ul paygʻambarlik Kuyoshining soyasi yoʻqligining darajasi, toʻgʻrirogʻi, Quyosh 
boʻlmoq uning soyasi ekanini va besh barmogʻida qalam ushlamagan holda yetti iqlimni 
qoʻlga olgani, hatto barcha dinlarning daftarlari varaqlariga ma’n etish qalamini chekkani 
haqida 
Ey sharaf koʻkida yuzi quyosh sham’i boʻlgan, u sham’ga koʻk osmon soya singaridir! 
Agar senda soya solish odati boʻlmaganda, oyogʻing ostiga tushib yotarmidi! Sham’ing 
darajasining buyukligidan bu soyadan sen or qilding. 
Chehrangdan Quyoshga ham nur taralib, uning atrofida soyasi yaqin kelolmay, ajralib 
yuradi. Alloh senga bundan yuz xissa ortiq nur bergan boʻlib, agar sen soyadan 
nafratlansang ham ajablanarli yeri yoʻq. 
Soya sening shaxsingga yor boʻlmasa ham, ammo butun borliq sening qadring 
soyasidadir. Sham’ing oldida qadimiyat nuri - qorongʻilikdan iborat boʻlib, nimaiki unga 
hamsoya boʻlsa, oʻsha nurdir. 
Barcha oʻtgan paygʻambarlar senga soya sifat boʻlib, bu dega-nim - ular Sening 
Quyoshingdan chiqqan ziyolardir. Olijanob Quyosh oʻz husnini turlicha namoyon 
etganda uning dagʻal jussasi oʻsha soyaga sababchi boʻladi. 
Sening zoting eng oliy nasabning javharidan boʻlgani sababli Yer soyasi bilan 
birlashmadi. Sening qoʻling umrida qalam tutmagan, buning uchun u qanday qilib 
qogʻozni qora qilishi mumkin! Sen qalamning uchini oʻzing ochmagan boʻlsang ham, 
lekin barmoqlaring Oyning qalamini yorgan-ku! 
Ushbu qalaming qogʻozga bir nuqta qoʻymagan boʻlsa ham, boshqa dinlarni bekor etish 
masalalari boʻyicha koʻp narsalami bitdi. Kimki sen xatingda koʻrsatgan yoʻldan chiqqan 
boʻlsa, qalam kabi ular oʻzlari oʻz yuzlarining qoraligini fosh etdilar. Kimki sen 
koʻrsatgan yoʻldan bir qadam chiqqan boʻlsa, qalam oʻrnida jazo tigʻi boshini kesdi-ku. 
Agar qalam yoʻqolib ketsa, bundan tashvishlanishga xojat yoʻq. Chunki jahon senga 
boʻysunib boʻlgan. Sening xatingga Ajamdan boshlab Arabgacha bosh egdi. Shunday 
boʻlgach, Sen qoʻlingga qalam tutmasang, bunga ajablanishning oʻrni yoʻq. Qalam 
yigʻlab turib qoʻlingni oʻpmagan ekan, bu alamli voqea uni bir umr azador qildi. Kim 
yuzini qora qilib, gʻamda ekan, bu - uning yuzi yorilganini emas, yoqasi chok ekanini 
bildiradi. Qalamni qoʻlga olmaganing sababi shundaki, bu qalam koʻp taqdirlarni qora 
qilgan edi. 
Qogʻozlarni qora qilishga berilib ketdik. Lekin baxti qoralarning ximoyachisi 
oʻzingdirsen. 
Sening qalaming xat yozishga hech yaqinlashmadi. Qalaming boʻlmasa ham, sening 
nomalaring Allohga qaratilgan. Sen Allohning qadimiy va abadiy marhamati, baxti qaro 
boʻlgan odamlarning umidisen. 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish