Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
30 
http://ziyonet.uz/ 
XVII 
Koʻngul ta’rifidakim, koʻnguldagidek ta’rif qilish qiyin va uning sifatlarini sof koʻngulli 
kishidan boshqa odam bilmaydi; gʻamgin qalamkash qalamini ishga solmoq va shu 
qalamning qora yozuvlari bilan koʻngulni xushlamoq 
Qudratli dehqon (Xudo) ilk tongda loydan bino boʻlgan odamni oʻz qudratining gulistoni 
qilib yaratdi. Bu guliston tomon tayin bir shabada esib, sunbul, sarv, gul va rayhonlarni 
yelpiy boshladi. Bu rayhonlar u shabadaning hukmiga kirganda, tan gulshaniga xuddi ruh 
kirganday boʻldi. U shabadaning maqsadi gul emas, faqat koʻngulni qoʻlga kiritish edi, 
xolos. 
Koʻngulning maqtovini bayon qilayotgan, ey shoir, koʻngulni nima deb oʻylaysan? Agar 
vujuding gulshanida gul gʻunchasi ochilsa, sen koʻngul gʻunchasi shu, deb oʻylama. Bu 
gʻuncha emas, bu qonli koʻnguldir yoki qonga boʻyalgan yoy oʻqidir. Bu rang va hiddan 
iborat bir shakl ham emas, bu oʻzi bor boʻlsa, boshqa hammasi topiladi. Bu narsa 
kimning, nimaning joni boʻlsa, tanida gʻunchaga oʻxshash qoni boʻlsa, oʻshanda 
boʻlaveradi. Bu dajjolda ham bor, paygʻambarda ham bor, desak, unda Isoni uning eshagi 
bilan tenglashtirib qoʻygan boʻlamiz. Agar bir odam katta savdogar boʻlsa, aqlu xushi 
doim, u qaysi koʻngli bilan oʻzini ahli dil deb hisoblay oladi? Sen jazm qilgan koʻngul bu 
emas. Agar koʻngul shunday boʻladigan boʻlsa, sen undan voz kech. 
Bu «koʻngul» deb atayotgan narsang aslida yurakdir; yurakni «koʻngul» deb ham 
ataganlari uchun bu ikki soʻz nomdagina oʻxshash, xolos. Aslida koʻngul sirlar 
boʻstonining bulbuli boʻlib, poklik haramida jilva qiladi. A’lo darajadagi jannatning isi 
ham shu koʻngul; Ilohiy jilva chirogʻining nuri ham shu koʻngul! 
Boshqalarni (Ilohiy) yoʻlga boshlovchilar uni «eng baland osmon», soʻfiylar esa «ulugʻ 
olam», deb atashdi. Lekin tiniq oinada bu katta jahon (koʻngul) dunyodagi barcha 
odamlar koʻzidan yashirindir. 
Butun dunyo qiblasi boʻlgan Ka’baning ham qadri koʻngilchalik emas. Chunki u Ka’ba 
odamlarning oddiy sajda qiladigan joyi; bunda esa Yaratganning jilvasi zohir boʻlib 
turadi. 
Bu sirlar toʻla xazina - koʻngulni qoʻlga kiritgunga qadar yoʻl boshlovchi qilgan koʻp 
ishlarni qilmoq kerak boʻladi; buning uchun Ka’ba yoʻllarini ham, rindlarning 
mayxonasiga olib boradigan manzillarni ham bosib oʻtish kerak. Xudoga munojot qilish 
bilan yashaydigan odamlar orasida ham boʻlish zarur; mayxonada ham boʻlish kerak. 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish