Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
33
http://ziyonet.uz/
Suv goʻyo gulning oyogʻiga bosh qoʻyganday, boshini emas, kichik toshlarni uning
oyogʻiga xalqa qilib taqib, bularning hammasini uning uchun xuddi bezak sifatida qadab
qoʻyganday.
Gul gʻunchalar parda orqasida qizlarday; ularning baxt ipi tugunlari xali yechilmagan.
Gullarning eng goʻzali hamma koʻrishi uchundir. Bunday gulni xon ham shodlikka
erishish niyati bilan uzadi. Shabnamdan durlar paydo boʻlib, shabada esishi bilan gul
barglaridan kumush tangalar toʻkiladi. Goʻyo koʻzguda ma’shuqaning yuzi va sabza
tuklari koʻringanday, suv yuzida koʻkatlar va gullar aksi koʻrinadi.
Gulga shabnam qoʻngach, har gul yaprogʻi mahbubaning terlagan nurli yuziga oʻxshaydi.
Undagi sunbullar zaharli ilonday chirmashgan; gʻunchalar esa uning nish urishidan ozor
chekadi. Oʻsha zahardan oʻz rangi yashilga aylanib, gʻuncha tepasida bulbul afsungarlik
qilgani-qilgan. Odamlar tugma deb gumon qilgan narsa oyoqni zaharlovchi zahar boʻlib
chiqdi. Tikonning nishiga chidayolmagan bulbul tumshugʻi bilan istagini izhor qiladi.
Sarv tagida tovus xiromon; bu xolda tovus shu’la boʻlsa, sarv undan koʻtarilgan tutunni
eslatadi.
Tovus mast xolda har tomonga jilva qiladi; shu ravishda gul va gul tuplarini sindiradi.
Yangi novda va yangi barglari tolni sochlari oʻsib, paxmoq boʻlib ketgan devonaga
oʻxshatib qoʻyibdi. Bu bogʻ tabibi xiyla va makr bilan suvdan tol oyogʻiga zanjir solgan.
Nargis kasaldan tuzalmagan, hamon oriq, koʻzlari sarigʻ kasaliga uchragan odam
koʻziday sap-sariq. Rangi siniqib, koʻzini doim suvga tikib, undagi koʻkatlarni baliq deb
oʻylaydi . Oʻzidan atrofga oltin rangini sochib, oʻsish-unish xabarchisiga hamisha
bahorni bildiradi.
Lola mayxoʻr qimorbozdek xayajonda, tosidagi ikki dona shudring uning oshigʻi. Gul
ham uning oʻyiniga havasi kelib, choʻntagidagi hamma pullarini yutqazib qoʻydi.
Shudring tosh bilan binafshaning boshiga urib, uning boshini koʻk roʻmol bilan
bogʻlagan.
Momaqaldiroq bulutlar orasida chaqmoq chaqadi; u yerdan tushgan bir qatra yomgʻir esa
Xizr chashmasidek ruhbaxsh. Shabada oʻlganlarni tiriltirish uchun hammaga Isoning
nafasini yetkazmoqda. Bu yerning bir qatra suvi kavsar suvidan ham ziyoda, tuprogʻi esa
jannat gulidan ham toza.
Inson bularning hammasini aylanib koʻrib, bexol boʻlib, xushidan ajrab, till lol boʻlib
qoldi. U bogʻning qaysi tomoniga qaramasin, koʻzga tashlangan gʻaroyibotlar birga ming
boʻlib koʻrinardi. Uning koʻzi qanchalik qiziq tomosha koʻrishni istamasin, ajoyibotlari
ustiga bundan ham ajoyiblari namoyon boʻlardi. Fikri u yerdagi koʻrganlarining ipining
uchini topishga qiynalardi. Hayratiga esa yangidan hayrat qoʻshila borardi.
Ma’yuslik, umidsizlik uning aql ishlarini telbalikka olib bordi; vasvasalar xushini oldi.
Axir shu gulistonning oʻzi bir jahon-ku! Balki undagi har bir gul ichida ham bir dunyo
Do'stlaringiz bilan baham: |