Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
32
http://ziyonet.uz/
aylanib, sarigʻ manqaldan oʻt sochila boshladi (ya’ni tong yorib, quyosh nuri tarala
boshladi). Quyosh oʻtida zulmat toʻni kuyib, yulduzlar uchquni havo boʻylab uchib ketdi.
Tun tovusidan jilva yoʻqolib, uning gullari oynasi ham yiltirashdan toʻxtadi.
Shu payt yoʻqlik shomidan Xoja koʻz ochib , tong yeli yetkazgan xabardan jon topdi.
Mavjudlik shabadasi dimogʻiga urilib, yoʻqlik shomini tutundek haydab yubordi. U
oʻziga ham begonadek edi, devonalarcha yuzini har tomonga urardi. U har nafas tongdek
sargʻayib, tong yelidek oʻzidan ketib turardi. Dunyodagi yuz ming xil ajoyib narsalarni
tomosha qilar, ularning sirini bilishni orzu etardi. Fikr qilib, qancha koʻp oʻylasa, bu
orzuga yetish shuncha mahol tuyulardi. Qancha koʻp toat-ibodat qilsa ham, bu pardadagi
sirlar ochilmadi.
Shundan keyin Inson siniqlik hararmga kirib, joylashib oldi-da, oʻzining ojizligini va
hayratini namoyon qilishga turdi. U ma’ytislik bilan oʻz ojizligiga tan bergandan, keyin
gʻoyibdan ovoz beruvchi unga shunday nido qildi:
— Oʻrningdan tur, bu gulshan boʻylab sayr et, gurkiragan sabzalarga bir nazar sol!
U oʻrnidan turib, bir-ikki qadam yurgan edi hamki oldida Eram bogʻi paydo boʻldi. Bu
qanaqa Eram deng, havorang gulshan. Havorang gulshan ham dema, jannat bogʻining
oʻzginasi. Har bir daraxti sidraga boshini qoʻygan, shoxlari esa shoxlariga chirmashib
ketgan. Barglarining rangi moviylikda osmonni uyaltirardi. Uning soyasida esa hatto
quyosh salqinlasa boʻladi. Undagi sarvlar boʻydor va zangor rang, har biri bamisoli
osmon saroyining bitta ustuni. Chinorlarining zulmidan quyosh azobda, panjalari quyosh
panjasidan zoʻr. Shuning uchun bu qiyinchilikdan uning rangli sariq, issiq ohlari bilan uni
kuydirgani kuydirgan. Sandalining muattar hidi Iso nafasini eslatadi. Undan oʻlik ham Iso
tiriltirgan odamday tirilib ketadi. Uning isidan suv gulobga aylanadi, soyasi esa tiiproqni
toza mushkka aylantiradi. Teraklarning oppoq tanasi kumushga oʻxshaydi; gʻir-gʻir esib
turgan shabada unga gard ham qoʻndirmaydi. Oqterak tanasining kumushsimonligi
yosmin tanasining oqligiday, yaproqlari esa havorang tangalarga oʻxshaydi.
Sanubarlarning shoxi osmonga yetgan, tugmalari bilan yulduzlarni qalpoqchalardek
berkitgan, sarv va oqteraklarning safi uzilmay, choʻzilib keta beradi. Oqteraklar
sarvlarning qomatini koʻrib (oʻz qomatining norasoligidan) xijolatda.
Qizigʻi shuki, sarvning boshida gullar ochilib, hatto toʻkilib, taglariga sochilib yotibdi.
Bunda oʻsgan koʻkatlar rangi zumradga, tuk bilan qoplangan tugmalari esa zabarjadga
oʻxshaydi. Har tomonda bitta shisha rang xovuz, lekin bu xovuzlarning oinasini
namlikdan chang bosmagan, tiniq. Ularning oynasida jon surati jimir-jimir etib jilva
qiladi; unga oqib kelib quyiladigan ariqni esa shu oynaning dastasi desa boʻladi. Bu ariq
suvidan inson ruhi oziq oladi; ostidagi mayda toshlari xuddi la’l va yoqutga oʻxshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |