Ey Robbim!
Qancha menga nemat ato qilding, unga shukrim oz bo’ldi.
Qancha balo bilan meni sinading unga sabrim oz bo’ldi.
Ey ne’matlariga shukrim oz bo’lsa ham ularni man qilmagan zot
Ey balolarga sabrim oz bolsa ham meni hor qilmagan zot
Ey masiyatlarim uchun meni sharmanda qilmagan zot
Ey sanoqsiz tuganmas ne’matlarning egasi
Ey bitmas tuganmas ma’ruflarning egasi
Dunyoyim bilan dinimga yordam ber
Taqvo bilan oxiratimga yordam ber
Bilmagan narsalarimdan meni saqlagin
Meni nafsim istayotgan narsaga meni tashlab qo’ymagin
Ey gunohlar zarar qilmaydigan,
kechirishlik mulkini kamaytirib qo’ymaydigan zot
Senga zarar qilmaydigan narsada meni kechirgin
Seni mulkingni kamaytirib qo’ymaydigan narsani ato qilgin
Ey Al-Vahhab sendan yaqin yengillikni va go’zal sabrni so’rayman
Jamiki balolardan ofiyatni
Ofiyat uchun shukrni so’rayman
Do'stlaringiz bilan baham: |