10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMDAN
FOYDALANISH
Masharipova Gulbahor Shexnazarovna
Xorazm viloyati, Hazarasp tumani,
15-maktab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Annotatsiya: O‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta‘lim sifatiga
kuchli ta‘sir korsatib: - ta‘limni modernizatsiyalash, innovatsion o‘qitish imkoniyatlarini
kengaytirish imkonini beradi. Har bir fanni bir-biriga bog‘lab o‘qitish o‘quvvchilarning darsga
nisbatan qiziqishi oshiradi hamda mazkur fandan o‘zlashtirish darajasini oshirish imkonini beradi.
Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida o‘quv tarbiya jarayonining
aloqadorligi sezilarli darajada ortadi. Maktabning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda dunyoga
yaxlit, o‘zaro aloqador bo‘lgan birlik sifatida qarashni, uning global muammolari hamda bu
muammolar yechimini ko‘ra va tushuna bilishni shakllantirishdan iborat.
Kalit so‘zlar: ta’lim, aloqadorlik, nutq, ona tili, tarbiya, ma’naviy ta’sir.
Integratsiya – fanlarning differentsiatsiyasi tufayli tarixan tarkib topgan o‘quv fanlariga bo‘lib
o‘qitish tizimining kamchiliklarini tuzatishga qaratilgan ularning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash
shakli sifatida qaralishi mumkin. Integratsiyalashgan ta’lim deganda mazmunan bir-biriga
yaqin va bir-birini to‘ldiradigan fanlarni bir-biriga bog‘lagan holda dars o‘tish usuli tushuniladi.
O‘quv fanlarini integratsiyalashning didaktik mohiyati turli o‘quv fanlari bo‘yicha yangi bilimlarni
shakllantirishning kontseptual tuzilma va metodlarini aniqlash imkonini beruvchi pedagogik
tadbirlar tartibi hamda qonuniyatlarini ishlab chiqish zarurati bilan belgilanadi. Tor ma’noda
qaralganda, o‘quv fanlari integratsiyasi fan sohalari va ilmiy bilimlar o‘zaro sintezining uzviy
davomi hisoblanadi.
O‘quv fanlari integratsiyasining asosiy maqsadi sub’ektiv yangi bilimlarni sintez qilishdan
iborat bo‘lib, integratsiya jarayonlarining bosh vazifasi – sub’ektiv yangi ilmiy bilimlarni sintez
qilishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Fanlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqdir. Masalan, boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish
fanlari. Bu ikki fan orasidagi integratsiya jarayoni shundan iboratki, ikkala fanning maqsadi
o‘quvchilarda yozma va og‘zaki nutq malakalariga ega bo‘lishga qaratilgan.
Nutq o‘stirish - harflarii to‘g‘ri talaffuz etish va yozish, so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish va yozish;
gap ohangiga rioya qilgan holda ravon obrazli o‘qish; gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks
etishi va yozilishi; fikr bayon qilish uchun zarur bo‘lgan ayrim grammatik vositalarni o‘z o‘rnida
qo‘llay olish, xalq og‘zaki ijodi hamda bolalar adabiyoti namunalaridan olingan parchalarni o‘qib
tushuna olish kabi talablarni o‘z ichiga oladi. Deyarli har bir darsning maqsadi nutq o‘stirishga
qaratilgandir. Asosan ona tili va o‘qish, sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilar nutq
o‘stirish bilim, ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lsalar, rus tili, matematika, tabiat, odobnoma,
musiqa madaniyati, tasviriy san’at, mehnat, jismoniy tarbiya darslarida uni mustahkamlab,
to‘ldirib boradilar. Ona tili va o‘qish fanlarining integratsion ravishda o‘qitilishi bolalarda ushbu
ko‘nikmalarning bir maromda rivojlanishiga asosiy omil bo‘ladi.
Yana bir misol, 4-sinf tabiatshunoslik darsligida yurtimizning tabiati, o‘rmonlari, yer osti
qazilmalari, hayvonot olami, geografik o‘rniga doir matnlar berilgan bo‘lib, o‘quvchilar ushbu
matnlarni o‘rganib gapirib berish jarayonida ularning nutqida yangi so‘zlar boyligi ortib, nutq
madaniyati o‘stirish jarayoni ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |