10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONATILI FANINI O‘QITISHDA FSMU
TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
Madrimova Indira Azatbayevna
Urganch shahar 24-sonli ixtisoslashtirilgan
maktabning boshlang‘ich ta’lim oqituvchisi
Annotatsiya: Yoshlarga ta’lim–tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish
o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini, iste’dodi, tajribasi va madaniyati hozirgi zamon pedagogik
texnologiyalarini qo‘llashi, o‘quvchilarni o‘zaro faolikka olib kelishiga bog‘liqdir.
Kalit so‘z: FSMU texnologiyasi ,o‘quvchi, til, sintaksis, ohang , tinish.
Ta’limdan asosiy maqsad bolalarga bilim berishgina emas, balki bilim olish yo‘llarini o‘rgatish,
ularni ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish demakdir. Yangicha ijtimoiy, iqtisodiy
sharoitda tilni o‘qitish mazmunini takomillashtirish, darslarni jahon andozalariga mos ravishda
tashkil etish o‘quvchi faolligini oshiradigan muhim omillardan hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya - ta’lim jarayonida oldindan rejalashtirilgan va to‘laligicha
loyihalashtirilgan, muayyan vaqtga mo‘ljallangan, ta’lim jarayonida ko‘proq ta’lim oluvchi
shaxsiga qaratilgan,faollashtirilgan usullar va zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalangan holda
o‘quv maqsadiga erishishni kafolatlaydigan ta’lim berish jarayonidir.
FSMU texnologiyasi – 4 bosqichli yozilgan qog‘oz varaqlarini tarqatadi va yakka tartibda
tarqatiladi.
Bunda:
F – fikringizni bayon eting.
S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating.
M – ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring.
U – fikringizni umumlashtiring.
O‘qituvchi tinglovchilar bilan bahs mavzusini belgilab oladi.
Yakka tartibdagi ish tugagach, tinglovchilar kichik guruhlarga ajratiladi va o‘qituvchi kichik
guruhlarga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi.
Kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda
umumlashtirgan holda 4 bosqich bo‘yicha yozishlari taklif etadi.
O‘qituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa o‘rtasida himoya qilishlarini so‘raydi.
“Sintaksis, ohang va tinish belgilari” mavzusi bo‘yicha fikrlaringizni bayon qiling.
F – Sintaksis, ohang va tinish belgilari o‘ziga xos grammatik xususiyatga ega.
S – Sintaksis, ohang va tinish belgilari mustaqil so‘z turkumlariga mansub bo‘ladi. Masalan,
kitob o‘qimoq, maktabga bormoq. Lekin ukam uchun, telefon orqali birikuvlari ikkinchi so‘zlari
mustaqil so‘z bo‘lmaganligi uchun so‘zlarning bog‘lanishiga misol bo‘la olmaydi;
M – Sintaksis, ohang va tinish belgilari bor so‘zlarning ma’nolari o‘zaro mos bo‘lishi lozim.
Masalan, oyna so‘zining ma’nosi sinmoq so‘zining ma’nosiga mos. Ammo randalamoq, uzilmoq
so‘zlariga mos emas. Shuning uchun nutqda ma’nosi mos bo‘lmagan so‘zlarni bog‘lash xato
bo‘ladi;
U – Sintaksis, ohang va tinish belgilari bor so‘zlarni bog‘lovchi qo‘shimchalar ham o‘z o‘rnida
bo‘lishi kerak. Masalan, Toshkentda yashayman, ukamning daftari birikmasida qo‘shimchalar
to‘g‘ri qo‘llangan. Lekin Toshkentga yashayman, ukamni daftari birikmasida qo‘shimcha noto‘g‘ri
qo‘llangan.
So‘zlarning gapdagi bog‘lanishi sintaktik aloqa, sintaktik aloqani o‘rganuvchi bo‘lim sintaksis
deyiladi.
Tovushlardan so‘z va qo‘shimchalar, so‘z va qo‘shim-chalardan gap hosil bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. R. Ishmuhammedov “O‘quv jarayonida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash uslubiyati”, Toshkent, RBIMM-2008 yil.
2. A. G‘ulomov, M. Qodirov “Ona tili o‘qitish metodikasi”, Toshkent., 2001 yil.
3. Qodirov M., Ne’matov H., Abduraimova M. Sayfullayeva R.,Mengliyev B. Ona tili 8-sinfi
darslik/ T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2019. – 144 b.
463
Do'stlaringiz bilan baham: |