Масъул муҳаррир


O‘QUVCHILARNING O‘QISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet325/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
O‘QUVCHILARNING O‘QISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH
Mamadaliyeva Xosiyat Qosimovna
Uchko‘prik tumani 31-maktab
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
tel: 90-506-68-58
e-mail:hosiyat@mail.ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘qishni o‘rgatish, o‘qish 
ko‘nikmasini hosil qilish, o‘quvchilarda savodxonlikni oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bayon 
etilgan
Kalit sozlar: boshlang‘ich ta’lim, o‘qish darsi, o‘qish ko‘nikmasi, savodxonlik
Savod o‘rgatish davrining o‘ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari Ma’lumki, savod 
o‘rgatish, o‘qish darslarining asosiy vazifasi. O‘quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, 
ularning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish orqali bolalarda to‘g‘ri, ongli, ifodali o‘qish ko‘nikmalarini 
shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o‘quvchilar lugatini boyitish, boglanishli nutqini o‘stirish, 
bilimini boyitish, mavhum tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o‘stirishda 
ham bu davr mas’uliyatliligi bilan alohida o‘rin tutadi. Tayyorgarlik davri o‘qishda o‘rgatish uchun 
zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o‘zgalar nutqing eshitish, diqqatni to‘plash, til birikmalarini 
(tovush, bo‘g‘in, so‘z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar 
shakllanadi. Bular o‘quvchilarniig o‘qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi. O‘qish 
va yozish — nutq faoliyatining turi. Maktabda o‘qitish o‘qish va yozishga o‘rgatishdan boshlanadi. 
,,Alifbe”ga suyangan holda qisqa vaqt ichida o‘quvchilar o‘qish va yozishga o‘rganadilar. 
Savod o‘rgatish davrtda o‘qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish 
o‘qish va yozish ko‘nikmasi deyiladi. Ushbu ko‘nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday 
ko‘nikmalarsiz shakllanmaydi. Bilim ko‘nikmaga aylanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan, bola v 
harfining elementlarini, yozuv chiziqlari bo‘ylab qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza 
olmasligi yoki o‘quvchi harflarni tanib, ularni o‘qiy olmasligi mumkin. ko‘nikmasini hosil qilish 
uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to‘g‘ri o‘tirish, ruchkani barmoqlar 
orasida tutitsh, daftarni qiyalikda qo‘yish kabilar ham o‘rgatiladi. O‘qish va yozish ko‘nikmasi 
takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir 
necha marta takrorlanishi lozim. Yozish malakasida o‘quvchi ruchkani qanday uhlash, qanday 
yurgizish haqida 15 o‘ylab o‘tirmay, so‘z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o‘qish va yozish 
malakasi harakatning o‘ylab o‘tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka o‘qitishning keyingi 
bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi. O‘qish va yozish kishi nutq 
faoliyatining turi bo‘lib, u nutqqa oid malakadir. O‘qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq 
faoliyatining boshqa turlari bilan, ya’ni og‘zaki hikoya qilish, o‘zgalar nutqini eshitish orqali 
anglash, ichki nutq bilan uzviy bog‘liq holda shakllantirldi. Maktabda o‘qitishning muvaffaqiyati 
savod o‘rgatishning qanday darajada o‘qitilganligiga bog‘liq. O‘quvchini savod o‘rgatish jarayonida 
elementar” o‘qish va yozishga “ o‘rgatishda oquvchilarning faoliyat ko‘rsatishi va nutq faoliyatiga 
intilishlari uchun talab bo‘lishi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma ifodalay olishlari uchun zaruriyat va 
ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi zarur. O‘qish va yozish malakasi biri ikkinchisining 
muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta’minlaydi. Shuning uchun ham o‘qishga o‘rgatish bilan yozuvga 
o‘rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan, 
savod o‘rgatish jarayonida bola juda ko‘p o‘qishi va yozishi zarur. O‘qish uchun ham, yozish uchun 
ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o‘qish bilan maqsadga erishish 
qiyin. Bu ko‘pincha o‘qilgan matnni yuzaki yodlab olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat 
va mazmunning almashinishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o‘stiradi. 
O‘quvchi oldida uzoq muddatda amalga oshadigan maqsad – o‘qish va yozishni o‘rganish hamda 
hozirda bajarishi shart bo‘lgan kundalik maqsad — topishmoqni o‘qish va javobini topish, so‘z va 
gaplarni o‘qish, rasm asosida so‘zlab berish kabilar turadi. O‘zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni 
fonematik yozuvdir. Har bir tovush uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. 
O‘qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. 
Bu o‘qish va yozish faoliyatida o‘quvchi uchun qiyinchilik tug‘dirgandek tuyulsa-da, aslida, o‘qish 
va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni ifodalovchi harflar soni uncha 


464
10
ko‘p emas. O‘qish va yozishni o‘zlashtirish uchun tovush va harflarning o‘zaro munosabatiga 
oid qoidalarni o‘zlashtirish kifoya. Savod o‘rgatish metodikasida o‘zbek tili tovushlar va harflar 
tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.
Savod o‘rgatishda o‘zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim 
ahamiyatga ega: Savod o‘rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi 
o‘zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‘. E harfi so‘z va bo‘g‘in boshida qo‘llanadi 
(ekin, echki, aeroplan), undoshdan keyin o‘rta keng lablanmagan unli tarzida o‘qiladi (kel, tez). 
Shuning uchun bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so‘zlar savod o‘rgatish davridan so‘ng 
o‘quv jarayoniga kiritiladi. A tovushi bahor, savol kabi so‘zlarda o kabi, muomala, munosabat 
kabi so‘zlarda i tovishiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi. U tovushi qovun, sovun kabi 
so‘zlarda i tovushiga yaqin talaffuz eshitilsa ham u yoziladi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Abdullayeva Q, Rahmonbekova S. Ona tili darslari (qo‘llanma).- Toshkent, 1999.86b 
2. Abdurahmonov G‘. O‘zbek tili grammatikasi. – Toshkent, 1996. 
3. Mahmudov N, Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. – Toshkent, 2002. 
4. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Boshlang‘ich ta’lim fakultetlari 
uchun darslik- Toshkent: Noshir, 2009. 


465

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish