10
SUITSID – JAMIYAT UCHUN XAVFLI KASSALLIK
Matkarimova Gulnoza Otabekovna
Xorazm viloyati Hazorasp tumani
14-son maktabi amaliyotchi psixologi
Tel +998974517817
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda yoshlar orasida tarqalayotgan ijtimoiy havfli
bo‘lgan suitsid hamda uning jamiyat hayotidagi zararli tasirlari haqida, uni oldini olish chora
tadbirlari xususida fikrlar bildiriladi.
Kalit so‘zlar: Suitsid, G. Deze, «Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror, oila maktab va mahallaning hamkorligi.
Suitsid (ingliz suicide – o‘z – o‘zini o‘ldirish) – ongli tarzda insonning hayotda olgan o‘tkir
psixik jarohatlari ta’sirida, o‘z hayoti haqidagi o‘y hayolining yo‘qotishi. O‘z -o‘zini o‘ldirish –
aktiv jamiyatda yashashni ijtimoiy – passiv tarzda rad etishning oxirgi belgisidir. Suitsid atamasi
ilk marta italyan psixologi G.Deze tomonidan 1947- yili kiritilgan va «o‘z umridan mahrum
bo‘lish niyatidagi hatti – harakat» ma’nosini bildirgan. Bu masalaga qiziqishlar doim bo‘lgan.
Ammo, o‘z-o‘zini o‘ldirish muammosi har yili global xarakterga ega bo‘lsa, suitsid harakatlari
insonning hayotdagi u yoki bu inqirozli vaziyatdan qochishlaridagi urinishlari bo‘lib qolmoqda.
Ushbu holatning yoshlar orasida tarqalishi esa juda ayanchli holatga aylanib qolmoqda. Bugungi
kunda yoshlar orasida suitsid nisabalarni juda oddiy sabablar ekanligi esa undan ham ayanchlidir.
Yoshlar orasida o‘z joniga qasd qilishing eng ko‘p uchrayotganlariga misollar keltirib o‘tsak:
1. Ishqiy munosabatlarning yakun topishi.
2. Suyukli inson (oila ahzosi) ning vafoti
3. O‘quv yurtidagi bosim
4. Tengqurlar tomonidan bosim.
5. Ota-onalar bosimi.
6. Muloqotning yetishmasligi.
7. Ishonchsizlik.
8. Jinsiy tarbiyaning yetarli emasligi.
9. Jazolanishdan qo‘rqish.
Ushbu keltirilgan, biz uchun arzimagandek tuyilgan sabablar tufayli bir insonning umri yakun
topishi insonni dahshatga soladi, meni nazarimda. Bunday ishlarni oldin olish maqsadida keng
ko‘lamli ishlar amalga oshirish: oila maktab va mahallaning hamkorligini amalga oshirish lozim.
Har bir maktabda tashkil etilayotgan psixolog lavozimiga tajribali va yoshlani tushunadigan
kadrlar qo‘yish to‘g‘ri bo‘lar edi.
Bundan tashqari ushbu masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani ham sir emas
2018-yil 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Psixiatriya
yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni
imzoladi. Unga ko‘ra, 2018-yil 1-maydan boshlab xususiy tibbiyot tashkilotlariga ruhiy holat
buzilishini va xulq-atvor buzilishini tashxis qilish va davolash bo‘yicha aholiga ayrim xizmatlar
ko‘rsatishga ruxsat etildi. 2018-yil 1-oktyabrdan boshlab dispanser kuzatuvi ostidagi shaxslar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning psixiatriya muassasalarida qancha muddat bo‘lganliklari,
berilgan dori vositalari, ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar va taqdim qilingan imtiyozlardan iborat
bo‘lgan, shuningdek, bu sohadagi ishlarning holati to‘g‘risida tezkor axborot olish imkonini
beruvchi ushbu shaxslarning yagona elektron reestri yuritilishi amaliyotga joriy etildi.
Shuningdek, 2018-yil 1-apreldan boshlab ichki ishlar organlari o‘z joniga qasd qilingan
har bir holat to‘g‘risida psixiatriya xizmati muassasalariga zudlik bilan xabar berishi belgilab
qo‘yildi. Bular albatta, ushbu sohada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar namunasidir.
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, har bir darding davosi birinchi o‘rinda mehrdir. Ma’lumki,
kuchli ruhiy iztiroblarni boshidan kechirayotgan o‘spiringa uning uchun ahamiyatli bo‘lgan insonlar
tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan psixologik yordam 90 foiz holatda vaziyatning ijobiy tomonga
o‘zgarishiga olib keladi. Suitsid – ijtimoiy kasallik, uni davolash uchun jamiyatning har bir
a’zosi, oila, maktab, mahalla, tahlim muassasasi, davlat va jamoat tashkilotlarining uyg‘unlikdagi
faoliyati kontseptsiyasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A. K. SHamshetova., E.S. Suletbayeva., M.K. Yerjanova “Ta’lim muassasalarida suitsidning
psixoprofilaktik chora-tadbirlarini tashkil etish” Nukus 2015
470
Do'stlaringiz bilan baham: |