Масъул муҳаррир


 Grammatika, fonetika, so‘z yasalishini o‘rganish metodikasi



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

3. Grammatika, fonetika, so‘z yasalishini o‘rganish metodikasi. Bu bo‘lim elementar to‘g‘ri 
yozuvga va husnixatga o‘rgatishni, Grammatik tushunchalar, boshlang‘ich imloni shakllantirishni 
nazarda tutadi.
4. Nutq o‘stirish metodikasi. Bu bo‘lim boshlang‘ich sinflarda alohida o‘rin tutadi. Bolalar 
birinchi navbatda tilni, nutqni o‘quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli 
narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o‘ylab, rejali nutq tuzish zarurligini 
ham tushuna boshlaydilar. Ular o‘zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik 
va morfologik shakli bilan ham og‘zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni ham egallaydilar. 
Metodika bolalar nutqini boyitishi, sintaktik va boglanishili nutqini o‘stirishni ham ta’minlash 
kerak[1.5-bet]
Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va 
ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitish nafaqat 
ularning bilim darajasiga, savodxonligiga ta’sir qiladi, balki ularning o‘z ona tilisi orqali vataniga, 
xalqiga bo‘lgan muhabbati shakllana boshlaydi. Chunki Vatanga muhabbat, avvalo, ona allasi va 
ona tili orqali inson qalbiga singadi.
Darslar bugungi kunda malakali o‘qituvchilar tomonidan turli o‘qitish texnologiyalari orqali 
olib borilmoqda. Xususan, o‘quvchilarga bilim berish, bilimlarini oshirishda mustaqil ishlarni 
uyushtirish, bilimlarni hisobga olish kabi kabi metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilmoqda, texnik 
vositalardan unumli foydalanish, grammatik ta’limiy o‘yinlarni joriy etish keng tus olmoqda. 
Ta’lim jarayonida test topshiriqlaridan, turli boshqotirma va jadvallardan keng foydalangan holda 
mashg‘ulotlar uyushtirilmoqda[1.16-bet].
Ona tili – boshlang‘ich sinflarda o‘quv predmeti sifatida. Til fikrni ifoda etuvchi asosiy 
qurol hisoblanadi. Til jamiyat a’zolarining bir- birini tushunishidagi asosiy vositadir. Til qanchalik 
takomillashsa, fikr ham shunchalik aniq va ravon bo‘ladi. Maktabda ona tilini chuqur o‘rganish 
zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.
K.D.Ushinskiy boshlang‘ich maktab o‘quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat 
berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan.[1.16-bet]. ”Ajoyib o‘qituvchi bo‘lgan ona 
tili bolaga ko‘p narsa o‘rgatadiki, ko‘p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodika jihatdan juda 
to‘g‘ri o‘qiganda ham uning yarmicha o‘rgana olmaydi. Ona tilining ulug‘ pedagogligi ham mana 


471
10
shundadir”, - deydi u[2.49-bet]. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish ularning ongli o‘qishi va 
savodli yozishi uchun, og‘zaki va yozma nutqning qonun-qoidalarini egallashi uchun kerakdir.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili mashg‘ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. O‘qish, yozuv, Grammatik materialni o‘qish, kuzatishlar hamda o‘quvchilarning ijtimoiy 
faoliyatlari bilan bog‘liq holda, ularning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish.
2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o‘rgatish, ya’ni ularni elementar o‘qish va yozishga 
o‘rgatish, bu ko‘nikmalarni malakaga aylantirish.
3. Adabiy til me’yorlarini, ya’ni imloviy va tinish belgilariga rioya qilingan savodli yozuvni, 
to‘g‘ri talaffuzni o‘rganish, nutq va uslubiy elementlarni egallash.
4. Grammatika, fonetika, leksikologiyadan nazariy materiallarni o‘rganish, tildan ilmiy tush-
unchalarni shakllantirish.
5. O‘quvchilarni o‘qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa ad-
abiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda badiiy asarni idrok etish ko‘nikmasini hosil qilish.
Bu vazifalarning hammasini boshlang‘ich sinflarda ona tili predmeti hal etadi va ular ona tili 
dasturida aks etadi[1.17-bet].
Xulosa qilib aytganda o‘quvchi va talabalarni ona tili darslarida mustaqil, ijodiy fikrlashga 
o‘rgatish, ular ongida ma’naviy-ma’rifiy inqilob hosil qilishga intilish lozim. Ularning ijodiy ta-
fakkur tarzini shakllantirish, dars va mashg‘ulatlarni o‘quvchi va talabalarning nutqiy malakasini 
yuzaga kelishiga qaratish maqsad qilib olindi. Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiyki 
boyliklarni, bilimlarni o‘rganish, o‘zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti 
va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish