O’zbek tilining sohada qo’llanishi fanidan Taqdimot Mavzu: “Orfoepiya qoidalari” Bajardi: 3-4MX-20 guruhi talabasi Norqulova Malika Orfoepiya - Orfoepiya so'zlarni, ularning tarkibidagi tovushlarni, shuningdek, o'zak va qo'shimchalardan iborat so'/ formalarini to'g'ri talaffuz qilish me’yorlari tizimidir. Tilshunoslikning bu tizim haqidagi bo'limi ham orfoepiya deyiladi.
- To'g'ri talaffuz nutq madaniyatining muhim belgilaridan biri sanaladi. Adabiy tilda to'g'ri yozish qanchalik muhim bo'lsa, to'g'ri talaffuz ham shunchalik ahamiyatlidir. Shuning uchun ham o'quvchi va talabalarda to'g'ri talaffuz ko'nikmalarining shakl la nt i ri 1 ish iga ta’limning barcha bosqichlarida jiddiy e’tibor beriladi.
Unli tovushlar orfoepiyasi - I unlisi: 1) bir bo'g'inli so'zlarda qisqa va ingichka talaffuz qilinadi: til, tisb, bil, sir kabi;
- U unlisi: I) bir bo'g'inli so'zlarda va ko'p bo'g'inli so'zlarning urg'usiz bo'g'inida qisqa (tush, rus, pul, buloq, bug'doy kabi).
- O' unlisi: 1) bir bo'g'inli so'zlarda, shuningdek ko'p bo'g'inli so'zlarning urg'usiz bo'g'inida qisqa talaffuz etiladi: bo‘r, to'r, ro'mol, so'roq kabi;
- E unlisi: I) so'z va bo'g'in boshida kengroq (erkin, ekin, eslamoq kabi), bo'g'in ichida bir oz torroq (kecha, beda, tekin, sekin kabi) talaffuz qilinadi.
- A unlisi: 1) sayoz til orqa k, g undoshlari bilan yonma-yon kelganda yumshoq va ingichka unli tarzida (kam, katta, gap, gal, gazlama, kayjlyat kabi).
- O unlisi: 1) quyi keng, kuchsiz lablangan unli tarzida talaffuz qilinadi: tosh, bahor, somon, shamol kabi.
Undosh tovushlar orfoepiyasi - Undosh tovushlar orfoepiyasi ko'proq kombinator va pozitsion omillar ta’sirida yuz beradigan fonetik hodisalarga bog'liq boiadi. Xususan:
- b, d jarangli undoshlari so'z oxirida jarangsiz p,t tarzida talaffuz etiladi, bu hoi o’zbek adabiy talaffuzi uchun me’yor hisoblanadi: kitob > kitop, borib > borip, yozib > yozip, savod > savot, obod > obot kabi;
- b, d undoshlari jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qollanganda assimilatsiyaga uchrab, p, t holida talaffuz etiladi, bu hoi ham adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi: ibtidoiy > iptidoiy, ketdi > ketti
So‘z qismlari talaffuzi - Q, K bilan tugagan otlarning egalik aflfikslari bilan turlangan shakllari quyidagicha talaffuz etiladi: a) ko‘p bo‘g‘inli so'zlarda qishloq> qishlog'imiz.
- Q, K, G, G' bilan tugagan otlarningjo'nalish kelishigidagi shakllari quyidagicha talaffuz qilinadi: qishloq+ga > qishloqqa.
- Fe’llarda: a) ong+la > angla, son+a > sana, yosh+a > yasha kabi.
- Olmoshlarda: u+n+da > unda, bu+n+da > bunda, shu+n+da > shunda (bir «n» orttiriladi).
- fi/>so‘zidan dona son yasalganda, o'zakdagi «r» undoshi «t»ga o'tadi: bir+ta > bitta kabi.
Boshqa tillardan o'zlashtirilgan ayrim so'zlar orfoepiyasi - Turkiy tillarda, ma’lumki,/undoshi bo'lmagan, shuning uchun jonli so'zlashuvda arab, fors va rus tillaridan o'zlashgan so'zlardagi «f» ni «p» deb talaffuz qilish hollari uchraydi: ulfat> ulpat.
- So'z yoki bo'g'in boshida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi turkiy tillarga xos bo'lmagan. Bu hodisa keyinchalik boshqa tillardan o'zlashtirilgan so'zlar talaffuziga ham ta’sir qilgan — jonli so'zlashuvda so'z yoki bo'g'in boshida yoxud bo'g'indagi ikki undosh orasida bir unlining orttirilishiga olib kelgan: shkaf> ishkop, stakan > istakon, plan > pilon, traktor> tiraktir kabi.
- Umumturkiy so'zlarda ikki unli yonma-yon qo'llanmaydi, bu hoi arabtilidan o'zlashgan oila, doir, rais, maorif saodat, mutolaa kabi so'zlar talaffuziga ta’sir qilgan: oila, doir, rais so'zlarida bitta «y» orttirilgan (oyila, doyir,rayis kabi), maorif, saodat, mutolaa so'zlari esa unlilarning diftong- lashuviga — mo.rip, so:dat, mutoia: kabi talaffuz qilinishiga olib kelgan.
Arab tilidan o'zlashtirilgan ta'na, da’vo, ma'no, e’lon, me’mor, mo'tabar kabi so'zlarning birinchi bo'g'inidagi unlilar arabcha «ayn» tovuShi ta’sirida bo'g'iz artikulatsiyasi bilan cho'ziqroq talaffuz etiladi. - Arab tilidan o'zlashtirilgan ta'na, da’vo, ma'no, e’lon, me’mor, mo'tabar kabi so'zlarning birinchi bo'g'inidagi unlilar arabcha «ayn» tovuShi ta’sirida bo'g'iz artikulatsiyasi bilan cho'ziqroq talaffuz etiladi.
- Rus tilidan o'zlashgan so'zlarda «i» unlisi o'zbek tilining «i» unlisidan torroq va cho'ziqroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: tish (o'zb.) — tip > ti:p (rus.), //‘/(o'zb.) - tir> //./-(rus.) kabi.
- O'zbek tilidagi urg'u asosan so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi, ammo ayrirn o'zlashgan so'zlarda urg'u so'zning oldingi bo'g'inlarida bo'lishi ham mumkin: hamma, jami, hamisha, afsuski kabi. Bunday holatlardan xabardor bo'lish adabiy talaffuz me’yorlariga amal qilish imkonini beradi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |