TARIX I – VARIANT. TEST
1. Qadimgi Rim va Yunonistonning bir-biriga mazmunan to‘g‘ri keluvchi xudolari keltirilgan javobni aniqlang.
A) Fortuna - Artemida B) Mars – Nika
C) Vista – Geleos D) Vulkan – Gefest
2. Konstantin tomonidan imperiya poytaxti Vizantiy shahriga ko‘chirilgach, bu yerga qaysi shaharlardan kolonnalar va haykallar olib kelib o‘rnatildi?
A) Karfagen, Rim, Bobil B) Korinf, Rim, Afina
C) Finikiya, Rim, Mekina D) Korinf, Karfagen, Memfis
3. Yunon-fors urushlarida Plateya yaqinidagi jangdan 50 yil o‘tib ...
A) yunon-fors urushlari tugadi. B) Perikl Afina strategi lavozimiga saylandi.
C) Perikl vafot etdi. D) Kambiz Misrni bosib oldi.
4. G'arbiy Rim imyeriyasi qulashidan 66 yil ilgari bo’lib o’tgan voqeani aniqlang.
A) Rim gotlar tomonidan istilo qilindi
B) Rim imperiyasi poytaxti Konstantinopolga ko‘chirildi
C) Trayan imperiya taxtiga chiqdi
D) Parfiya davlati inqirozga uchradi
5. Mil.avv II mingyillikda Xitoyda vujudga kelgan Shan dalatining nomi nimadan kelib chiqqan edi?
A) hukmon sulola nomidan B) davlatning bosh shahri nomidan
C) ushbu hududda yashagan qabila nomidan D) daryo nomidan
Do'stlaringiz bilan baham: |