70
71
komponenti sifatida suv qo‘shilishi natijasida quyidagi
antidetonatsion samaradorlikka erishish mumkin:
ishchi
aralashma zaryadini sovitish; yonish kamerasi detallarini
sovitish; suv bug‘ining yonish jarayonini sozlovchi inert muhit
sifatida ta’sir etishi.
Suv benzinga silindrlar ichiga
yoki dvigatelning kiritish
tizimiga purkash yo‘li bilan aralashtirilishi mumkin.
Shuningdek, benzin-suv emulsiyasi sifatida ham foydalanish
mumkin. Bunda suv ning antidetonatsion samaradorligi uni
yonilg‘iga aralashtirish usuliga bog‘liq emas.
Suv purkash (benzin miqdoriga nisbatan 10 foiz atrofida)
benzinning oktan soni 8–10 birlikka
oshirilishiga ekvivalent
bo‘ladi, buning natijasida benzinning detonatsiyaga qarshi
turg‘unligiga bo‘lgan talab kamayadi.
Suvli benzin emulsiyalaridan foydalanish bir qator amaliy
masalalarni qay darajada hal etilishi bilan bog‘liq:
zarur
turg‘unlikka ega bo‘lgan suvli benzin emulsiyalarini ishlab
chiqish; foydali aktiv sirtga ega bo‘lgan moddalar, ya’ni
suvni benzin sirtiga yutilishini ta’minlovchi
moddalar ishlab
chiqarish; suvli benzin emulsiyalarini ATK sharoitida olish
va qo‘llashning oqilona tizimini tashkil etish. Tajribalarning
ko‘rsatishicha, suvli benzin emulsiyalarining
qovushoqligi
yuqoriligi tufayli ularning tarkibiga 10 foizdan ortiq suv qo‘shish
mumkin. Aks holda, karburator jiklorlarining teshiklarini
kattalashtirish talab etiladi. Hozirgi paytda ma’lum aktiv sirtga
ega bo‘lgan moddalar etillangan benzin asosida turg‘un
suvli
benzin emulsiyalar olishga imkon bermaydi.
Tajribalarning ko‘rsatishicha, tarkibida 10–30 foiz
suv bo‘lgan suvli benzin emulsiyalardan foydalanilganida
dvigatelning so lishtirma yonilg‘i sarfi 7–22 foizga kamayadi.
Bundan tashqari, dvigatelda ishlatilgan
gazlar tarkibidagi
uglerod oksidlari miqdori 2–6 barobarga kamayadi.
Suvli benzin emulsiyalarini tayyorlashning bir qancha
usullari tavsiya etilgan. Bulardan biri uni avtomobilning o‘zida
dvigatelining kiritish tizimiga ma’lum miqdorda suvga ammoniy
oleatini qo‘shib purkashdir. Yuqori turg‘unlikka ega bo‘lgan
emulsiyalar hosil qilish uchun unga murakkab kompozitsiyali
aktiv sirtga ega bo‘lgan moddalar qo‘shiladi. Ammo bunda
emulsiya hosil qi lish uchun suvga nisbatan 3 marta ko‘proq
modda qo‘shish kerak bo‘ladi.
Suvli benzin emulsiyalarini olish uchun
yana ultratovushli
gidrodinamik dispergatordan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda
aktiv sirtga ega bo‘lgan moddalar sifatida suvning 10 foiz
miqdorida pentol va ÎÏ–7 larning aralashmasi ishlatiladi.
Emulsiyadagi suv ning miqdori 10–13 foizni tashkil etadi va
bunday aralashmani saqlash muddati bir sutkadan ortmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: