Tebranishli viskozimetrlar. Keyingi yillarda katta oichash chegaraga, yuqori sezgirlikka va aniqlikka ega boigan, shuningdek, har xil sharoitlarda turli muhitlarni tahlil qiluvchi umumiy afzalliklarga ega boigan tebranishli viskozimetrlar keng tarqalmoqda. Tebranishli viskozimetrlarning ishlash prinsipi nazorat qilinayotgan muhitga cho‘ktirilgan sezgir element tebranishi so‘nish darajasining shu muhit qovushqoqligiga bogliqligiga asoslangan. Tuzilish jihatdan tebranishli asboblar elektromagnitli va ultratovushli boiadi. Elektromagnitli (past chastotali) viskozimetrlar 1 kHz gacha va ultratovushli asboblar 10—1000 kHz chastotalarda ishlaydi.
6.47-rasmda ko‘rsatilgan elektromagnit tebranishli viskozimetrning ishlash prinsipi quyidagicha. Idish 6 dagi nazorat qilinayotgan suyuqlikka sezgir element — p o lat plastinka 3 ning bir uchi tushiriladi. Uning yuqorigi qismi maxsus qisqichli asbob 2 ga mahkamlangan. Idish 6 termostatlovchi qurilma 7 ga o‘rnatiladi. Elektromagnit 1 yordamida p o la t plastinka 3 rezonans tebranishli harakatga keltiriladi. Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushqoqligini olchashda p o la t plastinka tebranishlarining amplitudasi o'zgaradi. Bu o ‘zgarish elektrom agnit datchiklar 5 yordam ida qabul qilinadi. Datchiklarda induksiyalangan kuchlanish to ‘g‘- rilanib, oichash asbobi 4 ga uzatiladi, asbob qo v u sh q o q lik b irlig id a d a rajalan g an . U lar qovushqoqlikni + 3 ... 5 % xatolik bilan olchaydi. Ultratovushli viskozimetrlar universal hisoblanadi. Bu asboblar katta o ich ash chegarali, yuqori aniqlik, inersiyasizlik, harakatlanuvchi qismlarining yo‘qligi kabi afzalliklarga ega. Lekin bu asboblar murakkab elektron qurilmalardan iborat bolganligi sababli ularning ishlatilishi cheklangan. U ltratovushli viskozim etrlar ultratovushlarning muhit qovushqoqligiga qarab yutilishiga asoslangan.
6.48-rasmda ultratovush tebranish- larining so‘nish tezligini o‘lchaydigan ultratovushli viskozimetrning sxemasi ko‘rsatilgan. Magnitostriksion materialdan yasalgan plastina 1 gilza Z ga mahkamlangan. Plastinaning pastki qismi qovushqoqligi o‘lchanayotgan suyuqlikka tushirilgan. Gilzada impulslar generatori 4 dan ta’minlanadigan uyg‘otish g‘altagi 2 bor. G ‘altakka uzunligi 20 mks ga yaqin impuls yuboriladi, natijada plastinada bo‘ylama tebranishlar yuz beradi. Tebranishli chastotasi, plastina geometriyasi orqali, so‘nish amplitudasi esa suyuqlik qovushqoqligi orqali aniqlanadi. Impulsni yuborish bilan bir vaqtda, kuchaytirish va detektorlash operatsiyasi kuchaytirgich 5 va detektor 6 da bajariladi, natijada trigger generatorini berkitadi. Plastinaning tebranishida teskari magnitostriksion samara tufayli, g‘altakda plastinaning tebranish chastotasiga teng bo‘lgan kuchlanish (EYK) hosil bo‘ladi. U= Umexp{-aX) • sin(wn:), (6.52) bu yerda: U— g‘altak uchlaridagi kuchlanish; Um — kuchlanishning boshlang‘ich amplitudasi; a — tebranishning suyuqlik qovushqoqligiga bog‘liq bo‘lgan so‘nish koeffitsiyenti; т — vaqt; w — plastinaning tebranish chastotasi. Bu kuchlanish impulslar generatorini plastina tebranishlarining so‘nishi tugaguncha berkitib turadi, shundan so‘ng generator qayta uyg‘onadi. Shunday qilib, so‘nish jadalligining o‘lchovi impulslar generatorining ketm a-ket uyg‘onishidagi vaqt oralig‘i kattaligidan iborat. Suyuqlik qovushqoqligi qancha katta bo‘lsa, impulslar orasidagi vaqt oralig‘i shuncha kichik bo‘ladi. 0 ‘lchash signali detektordan ikkilamchi asbob 7 ga keladi. Qovushqoqlik birligida darajalangan o‘lchash asbobi impulslar intervalining o‘rtacha qiymatini oichaydi. Asbobning o ‘lchashdagi xatoligi ± 1 %. Ultratovushli viskozimetrlar texnologik oqimlardagi turli suyuqliklarni uzluksiz nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bu viskozimetrlarning o‘lchash chegarasi 0,0001...100 Pa • s. Tebranishli, ayniqsa, ultratovushli viskozimetrlarning qoilanilish sohasi Nyuton suyuqliklari bilan cheklab qo‘yiladi, bu suyuqliklarning qovushqoqligi mexanik ta’sir jadalligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Nyuton suyuqliklarida ular kamaytirib ko‘rsatadi, bu holda ham ulardan faqat qovushqoqlik indikatorlari sifatidagina foydalanish mumkin.